Zahriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi. Boburnoma asari Reja: Z.M.Boburning hayot yo'li. Bobur lirikasi, shoir devonlari. Boburnoma -badiiy-memuar asar. Bobur ijodining o'zbek adabiyotidagi o'rni. Biz Bobur Mirzoni ulkan davlat arbobi sifatidagina emas, qomusiy alloma, mumtoz shoir sifatida ham cheksiz qadrlaymiz. Bobur o'zbek xalqining buyuk farzandi, milliy g'ururidir. Islom Karimov. Z.M.Bobur O'rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she'riyatida o'ziga xos o'rin egallagan adib, shoir, olim bo'lishi bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. U 1483-yil 14-fevralda Andijonda Farg'ona usuli hokimi Umarshayx Mirzo oilasida dunyoga kelgan. Barcha temuriy shohzodalar singari otasi saroyida tahsil oladi. 12 yoshida shiddatli saroy kurashlari girdobida qolib, biron-bir madrasani ham tugatishga imkon va fursati bo'lmasa-da, adabiyot, nafis san'atining chinakam shaydosi bo'lib yetishadi. Andijon taxti uchun ukasi jahongir Mirzo, amakasi Sulton Ahmad Mirzo, tog'asi Sulton Mahmudxon va boshqa raqiblarga qarshi kurashadi. Samarqand taxti uchun bir necha yil shiddatli janglar olib boradi, ammo samarasiz kechgan bu janglardan keyin Bobur janubga qarab yo'l oladi. 1503-yilda Qobul va G'aznani jangsiz qo'lga kiritadi. 1505-1515-yillarda bir necha bor Markaziy Osiyoga qaytishga urinib ko'radi, ammo hech qanday natijaga erisha olmaydi. 1519-1525-yillarda Hindistonni qo'lga kiritish uchun jang olib boradi. 1526-yilning aprel oyida Ponopatda Hindiston sultoni Ibrohim Lo'di bilan va 1527-yili mart oyida Chitora hokimi Rano Sango bilan bo'lgan janglarda Boburning qo'li baland keladi. Tarixiy ma'lumotlarning bayon qilishicha, Boburning Hindistonga yurishida Dehli hukmdori Ibrohim Sulton siyosatidan norozi bo'lgan Panjob hokimlari ham Boburni qo'llaganlar va Sikri jangidagi bu g'alaba Boburga Hindistonga o'z hukmronligini uzil-kesil o'rnatish va Boburiylar sulolasini barpo etish imkoniyatini berdi. Yangi mustahkam davlat Buyuk mug'ul imperiyasi nomini oladi va 300 yildan ortiq hukmronlik qiladi. 1526-yilning 21-dekabrida Bobur zaharlanadi, tasodif tufayli omon qoladi. 1530-yilda Agrada vafot etadi. Keyinroq vasiyatiga ko'ra, farzandlari uning xokini Qobulga olib kelib, dafn etadilar. Bobur qisqa vaqt ichida Hindistonda siyosiy muhitini barqarorlashtirish, Hindiston yerlarini obodonlashtirib, birlashtirish, savdo-sotiq ishlarini to'g'ri yo'lga qo'yish, bog'-rog'lar yaratish ishlariga rahbarlik qildi. Madaniy yodgorliklar qurish, karvonsaroylar barpo qilish, kutubxonalar qurish Bobur va uning o'g'illari davrida keng miqyosda yoyildi. Hindiston me'morchiligiga Markaziy Osiyo uslubi kirib kela boshladi. Bobur va uning hukmron avlodlari huzurida o'sha davrning ilg'or va zehni o'tkir olimlari, shoirlari, musiqashunoslarini mujassam etgan mukammal bir ma'naviy-ruhiy muhit vujudga keldi. Bobur Hindistonda katta hajmdagi davlat ishlari bilan bir qatorda o'zining adabiy-badiiy faoliyatini ham davom ettirdi. 1503-yilda Xatti Boburiy ni yaratdi. 1521-yilda Mubayyin al-zakot, 1523-25-yillarda Muxtasar, Xarb ishi, Musiqa ilmi (topilma), Volidiyya asarlarini, 1519-yilda 1-devon Qobul devoni ni, 1528-29-yillarda 2-devon Hind devoni ni yaratdi. Tuzuki Boburiy, Voqeoti Boburiy, Voqeanoma, Boburnoma ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.86 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.86 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:51 ]
Arxiv ichida: doc