Anvar Obidjon sheriyatida janr stilizatsiyasi Anvar Obidjon O'qishga chanqoq va yuksak didli kitobxonlarni tarbiyalab etishtirish uchun esa bolalarning qo'liga yaxshi kitoblar tutqaza bilishimiz kerak, - deganiga ham yigirma besh yildan oshibdi. Shoir, nosir, dramaturg Anvar Obidjon o'z mulohazalarini ijodi jarayonida atroflicha inobatga oldi va har jihatdan pishiq asarlar yarata bildi. Uning asarlari bolalar adabiyotshunoslari tomonidan ozmi-ko'pmi tadqiq qilinmoqda. Biz Anvar Obidjon sheriyati badiyatining bir jihatiga etibor qilmoqchimiz. XX asr oxirlaridan hozirgacha o'zbek bolalar sheriyatining taraqqiyotiga munosib hissa qo'shib kelayotgan shoir boy folklorimizdan o'rinli foydalandi. Anvar Obidjon sheriyatida folklorizm Shoir sheriyatining xalqchil, bolalarbop, qiziqarli bo'lishida folklorizmning, jumladan, janr stilizatsiyasining munosib o'rni bor. Folklor janrlarini o'zlashtirib, ularni yozma adabiyotga olib kirish janr stilizatsiyasi hisoblanadi,- deb yozadi olima L.Sharipova. O'zbek bolalar sheriyati vakili Anvar Obidjon ham folklorizm yordamida asarlarining qiziqarli, jozibali bo'lishini ta'minladi. Shoir janr, obraz, motiv, ritm, stilizatsiyasi orqali o'z sheriyatini folklor chashmasidan oziqlantirdi. Biz faqat janr stilizatsiyasi haqida to'xtalmoqchimiz. Anvar Obidjon ertak janridan foydalanib, ertak-doston, ertak-pesalar yaratdi. Adabiy ertak yaratishda ustozlar an'anasini davom ettirgan bo'lsa-da, ulardan farqli o'laroq asar orqali bolalarga o'git berish bilan cheklanib qolmadi. Bolalarni ham, kattalarni ham ozodlikka chorladi, ularga adolat, erkinlik tuyg'ularini majoziy obrazlar yordamida singdirishni maqsad qildi. Odil Burgutshoh va zamburug'' Anvar Obidjonning Odil Burgutshoh va zamburug'' laqabli josus haqida ertak ertak-dostonining bosh qahramoni - Burgutshoh. Shoir kontrast usuli, yani holatlarni qarama-qarshi qo'yishdan foydalandi. Asarda burgut va qarchig'ay, lochin va sor, qizilishton bilan qorayaloq, bulbul bilan boyqush qarama-qarshi qo'yilgan. Yosh kitobxon o'zaro zid qo'yilgan obrazlarni solishtirib, tabiatda ular qanday qushligini o'rgansa, shoir ularni to'g'ri zidlantirganini anglashi mumkin. Negaki Burgut mag'rur qush, u o'laksa emaydi, o'lganda ham mag'rur, o'zini qoyalarga urib o'ladi. Qarchig'ay burgutga etolmaydi. Aytaylik, bola-kitobxon bulbulning sayroqi qushligini, boyqush tunda yuradigan, vahimali ovozda sayraydigan qushligini tez anglaydi. Bu asarning o'quvchiga ta'lim beradigan jihatlaridan biridir. Ertak shunchaki yozilmagan, unda jiddiy muammo ko'tarilgan. Konfliktlar etiborni tortadigan darajada dramatizm bilan sug'orilgan. Ertakning tuguni Qarchig'ay va Burgut orasidagi qarama-qarshilikdan boshlanadi. zamburug''ning josus bo'lib Burgutning yurtiga kelishi tugundagi sirlilikni oshiradi. zamburug'' laqabli Popishak josus sifatida saroyga kirar ekan, malika Shabnamga ustozlik qiladi. Malika Shabnam va shahzoda Quyosh bir-birlarini sevar ekanlar. Ammo Shabnamga Chaqmoq uylangan. Chaqmoq to'ng'ich shahzoda bo'lib, bo'lajak tojdor. Shoir voqealar rivoji jarayonida fitnadan foydalanadi: Ho'ng-ho'ng yig'lab yotarkan Shabnam, Kirdi Chaqmoq xonaga ildam: - Sendek makkor xotinga lanat! Lanat yog'sin Menga ham abad! Buncha kalta bo'lmasa fahmim, Nechuk idrok etmabdi aqlim, - Mamlakatga bo'lgin deya shoh, Eringga baxt tilaganing choq Qilganding-ku ukamga g'araz. Ertakning kulminatsion nuqtasida Ertakning kulminatsion nuqtasida ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.17 MB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:52
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.17 MB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:52 ]
Arxiv ichida: ppt