Yusuf Xos Hojib asarlarining tarbiyaviy ahamiyati Reja: Yusuf Xos Hojibning hayoti va ijtimoiy faoliyati Qutadg'u bilig asarining yaratilishi. Asar yaratilgan tarixiy sharoit. Asarning tuzilishi, syujeti. Yusuf Xos Hojibning Qutadg'u bilig asarida yetuk insonni kamolga yetkazish masalalari. Yusuf Xos Hojibning hayoti va faoliyati, asarning yaratilishi haqida qisqacha ma'lumot. Tadqiqotchilarning fikirlariga ko'ra Yusuf Xos Hojibning tarjimai holini uning o'z asarida yozib qoldirgan ma'lumotlardan bilamiz xolos: Mo'niqi tarug'laq Qo'z o'rdu eli, Tub-asli nasabdan yurishish tili, Bu tug'mish elindin chiqib borgoni, Kitobni qo'shibon tugal qilg'oni. Borusin bitmish,eturmish nizom, Bu Qoshg'ar elinda qo'shilmish tamom. Qo'z o'rdu o'lkasi aslida eli, Tub asli nasabdan so'z ochdi tili. Tug'ilgan elidan chiqib borgani, Kitobni jam etib tugal qilgani. Borini bitibdir ne esa kalom, Bu Qashqar elida tugadi tamom. Yuqoridagi misralardan Yusuf Xos Hojibning tug'ilgan joyi Qo'z o'rdu (yani Bolasog'un) ekani, ammo uni yozishda turli o'lkalarga safar qilgani va nihoyat uni vatani Qashqarda tugatgani taxmin qilinadi. Demak, Yusuf Xos Hojib Bolasog'unda tug'ilgan, o'z asarini yoshi ellikdan o'tganda yozgan. Asarning Hijriy 462 (1069-1070)yozib tugatganligi, uni o'n sakkiz oyda, yani 461 yilning birinchi yarmida boshlab, 462 yilning o'rtalarida tugatganligi, agar bu davrda Yusuf Xos Hojib 50 yoshlar atrofida bo'lsa, 410 (1019 milodiy) yillarda tug'ilganligi taxmin etiladi. Tegurdi menga elchi ellik yashim, Qug'u qildi qo'zg'un tusi-tag bashim. (Ellik yoshim menga qo'l tegizdi, Qora (quzg'un)tusidek boshimni oq (qush) Qildi (yani sochim oqardi). Yil altmish eki erdu to'rt yuz bila, Bu so'z so'zladim men tutib jan sura, Tugal o'n sakkiz ayda aydim bu so'z, O'qurdum, adirdim so'z evdib tera. Yusuf Xos Hojibning Qutadg'u bilig asari 6500 baytdan yoki 1300 misradan iborat. Buyuk mutafakkir asarni yozib tugatgach, qoraxoniylar xukmdori Tavg'achxon (kitobda Tavshach Ulug' Bug'ra Qoraxon (xoqon) Abo Ali Hasan binni Sulaymon Arslon Qoraxon (xoqon) nomlari bilan zikr etilgan) huzuriga kelib, unga taqdim etadi. Kitob xonga manzur bo'lib, uning muallifiga xos Hojiblik lavozmini beradi. Qutadg'u bilig asari katta shuhrat qozonadi. U o'z asarida tibbiyot, falakiyot, tarix, tibbiyot, geografiya, riyoziyot, handasa, falsafa, adabiyot, ta'lim-tarbiya, fiqx sohasiga oid fikrlarni bayon etib, faylasuf va qomusiy olim sifatida o'zini namoyon etdi. Chunonchi u barcha ijtimoiy tabaqalar o'rtasidagi muomila munosabatlarni yoritish bilan diplomatiyaga oid qoidalar tizimini yaratdi, turli kasb egalarining kasbu koriga oid talablar va jamiyatning axloqiy tamoyillarini tarannum etish bilan ta'lim-tarbiya sohasiga o'ziga xos uslubni yaratdi. Qutadg'u bilig-baxt va soadatga eltuvchi bilim, ta'lim degan manoni bildiradi. Demak, asar nomidan ham uning pand-nasihat ta'lim-tarbiya oid, yetuk didakdik asar, har tomonlama yetuk insonni tarbiyalaydigan darslik ekanligi yaqqol ko'rinib turibdi. Asarning mukkamal nashrini tayyorlashda ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.98 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.98 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:50 ]
Arxiv ichida: doc