Chingiz Aytmatov romanlarida bosh qahramon muammosi

Chingiz Aytmatov romanlarida bosh qahramon muammosi

O'quvchilarga / Adabiyot
Chingiz Aytmatov romanlarida bosh qahramon muammosi - rasmi

Material tavsifi

Chingiz Aytmatov romanlarida bosh qahramon muammosi (Asrga tatigulik kun, Qiyomat, Tog'lar qulayotgan zamon (Abadiy qalliq) romanlari asosida) Reja: Kirish Asosiy qism I bob. Asrga tatigulik kun romanida bosh qahramon muammosi. 1.1. Chingiz aytmatov romanlaridagi obrazlar tizimi va bosh qahramon muammosi. 1.2. Asarda tasvirlangan insoniyat obrazlari. 1.3. Romandagi hayvonot obrazlari tahlili. I bobda bildirilgan fikr-mulohazalar yuzasidan xulosa. II bob. Qiyomat - tabiat va jamiyatning oltin muvozanati. 2.1. Qiyomatdagi inson obrazlari va bosh qahramon. 2.2. Asardagi hayvonot olami tasvirida bosh qahramon muammosi. II bobda bildirilgan fikr-mulohazalar yuzasidan xulosa. II bob. Tog'lar qulayotgan zamon (Abadiy qalliq) va bosh qahramon. 3.1. Tog'lar qulayotgan zamon (Abadiy qalliq) dagi bashariyat talqini. 3.2. Romandagi noreal olam va hayvonot dunyosi vakillari obrazi. II bobda bildirilgan fikr-mulohazalar yuzasidan xulosa. Xulosa. I BOB. ASRGA TATIGULIK KUN ROMANIDA BOSh QAHRAMON MUAMMOSI. 1.1. ChINGIZ AYTMATOV ROMANLARIDAGI OBRAZLAR TIZIMI VA BOSh QAHRAMON MUAMMOSI Tom manodagi internasional yozuvchi deya ta'riflangan, insonshunos, buyuk ijodkor, qudratli tafakkur sohibi Chingiz Aytmatov badiiy ijod olamila o'ziga xos aytmatovcha uslubni yarata olgan va shu uslub bilan butun dunyo kitobxonlari ko'nglidan munosib joy egallagan adibdir. Mahoratli adibning deyarli barcha asarlarida dunyoviy muammolar, tabiat va jamiyat, olam va odam, ular o'rtasidagi uyg'unligu ziddiyat haqila so'z boradi. Bu esa roman qahramonlari qamrovini ham kengaytiradi. Natijada syujet voqealariga insonlardan tashqari hayvonot, nabotot dunyosi va hatto noreal olam vakillari obrazi ham kirib keladi. Aytmatov sinchkov va bilimdon yozuvchi sifatida har bir obrazni u xoh inson, xoh hayvon obrazi bo'lsin, daqiq mahorat bilan o'ta jonli va tabiiy tasvirlaydi. Bunday tabiiy tasvir kitobxonga obrazlar dardu kechmnmalarini, iztirobu quvonchlarini yana-da yorqin his qilishiga yordam beradi. Biz Ch. Aytmatovning tadqiqot mavzusi yuzasidan tanlangan romanlari (Asrga tatigulik kun, Qiyomat, Tog'lar qulayotgan zamon (Abadiy qalliq) ) dagi obrazlar tizimini yuqoridagi fikrlarga tayanib, uch guruhga ajratamiz: Insoniyat obrazlari. Hayvonot obrazlari. Noreal olam vakillari obrazi. Romanlarning bosh qahramonini aniqlash ham shu uch guruh tahlili yuzasidan amalga oshiriladi. Malumki, badiiy obrazga ijodkorning qalb kechinmalari, hissiyotlari, anglagan haqiqatlari singdirilgan bo'lishi kerak. Shundagina u chinakam jonlilik, ta'sirchanlikka erisha oladi. Badiiy obrazlar tizimidan bosh qahramonni munosib tanlash uchun esa, avvalo, bosh qahramonga xos bo'lgan yetakchi xususiyatlarni aniqlash lozim. Shu maqsad yuzasidan badiiy obraz va bosh qahramon haqida bildirilgan fikrlar bilan tanishamiz: Badiiy adabiyot qahramonsiz yashay olmaydi, chunki hayotning o'zi undagi ijobiy (ilg'or) va salbiy (qoloq, orqaga tortuvchi) kuchlarning kurashidan iboratdir. Bu kurash ularning ish va o'ylarida o'z ifodasini topadi (106). Badiiy asar mazmunida asosiy o'rin tutuvchi personaj qahramon deb ataladi (105). Badiiy asarlarda mazmun va formaning, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 147.07 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 147.07 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga