XX asr boshlaridagi o'zbek adabiyoti

XX asr boshlaridagi o'zbek adabiyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
XX asr boshlaridagi o'zbek adabiyoti - rasmi

Material tavsifi

XX ASR BOSHLARIDAGI O'ZBEK ADABIYOTI Reja: Jadidchilik harakati va jadid adabiyotining maydonga kelishi. Milliy matbuotning shakllanishi. Jadid adabiyotining janriy rang-barangligi; a) publitsistika; b) nasr; v) she'riyat; g) dramaturgiya. Xulosa. Ko'p asrlik o'zbek adabiyoti tarixida XX asr adabiyoti alohida o'rinni egallaydi. Feodal boshboshdoqlik va ayniqsa mustamlakachilik davrida o'z marralarini boy bera boshlagan o'zbek adabiyoti XIX asrning oxirlarida Muqimiy va Furqat ijodi tufayli bir oz jonlana boshlagan edi. XX asr boshlarida qo'shni xalqlar, jumladan, rus xalqi hayotida ro'y bergan inqilobiy o'zgarishlar o'zbek yurtiga ham yangi hayot shabadalarini olib keldi. Xalqning ilg'or kishilari XX asr Turkistonga ijtimoiy taraqqiyot, hurlik va mustaqillik g'oyalarini olib kelayotganini butun vujudlari bilan his etdilar. Shu kishilarning fidokorona ishlari va tashabbuslari bilan butun Turkiston bo'ylab milliy uyg'onish harakati boshlandi. Bu ulug' harakat shu davrda tug'ilgan va shakllangan adabiyotning ham g'oyaviy yo'nalishini belgilab berdi. Ovro'poning eng taraqqiy etgan mamlakatlari hayoti bilan tanishgan I.G'aspirali o'z gazetasi orqali dunyoviy fanlardan ham bilim beruvchi maktablar ochish, xalqni ma'rifatli qilish masalalarini targ'ib etayotgandi. U o'zi 1884-yili Boqchasaroyda ochgan yangi turdagi maktabga Usuli jadida deb nom bergandi. Shuning uchun Tarjumon gazetasini yashirin o'qigan yoshlarni ham jadidlar deb atay boshlaganlar. Shu tarzda, jadid so'zi ilk marotaba gazitchi yoshlarga nisbatan qo'llana boshlagan. Keyinchalik jadidlar jamiyat hayotiga yangi g'oyalarni olib kira boshlaganlarida, mutaassib kishilarning qattiq qarshiligiga uchradilar va ularning sa'y-harakatlari bilan aksar jadidlar kofir deb e'lon qilindi. Turkistonda, xususan, hozirgi O'zbekistonda 1905-yil arafalaridan to Turkiston muxtoriyati tor-mor qilingunga qadar (1918) davom etgan milliy uyg'onish harakatining kelib chiqish manbalari to'g'risida so'z borganda, bu harakatning manbaida Furqat, Muqimiy, Avaz O'tar, Komil Xorazmiy kabi shoirlar, Sattorxon, Ibrat kabi ma'rifatparvarlarning turganligini ham unutmaslik lozim. Ular ijodi va faoliyatidagi ilg'or g'oyalar dastlabki o'zbek jadidlarining maydonga kelishida milliy zamin bo'lib xizmat etdi. Chor hukumati o'zining milliy siyosatida ingliz mustamlakachilarining Hindistonda olib borgan ishlaridan o'rnak olib, mahalliy aholining maorif va madaniyat sohasidagi intilishlariga doimo rahna solib turdi. Turkistonga 1916-yil qo'zg'olonidan keyin general-gubernator bo'lib kelgan I.A.Kuropatkin o'z kundaliklarida: Biz yerli aholini 50 yil mobaynida taraqqiyotdan, maktabdan va rus hayotidan chetda tutib keldik, deb g'urur bilan yozgan edi. A rus mustamlakachilarining, na mahalliy ulamolarning xalqni xatli-savodli va bilimli qilishdan manfaatdor ekanliklarini ko'rgan jadidlar bu har ikkala kuchning qattiq qarshiligiga qaramay, yangi maktablar ochib, ularda I.G'aspiralining Usuli jadida maktabida bo'lganidek, diniy ilmlardan tashqari, tarix, tibbiyot, nabotot, kimyo, jug'rofiya kabi dunyoviy fanlarni o'qitishga ham alohida e'tibor berdilar. Jadidlarning xalqqa ma'rifat olib kirishga qaratilgan bu harakatlari o'sha davr uchun katta jasorat edi. Jadidlar, birinchi navbatda, Usuli savtiya maktablari orqali xalqni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.73 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.73 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga