X-XII asrlar adabiyoti

X-XII asrlar adabiyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
X-XII asrlar adabiyoti - rasmi

Material tavsifi

X-XII asrlar adabiyoti Reja: X-XII asrlardagi tarixiy sharoit va madaniy hayot. Qomusiy olimlar, ularning merosi. Tasavvuf ta'limoti va tasavvuf adabiyotining paydo bo'lishi. Fors-tojik va arab tilidagi adabiyot. Turkiy adabiyot. VII-XII asrlar davomida Markaziy Osiyoda katta va muhim o'zgarishlar ro'y berdi. Movarounnahr va Xuroson arablar tomonidan to'lig'icha bosib olinib, arab xalifaligiga birlashtirildi. Ammo arab xalifaligiga qarshi kurashlar olib borilib, IX asrning oxiriga kelganda Markaziy Osiyo mustaqillikka erishdi va bu yerda arablar ta'siridan qutilgan 1-davlat-samoniylar hukmronligi shakllandi. Mustaqil davlatchilik sohasidagi o'zaro urushlarda Xorazmshohlar, G'aznaviylar, Saljuqiylar, Qoraxoniylar birin-ketin hukmronlik qildilar. Lekin shunga qaramay, bu davr madaniyati, ma'naviy hayotida juda katta ijobiy o'zgarishlar ro'y berdiki, ular nafaqat Movarounnahr, balki butun musulmon Sharqi tarixida o'chmas iz qoldirdi. Ma'naviy hayotda eski dinlar o'rniga islom dini mustahkam o'rin egalladi. U nafaqat din, balki yangi ma'naviy yo'nalish sifatida butun madaniy jarayonga, barcha musulmon mamlakatlari orasida ijtimoiy-madaniy, ma'rifiy aloqalarning kuchayuviga ham katta ta'sir ko'rsatdi. Diniy va dunyoviy bilimlar uzviy bog'liq holda rivoj topdi. Qadimgi yunon, hind va boshqa ilmiy an'analardan keng foydalanildi. IX asr boshlari va 1-yarmida arab xalifaligi poytaxti Bog'doddagi Bayt ul-Hikma ilmiy markazining dovrug'ini ko'tarishda O'rta Osiyodan borgan Xorazmiy, Farg'oniy, Javhariy, Abu Mansur, at-Turkiy, Marvaziy kabi yosh olimlarning faol xizmatlari ulkan ahamiyatga ega bo'ldi. Movarounnahrdagi qadimgi boy madaniy qadriyatlar islom bilan bog'liq bo'lgan yangi ma'naviy an'analarning shakllanishi, rivoj topishida muhim rol o'ynadi. XI-XII asrlarga kelib Movarounnahr, uning qadimiy shaharlari-Buxoro, Samarqand, Marv, Urganch, Axsikent, Xiva, Shosh butun musulmon Sharqidagi madaniy markazlar qatorida mashhur bo'ldi. Bu yerda qadimiy an'analar bilan arab, fors, qisman hind hamda qadimgi yunon ilmiy-madaniy an'analari qorishuvi asosida islomiy, falsafiy va tabiiy fanlar-astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, dorishunoslik jug'rofiya kabilar rivoj topdi. Bu yerda mashhur hadisshunoslik va islom fiqhshunoslik maktablari shakllanib, tarixshunoslikda ham muhim asarlar vujudga keldi. Bu davr ma'naviyatining muhim tomonlaridan biri shundaki, olim, shoir, donishmandlarning ko'pchiligi qomusiy bilimlarga ega bo'lib, ilmlar bir-biridan ajralmasdan, uzviy bog'liq holda mavjudligi bilan xarakterli edi. Bu davrda Movarounnahr va Xuroson butun musulmon dunyosiga o'zlarining asarlari bilan tanilgan allomalarni, din arboblarini, adiblarni yetishtirdi. Bu buyuk siymolar ilm-fan, adabiyot, islom dini, axloq-odob, davlatchilik, siyosat sohalaridagi ilg'or fikr-g'oyalari uchun ajdodlar tomonidan zo'r hurmat bilan tilga olinib kelinadilar. Ma'mun akademiyasi deb nomlangan Xorazimdagi ilmiy markaz ham shu davrda faoliyati ko'rsatdi. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, az-Zamaxshariy, Ismoil Jurjoniy, al - Xorazmiy singari qomusiy olimlar o'zlarining bebaho asarlri bilan davr taraqqiyotiga katta ta'sir ko'rsatdilar. Muhammad al-Xorazmiy- 783-yilda Xorazmda tug'iladi. Dastlabki ta'limni xususiy muallimlardan oladi. Keyinchalik Marvga kelib madrasada o'qiydi, turli sohalar bo'yicha mustaqil bilim oladi, ilmiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.56 KB
Ko'rishlar soni 158 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.56 KB
Ko'rishlar soni 158 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga