XIV asr o'rtalaridan XVII asrgacha bo'lgan adabiyot

XIV asr o'rtalaridan XVII asrgacha bo'lgan adabiyot

O'quvchilarga / Adabiyot
XIV asr o'rtalaridan XVII asrgacha bo'lgan adabiyot - rasmi

Material tavsifi

XIV asr o'rtalaridan XVII asrgacha bo'lgan adabiyot Reja: 1. XIV asr o'rtalaridan XVII asrgacha bo'lgan tarixiy sharoit va madaniy hayot. 2. XIV-XVII asrlarda xalq og'zaki ijodi va badiiy adabiyot. 3. Adabiy aloqalar va tarjima adabiyoti. 4. Tazkiranavislik. Tazkira asarlar taraqqiyoti. 5. Xulosa. XII asrdagi mug'ullar hujumi natijasida o'ta tushkun ahvolga tushib qolgan madaniy hayot XIV asr ikkinchi yarmiga kelib asta-sekin jonlana boshladi. Uzoq vaqt mug'ul mustamlakachiligiga qarshi olib borilgan kurash XIV asrning ikkinchi yarmiga kelib sohibqiron Amir Temur boshchiligidagi mustaqillik uchun urushlar g'alabasi va Movarounnahrda yagona davlat barpo etilishi bilan yakunlanadi. Mamlakatda osoyishtalik o'rnatilishi, siyosiy-iqtisodiy hayotning tartibga tusha borishi madaniy hayotda ham ijobiy o'zgarishlarga olib keldi. Amir Temur rahnamoligida Movarounnahrda turli madaniy va diniy muassasalar qurildi. Bu ishlar temuriy shahzodalar tomonidan yanada rivojlantirildi. XV asr tarixchisi Xondamirning ma'lumotiga qaraganda Husayn Boyqaro davrida Xurosonda 40 ga yaqin inshootlar vujudga keldi. Shuningdek, Shohruh, Ulug'beklar hukmronlik qilgan davrda ham madaniyat gullab-yashnadi. O'zlari ilm-fan, adabiyot va madaniyat bilan shug'ullangan temuriylarning ko'pchiligi yaxshigina shaxsiy kutubxonalar tuzgan edilar. Samarqand va Hirotda kitob, miniatyura san'ati rivojlandi. Sultonali Mashhadiy, Abduljamil kotib, Darveshmuhammad Samarqandiy, Abdulaziz Samarqandiy singari hattotlar yetishdilar. Xat yozish san'at darajasiga ko'tarildi. Navoiy davrida uning 36 turi qayd etilgan. Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzahhit, Qosim Ali, Shoh Muzaffar singarilarning xizmatlari tufayli ko'plab temuriy va shayboniy shohlarning tasvirlari tarixda saqlanib qoldi. Musiqa rivoj topdi. Ko'p shoirlar musiqaning ham nazariyasi, ham amaliyoti bilan shug'ullandilar. Jomiy, Binoiy, Bobur singari ijodkorlar musiqa ilmiga doir rivsolalar yozdilar. Alisher Navoiy ham musiqaning e'tiborli bilimdonlaridan va yaratuvchilaridan biri sanaladi. She'r va kuy, so'z va soz XV-XVII asrlarda bir-biridan madad olib, ulkan yutuqlarni qo'lga kiritdi. Maqom san'ati yangi-yangi kuylar bilan boyib bordi. Hirotda Abdulqodir Noyi, Husayn Udiy, Shohquli G'ijjakiy, Najmiddin Kavkabiy kabi mashhur san'atkorlar yetishdilar. Majolisun-nafois da munajjim va shoir sifatida tilga olingan Najmiddin Kavkabiy musiqa ilmiga doir ko'plab ilmiy asarlar yaratdi. Bularning hammasini, hatto Rost maqomi uchun tuzgan kulliyotini ham she'riy usulda yaratdi. Bu davrda o'zbek tili adabiy til sifatida uzil-kesil shakllandi va Markaziy Osiyoning so'nggi madaniy rivojiga katta ta'sir ko'rsatdi. Turkiy tilning rivojlanishi va taraqqiy etishda Alisher Navoiyning xizmatlari katta bo'ldi. Husayn Boyqaro turkiy tilda asarlar yozish haqida farmon chiqardi. XV asrgacha Oltin O'rda doirasida qo'llanib kelingan turkiy adabiy til Navoiyning qudratli dahosi bilan turkiy qavmlarning mushtarak yodgorligiga aylandi. U birgina Xurosonu Movarounnahr doirasida qolmay turkiy xalqlar yashaydigan barcha mintaqalarga kirib bordi. Uni turkmanlar ham, ozarbayjonlar ham, usmonlilar ham qabul qildilar. U Sharqiy Turkistonda ham mavqe, martaba topdi. Movarounnahrning o'zida esa undan milliy uyg'onish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.86 KB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.86 KB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga