ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR G'AZALLAR 11-sinf adabiyot darsligi asosida 12-mavzu: «Xazon yaprog'i yanglig' gul yuzung hajrida sarg'ardim» Xazon yaprog'i yanglig' gul yuzung hajrida sarg'ordim, Ko'rub rahm aylagil, ey lolarux, bu chehrayi zardim. Sen, ey gul, qo'ymading sarkashligingni sarvdek hargiz, Ayoqingg'a tushub, bargi xazondek muncha yolbordim. Latofat gulshanida gul kibi sen sabz-u xurram qol, Men archi dahr bog'idin xazon yaprog'idek bordim. Xazondek qon yoshim, sorig' yuzumdin el tanaffurda, Bahar rangi, bihamdillah, ulusdin o'zni qutqordim. Ne tole'dur mangakim, axtari baxtim topilmaydi, Falak avroqini har nechakim daftardek axtardim. Ulusning ta'n-u ta'rifi manga, Bobur, barobardur, Bu olamda o'zumni chun yamon-yaxshidin o'tkardim. «Xazon yaprog'i yanglig'» g'azali Bobur she'riyatining eng yaxshi namunalaridan biridir. Undagi badiiyat nihoyatda go'zal va ta'sirchan shaklda namoyon bo'lgan. She'rda tanosub san'atin ing juda go'zal va yorqin namunasi mujassamlashgan. Dastlabki baytda kuz manzarasining o'ziga xos belgilari aks etgan. Xazon yaprog'i kuzning o'ziga xos timsolidir. Bu bejiz emas. Gap ayriliq ustida bormoqda. Mumtoz she'riyatimizda shodlik, visol ko'pincha bahor bilan bog'liq holda tasvirlanadi. Shunga ko'ra, Boburning ayriliq onlarini kuzga bog'lab berishi tasodifiy emas. Xuddi shuning uchun ham oshiq «sarg'ardim» deydi. Uning sarg'ayishi xazon yaprog'iga o'xshaydi. Kuz manzarasida alohida urg'u bilan ko'rinadigan boshqa bir manzara ham bor. Bu yor bilan bog'liq manzaralar. Yorning ko'rinishida kuzga yaqinlik mutlaqo mavjud emas. U - gul yuz. Yorning mana shunday holati yana bir marta alohida ta'kidlanadi. Unga murojaat (ey lolarux) shu holatni yuzaga chiqaradi. Bu yerda asosiy urg'u yorni tavsiflashga emas, balki oshiqning o'z ruhiyatini ifodalashga qaratilgani uchun ham lirik qahramon o'z tashqi qiyofasiga e'tiborni tortadi - o'z «chehrayi zardi - sarig' yuzi»ni eslatadi. Bu e'tibor maxsus murojaat orqali (ko'rub rahm aylagil) yana-da kuchaytiriladi. E'tibor berilsa, bu yerdagi ruhiy holat ifodasida sariq rang bilan bog'liq tasvirlarning yetakchilik qilayotganini sezish mumkin. Xazon - sarg'ardim - chehrayi zardim silsilasi shu vazifani bajaradi. Ularga zid tarzda esa «gul yuz» hamda lolarux ifodalari tanlangan. Umumiy tarzda birinchi baytni o'z yoridan ayrilgan lirik qahramonning hijron azoblaridan shikoyati hamda bunga yor e'tiborini qaratishga urinish tarzida baholash mumkin. Dastlabki misrada gul yorning yuziga tavsif tarzida keltirilgan edi. Keyingi misrada u to'g'ridan to'g'ri yorning o'zini ifodalaydi. Yor (gul) sarvga o'xshaydi. Bu yerda yorning tik va baland qomati e'tiborga olingan. Odatda, mumtoz adabiyotimizda yorn ing yosh, tik va go'zal qomati sarvga nisbat beriladi. Biroq ulardan farqli tarzda shoir sarvning «sarkash»ligiga, ya'ni uning itoatsizligi, o'jarligiga urg'u berib, bu obrazning mazmuniga yangilik kiritmoqda. Bu bejiz emas. Lirik qahramon «xazon yaprog'i»ni yana bir marta eslatyapti. Endi u «bargi xazon» ko'rinishida kelmoqda. Birinchi baytda ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
8.16 MB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:50
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
8.16 MB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:50 ]
Arxiv ichida: ppt