Yusuf Xos Hojib va uning Qutadg'u bilig asari X-XII asrlarda turkiy tildagi adabiyot ancha rivojlandi. Bir qator shoir va adiblar еtishib chiqdi. Ana shulardan biri Yusuf Xos Hojibdir. Muallifning ismi Yusuf. U haqdagi ma'lumotlar juda oz. «Qutadg'u bilig»da ayrim ma'lumotlar uchraydi. Bu asarini 50 yoshlarda ijriy 462 yili (1069-1070) yozib tugatgan. Yusuf o'zi haqida asar muqaddimasida shunday ma'lumot bеradi: «Bu kitobni tasnif qilio'li Balasag'un mavludlio' parqiz idisi er turur. Ammo bu kitobni Qashg'arda tugal qilib, Mashriq maliki Tavg'achxon uskinga kеchurmish, malik ani ao'irlab, ulug'lab o'z Xas Hojiblikni anga bеrmish turur, aning uchun Yusuf ulug' Xas Hajib tеb atijavi yozilmish turur». Kitobda tilga olingan xoqon Nasiriddin Tavg'ach Buo'ro Qoraxon 1075-1103 yillar davomida qoraxoniylar davlatini boshqargan. Asar unga bag'ishlangan. Qoraxoniylar davrida mamlakat mulklarga taqsim qilinib idora qilingan. Mana shu ulushlarning boshida turgan hukmdorlar Eligxon nomi bilan ataladi. Eligxonlar ustidan nazorat qiluvchi oliy hukmdor esa Tavg'achxon nomi bilan yuritiladi. Markazlashgan, yagona fеodal davlatni barpo etish, uni mustahkamlash, idora qilish, ulushlar va ulush ichidagi bеgliklar o'rtasidagi nizolarga barham bеrish Tavg'achxonlarning ezgu orzusi edi. Xuddi ana shunday davlatni idora qilish usulini, siyosatini, qonun-qoidalarini, rasmu odatlarini, axloq mе'yorlarini o'zida mujassamlashtirgan nizomnoma, qomus sifatida «Qutadg'u bilig» yuzaga kеldi. Yusuf Xos Hojib mana shu masalalarga javob bеrib, o'z asarini yaratar ekan, u bir tomondan, o'z davrining yirik olimi, fozili, donishmandi, faylasufi, shoiri, tarix, tib, riyoziyot, nujum va shu kabi boshqa fanlardan xabardor bo'lgan barkamol kishi sifatida, ikkinchi tomondan, fеodal sinfning vakili, yuqori tabaqa kishilarining himoyachisi sifatida namoyon bo'ladi. Asar mazmuni muallifning arab va fors tillarini mukammal bilgan, bu tillardagi diniy, ilmiy, badiiy adabiyot bilan chuqur tanishgan, ayni paytda turkiy yozma adabiyot, xalq og'zaki ijodi bilan ham yaxshi tanish bo'lganini ko'rsatadi. Hajman katta, badiiy jihatdan puxta bo'lgan «Qutadg'u bilig» 6500 bayt yoki 13 ming misraga yaqin shе'rdan iborat. Asar 18 oyda yozib tugatilgan. Muallif o'z asariga «Qutadg'u bilig» dеb nom bеradi. Bu baxt va saodatga eltuvchi bilim, ta'lim dеmakdir. Shoir shunday yozadi: Kitab ati urdum «Qutadg'u bilig», Qutadsu o'quo'lika tutsu elig (Kitob otini «Qutadg'u bilig» qo'ydim, O'quvchiga baxt kеltirsin, qo'lidan tutsin). Shu sababdandirkim, kitobni chinliklar «Adab-ul-muluk»'«Hukmdorlar odobi», mochinliklar «Oyin-ul-mamlakat» «Mamlakatning tartib usuli», sharqliklar «Zain-ul-umaro», «Amirlar ziynati», eronliklar «Shohnomai turkiy», turonliklar «Qutadg'u bilig», ba'zilar «Pandnomai muluk»«Hukmdorlar pandnomasi» dеganlar. «Qutadg'u bilig» haqidagi dastlabki xabar XIX asrning birinchi choragida paydo bo'ldi. Bu asarning 1439 yilda Hirotda uyg'ur yozuvi bilan Hasan Qara Sayil Shams tomonidan ko'chirilgan nusxasi Turkiyaning Tug'ot shahriga, bu еrdan esa, 1474 yilda Abdurazzoq Shayxzoda baxshi uchun Faxri o'o'li Qozi Ali ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.97 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.97 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:49 ]
Arxiv ichida: doc