Fitratning adabiy janrlarga oid qarashlari (ashula, lapar, ertak va dostonlar misolida) 3

Fitratning adabiy janrlarga oid qarashlari (ashula, lapar, ertak va dostonlar misolida) 3

O'quvchilarga / Adabiyot
Fitratning adabiy janrlarga oid qarashlari (ashula, lapar, ertak va dostonlar misolida) 3 - rasmi

Material tavsifi

Fitratning adabiy janrlarga oid qarashlari (ashula, lapar,ertak va dostonlar misolida) Bakalavr darajasinini olish uchun yozilgan bitiruv malakaviy ishi Qarshi Reja: Kirish: . I BOB. Fitrat - adabiyotshunos olim I.1. Fitrat ijodiy izla I.1. Fitratning xalq og'zaki ijodi xususiyatlari to'g'risidagi qarashlari II BOB. FITRATNING O'ZBYeK XALQ OG'ZAKI IJODI JANRLAR TARKIBIGA OID KUZATIShLARI II.1. Fitrat xalq qo'shiqlari (ashula, lapar) haqida II.2. Fitrat ertak va dostonlar haqida II.3. Fitratning paremik janrlar (maqol, topishmoq) to'g'risidagi qarashlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati. KIRISh Mavzuning dolzarbligi. Folklor asarlari hozirgi yosh avlodga ildizi uzoq zamonlarga borib taqaladigan madaniyatimizni, badiiy ijod an'analarimizni, elu yurtimiz ozodligi va erki yo'lida olib borgan kurashlarimizni bilib olish barobarida vatanparvarlik va bunyodkorlik tuyg'usi ajdodlarimizga meros ekanini to'la his qilishlariga yordam beradi. Shu orqali yoshlar o'z yurtida abadiy ekanini, o'ziga xos muqaddas tarixi va betakror an'analari, milliy qadriyatlari borligini anglaydi. Shuni inobatga olib, juda qadimdan olimu shoirlar el adabiyoti namunalarini alohida to'plab o'rganishga ahamiyat qaratib kelishgan. Hatto ko'pgina ijodkorlar yaratayotgan asarlarining xalq ko'ngliga tez etib borishini ko'zlab, folklor asarlariga xos sodda ifoda shakli va uslubdan, an'anaviy epik obraz va motivlardan, o'ynoqi va serjilo ohangdan foydalanib, betakror folklorizmlarni yaratishgan. XX asr o'zbek adabiyotining zabardast vakili, adabiyotshunos olim, zullisonayn shoir, nosir va dramaturg, noshir Abdurauf Fitrat esa aytilgan ana shu ikki jihatni o'z faoliyatida qo'shib olib borganligi bilan etiborni tortadi. Fitratda folklorga havas bolaligidanoq onasining el ichida mashhur qo'shiqlarni kuylab berishi ta'sirida uyg'ondi va bu havas unga umr bo'yi hamrohlik qildi. Fitrat, avvalo, el adabiyotiga katta etibor qaratib, uning tabiati, janriy tizimi va tarkibi to'g'risida qimmatli nazariy qarashlarni ilgari surdi. Uning bu boradagi qarashlari esa alohida etiborni tortadi. Ayniqsa, olimning folklor asarlarining yozma asarlardan farqi, folklorga xos spetsifik belgilar, o'zbek xalq qo'shiq janri tabiati xususida bildirgan mulohazalari, folklorning turli janrlariga munosabati hozirgacha o'z ilmiy qimmatini saqlab kelayotir. Shuningdek, Fitratning folklorga daxldor bilimi u yaratgan badiiy asarlar misolida yanada ravshanlashadi. Ijodkorning sherlarida, nasriy va dramatik asarlarida uchraydigan folklorizmlar o'ziga xos betakrorligi bilan ajralib turadi. Fitrat o'z davrida xalq ijodiyotining chuqur bilimdonlaridan biri sifatida uning hormas-tolmas targ'ibotchisiga aylandi. U tuzgan O'zbek adabiyoti namunalari (1928) xrestomatiyasida birinchi marta el adabiyotidan namunalar keltirilgan. Biroq hozirgacha o'zbek adabiyotshunosligi va folklorshunosligida Fitratning bu xizmatlari maxsus tadqiq qilinib, o'z xolis bahosini olgan emas. Holbuki, Fitratning o'zbek folklori bilimdoni, targ'ibotchisi va tadqiqotchisi sifatidagi serqirra faoliyatini, uning badiiy ijodidagi folklorizmlarni alohida o'rganish zarur. Chunki bu masala, avvalo, folklorizmlardan foydalanish badiiy adabiyot taraqqiyotining XX asr boshlari davrida qanday kechganligini, uning bu tadrijiy bosqichiga xos xususiyatlarni, qolaversa, Fitratning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 56.56 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 56.56 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga