Badiiy adabiyot Yozuvchilar

Badiiy adabiyot Yozuvchilar

O'quvchilarga / Adabiyot
Badiiy adabiyot Yozuvchilar - rasmi

Material tavsifi

Бадиий адабиёт: Ёзувчилар Alisher Navoiy Majolis un-nafois ning adabiy-tanqidiy qarashlar tarixidagi ahamiyati. Majolis un-nafoisda shoirning ijodiy va axloqiy qiyofasi masalasi. Alisher Navoiy shoirning ijodiy va axloqiy qiyofasi bir-biri bilan uzviy bog'langan holda tushunadi.Shuning uchun u shoir ijodi xususiyatlarini belgilashga urinar ekan, uning axloqiy qiyofasini ham bir yo'la yorita boradi. Shuning orqali Alisher Navoiy shoir ijodining qanday ekanini, nimaga qaratilganligini ko'rsatib, o'zining unga bo'lgan munosabatini ham ifoda etadi. Alisher Navoiyning Majolis un-nafoisidan ma'lumki muallif kamtar, o'ziga talabchan, insonparvar, adolatli, chuqur mulohazali, xushmuomala, xushsuhbat, dono shoirlarning ijodini yuqori baholaydi, ularni yoqtiradi. Axloqan tuban shoirlar ijodining xususiyatini esa ularning axloqiy qiyofasiga bog'laydi, bundaylarga salbiy munosabatda bo'ladi. Demak, Alisher Navoiy o'zining ijtimoiy qarashlari asosida shoirning ijodiy-axloqiy qiyofasini belgilaydiki, bu ko'p o'rinda XV asrning ikkinchi yarmidagi adabiy hayotning xususiyat va yo'nalishlarini o'rganish ishiga katta yordam beradi. Navoiyning shoirlar ijodiga baho berishidan o'sha davrdagi adabiy muhitda ikki adabiy yo'nalishning borligini, ularning bir-biriga qarshi kurash olib borganini aniqlash imkoniyati tug'iladi. Majolis un-nafoisdagi ma'lumotlarga tayanib, Navoiyning bu adabiy yo'nalishlarga munosabatini yoritish mumkin, Alisher Navoiy ijodi axloqiy qiyofasi kabi yuksak bo'lgan shoirlarni shuning uchun yoqtiradiki, ularning ijodi Navoiyning badiiy ijod oldiga qo'ygan ilg'or talablariga javob bera olardi. bu guruhga mansub yozuvchilar ijodida Navoiy hayotiy mavzularning kuylanganligini, badiiy jihatdan pishiqlikni, mumtoz merosga hurmatni, badiiy shaklni boyita olganlikni va, nihoyat, ularda hayotiy lavhalarning tasvirini ko'rdi. Bunday yozuvchilarning falsafiy qarashlari o'zining falsafiy qarashlariga yaqinligini angladi. Shuning uchun Navoiy ularning ijodini ham, axloqiy qiyofasini ham ma'qullaydi. Bu jihatdan Majolis un-nafoisning Qosim Anvor zikri bilan boshlangani diqqatga sazovordir. Qosim Anvorni (1356-1433) qutlug' sanashga sababchi bo'lgan holat shundan iboratki, Navoiy uni nazm sohasida o'zining ustozlaridan biri deb hisoblaydi va, ikkinchidan, Qosim Anvorning tasavvufga oid qarashlarini nazarda tutadi. Alisher Navoiy Qosim Anvorning: Rindemu oshiqyemu jahonso'zu jomachok, Bo davlati g'ami tu zi fikri jahon chi bok,- (Mazmuni: Biz olamni kuydiruvchi rind va yaqoni yirtuvchi oshiqmiz. Sening g'aming davlatidan jahonning fikridan qo'rqmaymiz) matlaini, o'zining yozishicha, yoshligidayoq yodlagan. Keyinchalik esa bu baytni Majolis un-nafoisda Qosim Anvor ijodini belgilovchi misralar sifatida qayd qiladi. Albatta, yosh Navoiy dunyoqarashining shakllanishida tasavvufga doir fikrlarni ifoda etuvchi bunday she'rlar ma'lum ta'sir ko'rsatgan. Shuning uchun Navoiy Qosim Anvor haqida so'z yuritar ekan, uning tasavvufiy g'oyalarini ham ma'qullaydi. Ikkinchi bir misol. Ozarbayjondagi Nasimiy, Qosim Anvor kabilar mansub bo'lgan falsafiy oqim singari XIV asrdagi Xorazmda ham insonni ulug'lash, tabiatda gavdalanuvchi hamma narsada Alloh zohir bo'ladi degan tasavvufiy g'oya olg'a surilgan. ABDULLA ORIPOV (1941 yilda tug'ilgan) O'zbekiston xalq shoiri, O'zbekiston qahramoni Abdulla Oripov 1941 yil 21 mart kuni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.35 MB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:54 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.35 MB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga