XVII-XIX asrlar adabiyoti. Mashrab, Uvaysiy, Nodira ijodi

XVII-XIX asrlar adabiyoti. Mashrab, Uvaysiy, Nodira ijodi

O'quvchilarga / Adabiyot
XVII-XIX asrlar adabiyoti. Mashrab, Uvaysiy, Nodira ijodi - rasmi

Material tavsifi

XVII-XIX asrlar adabiyoti. Mashrab, Uvaysiy, Nodira ijodi Reja: XVII-XVII asrlar va XIX asrning birinchi yarmidagi tarixiy va madaniy hayot. Boborahim Mashrab: a) hayot yo'li, shoir ijodining o'rganilishi; b) Mashrab ijodiy merosining manabalari; v) tasavvufiy g'oyalarning Mashrab she'riyatida aks etishi; g) Mashrab va xalq og'zaki ijodi Jahon Otin Uvaysiy: a) Uvaysiyning hayot yo'li; b) shoira lirik merosi va uning o'rganilishi; v) shoira she'riyatidagi asosiy g'oyalar. Mohlaroyim Nodira: a) Nodiraning tarjimai holi; b) shoira lirik merosi; v) Nodiraning badiiy mahorati. Xulosa. Bu davrga kelib Markaziy Osiyoda ijtimoiy-tarixiy tuzum murakkab tus oldi. Keyingi asrlarda mayda bekliklarga bo'linib ketish, turli xonliklarga ajralish harakati ko'chayib, millat va davlat parokandalikka yuz to'tdi. Xiva, Buxoro va Qo'qon xonliklari shakllandi. Bu hol davlat va jamiyatning barcha sohalarini tushkunlik va tanazzulga mahkum etdi. Xonliklar o'rtasida ta'sir doirasi uchun har doim urushlar, nizolar davom etdi. Umuman, XVII-XIX asrning birinchi yarmi siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotda, xalqaro munosabatlarda oldingi yutuqlarni yo'qotish, ko'p sohalarda ortga ketish bilan tarixda ma'lumdir. Siyosiy hayot mayda mustaqil davlatlar vujudga kelishi bilan xarakterlansa-da, bu omilning o'zi madaniy yuksalish uchun yetarli emas ekanligini namoyon etdi. Iqtisodiy hayotda ham o'zaro urush-nizolardan hunarmandchilik, dehqonchilik savdo-sotiq ishlariga katta zarar keltirdi, tashqi savdo aloqalari susaydi. Albatta, bu ulkan hudud maydonlarida qadim zamonlardan buyon rivojlanib kelgan binokorlik, me'morchilik, kitobat, badiiy ijod sohalari, zargarlik, kulolchilik, tikuvchilik, qozonchilik, pichoqchilik, temirchilik kabi xalq amaliy san'ati turlari davom etdi. O'zrao urushlar, qirg'inlar davrida ham xalq san'ati o'lmadi, nodir mo''jizalar yaratilishi tufayli jon saqladi. Madaniy hayotda an'anaviy islom, aqidaparastlikning ta'siri kuchaydi, maorif, ma'rifat sohasida ham asosan diniy ta'limotlar ustunlikni egallay boshladi, oldingi ma'naviy yutuqlarning ta'siri kamaydi, diniy ilmlar yetakchi o'ringa chiqdi. Lekin, shunga qaramay, madaniy hayotda qator ijobiy o'zgarishlar yuz berganini ham ko'ramiz. Xususan, adabiyot, tarixiy ilmlar, san'atning ayrim turlari sohasida yirik adib, shaxslar yetishib chiqdi. Tasavvuf ham o'zining oldingi ahamiyatini o'zgartirib, ijtimoiy rolini yo'qota bordi. O'zbek tilining mavqei kuchayib, undan adabiyotda borgan sari keng foydalanila boshlandi. XIX asrning birinchi yarmida har uch xonlikda madaniyat, adabiyot va tarixnavislikda muhim jonlanish vujudga keldi. Boborahim Mashrab 1640-yilda Namanganda kosib oilasida dunyoga kelgan. Yoshligida Sharqning Ahmad Yassaviy, Hofiz Sheroziy, Lutfiy, Navoiy, Rumiy, Nasimiy kabi namoyandalari ijodini yaqindan o'rgangan. Mashrabning shoir sifatida shakllanishida ushbu ijodkorlarning ta'siri katta bo'lgan. Namangandagi birinchi ustozi Mullo Bozor Oxund ma'lum mudoga ulashgan Mashrabni Qashqardagi mashhur eshon Ofoqxo'ja huzuriga yuboradi. O'z she'riy is'tedodi va yoqimli she'rlari bilan Ofoqxo'jada yaxshi taassurot uyg'otadi. Ayrim rivoyatlarga qaraganda, shoirga Mashrab taxallusini ham Ofoqxo'ja bergan. Mashrab 18 yillik safardan Namanganga qaytib kelgandan keyin 1 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.41 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.41 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga