Abdulla Avloniy ijodiy faoliyati

Abdulla Avloniy ijodiy faoliyati

O'quvchilarga / Adabiyot
Abdulla Avloniy ijodiy faoliyati - rasmi

Material tavsifi

Abdulla Avloniy ijodiy faoliyati. RYeJA: A.Avloniy yangi davrning yangi ziyolisi. A.Avloniy hayoti va ijodiy faoliyati. A.Avloniy - jadid o'qituvchi. A.Avloniy yangi madaniyat taraqqiyoti jonkuyar tashkilotchisi. A.Avloniy - noshir. A.Avloniy darslik va majmualari. Abdulla Avloniy 1878 yilning 12 iyo'lida Toshkentning mergancha mahallasida mayda savdogar Miravlon oilasida tug'ilgan. Abdulla o'qchi mahallasidagi eski usul maktabida, keyin shu yerdagi madrasada tahsil ko'rgan. So'ng Shayhontohurdagi Abdumalikboy madrasasida o'qigan. Ammo bu yerdagi o'qishini nihoyasiga etkaza olmaydi. Tirikchilik uchun mardikorlik bilan shug'ullanishiga to'g'ri keladi. Adabiyotga bo'lgan havas unda shu yillari uyg'onadi. 1900 yili uylanadi. 1904 yili Abdulla Mirobodda usuli jadid maktabini ochadi. 1907 yilda o'z hovlisida «Shuhrat» gazetasini ham chiqara boshlaydi. Biroq gazeta 10 ta soni chiqqach, tsenzura tomonidan to'htalib, tahririyat asbob-anjomlari, qog'ozlari musodara qilinadi. Lekin Avloniy bo'sh kelmaydi. A.Bektemirov nomiga ruxsat olib «Osiyo» nomli gazeta chiqara boshlaydi. Bu o'zbek milliy matbuotining dastlabki namunalaridandir. Avloniy 1904-05 yillarda ham ijodiy, ham amaliy pedagogik ish bilan qizg'in shug'ullanadi. U o'z sherlarini «Hijron» tahallusi bilan elon qiladi. Maqolalarini esa «Mulla Abdulla», «Avloniy», «Abdulla Avloniy» imzolari bilan bostirdi. 1909 yilda «Jamiyati hayriya» ochadi va mahalliy xalq bolalarining o'qib bilim olishlari uchun pul yig'ib, maktablarga tarqatadi. 1913 yilning oxirida toshkentlik jadid - taraqqiyparvarlarning tashabbusi bilan «Turon» jamiyati tuzildi. Uning ham muassislaridan biri Avloniy edi. Jamiyat qoshida teatr truppasi tashkil etildi. Abdulla Avloniy truppasi sahnalashtirgan birinchi asar Behbudiyning «Padarkushi» bo'ldi. 1914-15 yillarda advokat Ubaydulla Xo'jaev bilan «Sadoyi Turkiston» gazetasida hamkorlik qiladi. Gazetadagi sher va maqolalarning aksariyati A.Avloniy qalamiga mansub. Bu hol uning tahririyatdagi mavqei ancha bo'lganini ko'rsatadi. Shuningdek A.Avloniy o'z truppasi uchun «Advokatlik osonmi?!», «Pinak», «Biz va Siz», «Ikki sevgi», «Portugaliya inqilobi» kabi dramalarni yozib berdi. «Qotili Karima», «Uy tarbiyasining bir shakli», «Xiyonatkor oilasi», «Badbaxt kelin», «Xur-hur», «Jaholat», «O'liklar» singari sahna asarlarini tatarcha va ozarbayjonchadan tarjima qilib berdi. A.Avloniy 1917 yilda «O'qituvchilar uyushmasi»ni tuzadi, yerli xalqlar orasidan birinchi bo'lib, unga rahbarlik qiladi. U yangi maktablar uchun yangi darsliklar juda zarurligini biladi. Shuning uchun ham adibning 1909-17 yillar davomida maxsus maktab bolalari uchun yozilgan o'ndan ortiq kitobi maydonga kelgan. Uning «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Turkiy guliston yohud axloq», «Maktab gulistoni» singari darsliklari, «Adabiyot yohudmilliy sherlar» to'plami bir necha bor qayta-qayta nashr etildi. Turkistonning juda ko'p yangi usul maktablari uchun qo'llanma bo'lib xizmat qildi. «Birinchi muallim» 1917 yilga qadar 4 marta nashr etilgan bo'lsa, «Ikkinchi muallim» yuqoridagi kitobning bevosita davomi, «Alifbodan so'ng o'qitmoq uchun» yozilgan, «axloqiy hikoyalar, adabiy sherlar ila ziynatlangan». 1913 yilda Avloniyning «Turkiy guliston yohud axloq» asari bosilgan. 1917 yilgacha uch marta nashr ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.92 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:42 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.92 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga