Zarbulmasal - rasmi

Material tavsifi

«Zarbulmasal» «Zarbulmasal» arabcha «zarb» va «masal» so'zlarining qo'shiluvidan hosil bo'lgan birikmali nom bo'lib, «masal orttirmoq», «masal urmoq» mazmunini anglatadi, atama sifatida esa «masal keltirib so'zlashmoq2 ma'nosida keladi. Gulxaniy o'z turmush tajribasida, ijodiy faoliyatida gazal voqea-hodisalarni atroflicha tasvirlashga qulay emasligini, uning ma'lum adabiy an'analar bilan belgilanishini, gazalning bosh temasi ishq va oshiqlik ekanligini yaxshi tushundi. (Shu xam shoir va oshiqlik ekanligini yaxshi tushundi) Shu xam shoir o'zining muhim sotsial qarashlarini, el-ulus taqdiriga bo'lgan munosabatini adabiyotning boshqa janrida-masalda ifoda etishni nazarda tutib «Zarbulmasal» asarini yozdi. Asarning kirish qismida adib bu kitobning, Amir Umarxon da'vati va buyrugiga ko'ra, xalq orasidagi masallar) va maqollarni to'plab, ularni bir necha hikoyatlar ichida tartib berish niyati bilan yozilganini uqtirib o'tgan, Ammo turli ijtimoiy guruhlarning ramziy obrazini yaratish, ular tilidan keltirilgan bu maqollarida katta ma'no bor). Gulxaniy saroy aristokratiyasi bilan kelisha olmadi. mehnat axlining ogir, mashaqqatli hayoti, uzluksiz zulm uning ko'zini ochdi. Shoir saroy bazmlari va keti uzilmas mayparastliklarning xalqni talash va qiynash hisobiga uyushtirilganini payqadi. Bu xol, o'z navbatida, uning saroy ayonlariga, zadogonlariga, joylardagi amaldorlar va katta yer egalariga nafratini toboro oshirdi. Lekin shoir xukmron doiralaridan noroziligini ochiq ifodalay olmas edi. Shu u allegorik asar yozishga jazm qildi. Zotan feodal munosabatlari va islom dini xukmron bo'lgan bir davrda, oddiy kishilarning xaq-huquqini, manfaatini yoqlab chiqishag qaratilgan xar bir urinish shubxa ostiga olingan bir muhitda-taraqqiyparvar kuchlarning o'z progressiv qarashlarini, xalqchilik g'oyalarini targ'ib qilish uchun qulay bo'lgan badiiy formalardan biri allegoriya edi. Allegoriyada shoirning hayotga, o'zini o'rab olgan muhitga, hokim tabaqalarga munosabati bevosita emas, balki jonivorlar, qushlar va shunga o'xshash allegorik obrazlarning tasviri orqali ifodalanadi. (Traditsiya= Fuzuliy «Bangu boda») ildizlari «Devon» lugat ut-turk qish va yoz manzarani yaqmniy «O'q va yoy», Amiriy «Bang va Chogir» munozaralari (X1U-XU). Gulxaniy «Zarbulmasal» asarini yozish uchun xususiyatlarini yaxshi o'zlashtiradi. Jamiyatning turli tabaqa kishilari bilan muomola-munosabatda bo'lib, xalq maqollarini, xikmatli so'zlarini to'playdi. Zotan, asarda xalq maqollari katta o'rin tutgani uchun muallif asarini «Zarbulmasal» (maqollar, maqollar ta'mi) deb nomlagan. Shuni xam qayd etib o'tish kerakki, Gulxaniy «Zarbulmasal»ida hikoya qilingan syujet-Boyqushlarning o'zaro qudachilik munosabatlari, ularning qiz uchun qalin evaziga minglab buzuq chordevor talab qilishi voqealari Gulxaniygacha bo'lgan davr manbalarida, chunonchi, Rabguziy qissalari va «Miftoxul-adl»hikoyalarida aynan tilga olinadi. Biroq gulxaniy xalq og'zaki ijodida mavjud bo'lgan va undan diniy-didaktik mazmundagi asarlarga olingan bu syujetni kengaytiradi. Unga chuqur sotsial-satirik mazmun beradi, yangi personajlar kiritadi, undagi dramatizmni kuchaytiradi, davrning ijtimoiy-siyosiy hayotini xam qo'shib ifoda etadi. «Zarbulmasal ijtimoiy-oilaviy munosabatlar temasida yozilgan allegorik asar bo'lib, bu munosabatlar yapoloqqush bilan Boyqushning o'zaro quda-andachilik mojarolarini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.8 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.8 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga