Go'zallik va nafosat timsoli Zulfiya tavalludiga bag'ishlanadi

Go'zallik va nafosat timsoli Zulfiya tavalludiga bag'ishlanadi

O'quvchilarga / Adabiyot
Go'zallik va nafosat timsoli Zulfiya tavalludiga bag'ishlanadi - rasmi

Material tavsifi

Go'zallik va nafosat timsoli Zulfiya tavalludiga bag'ishlanadi Zulfiya hayoti va ijodi Taniqli o'zbek shoirasi, tarjimon jurnalist va jamoat arbobi Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 mart kuni temirchi (otasi Isroil dergiz) oilasida dunyoga keldi. Bolaligida onasi kuylagan xalq qo'shiqlari, ertaklar va rivoyatlar-xalq og'zaki ijodi namunalari sehri yosh Zulfiyani badiiy adabiyot, she'riyat olamiga butun umr mahliyo etib qo'ydi. Zulfiya Xotin-qizlar pedagogik bilim yurtini tugatgach (1931-1934), O'zbekiston Fanlar qo'mitasi qoshidagi til va adabiyot instituti aspiranturasiga o'qishga kirgan (1935). So'ng yoshlar va o'smirlar adabiyoti nashriyotida bo'lim mudiri (1938-1940), O'zbekiston davlat nashriyotida bo'lim mudiri (1941-50), «O'zbekiston Xotin-qizlar» («Saodat») jurnalida bo'lim mudiri (1950-53), bosh muharrir (1954-85) bo'lib ishlagan. Zulfiyaning ilk she'ri 1931 yilda «Ishchi» gazetasida bosilgan. Dastlab 1932 yilda «Hayot varaqalari» she'rlar to'plami nashr etilgan. Shundan keyin uning «Temiroy» (1934), «S'He'rlar», «Qizlar qo'shig'i»(1939) she'riy kitoblar e'lon qilingan: Zulfiya she'riy ijodining nurlanishi «Uni Farxod der edilar»(1943), «Hijron kunlarida» (1944) va «Hulkar» (1947) to'plamlari bilan bog'liq. Ayniqsa, H.Olimjonning bevaqt vafotidan keyin (1944) yozilgan, ruhiy silsilalar va qalb iztiroblari bilan to'la she'rlar Zulfiya ijodida jiddiy o'zgarishlar sodir bo'lganligidan darak beradi. Zulfiya shaxsiy tasviri orqali 2-jahon urushidan katta talofat va yo'qotishlar bilan chiqqan xalqning dard va alamlarini ifodaladi. 40-yillar oxirida e'lon qilingan Sovet davlatining san'at va adabiyot to'g'risidagi qarorlari o'zbek adabiyotiga ham katta zarar keltirdi. Zulfiya badbin kayfiyatlar - pesimistik kechinmalar kuychisi sifatida tana toshlari ostida qoldi. Shundan keyin u boshqa qalamkash birodarlari sngari, «davr g'oyalari»ni ifodalovchi sherlar yozishga o'tdi. Lekan ko'p o'tmay, o'zbek ayollari hayotini yaxshi biluvchi shoira va jurnalist sifatida dugonalari haqida she'r va publitsistik maqolalar yozdi, ularni ijtimoiy faollikka chaqirdi, insoniy haq-huquqlarining poymol bo'lmasligi uchun kurashdi. 50-yillarning 2-yarmida Zulfiya Osiyo va Afrika yozuvchilarining tinchlik va xalqaro birdamlik shiori ostida o'tgan harakatida faol qatnashib, jahonning ko'pgina mamlakatlarida bo'ldi. Hindiston, Misr, Yaponiya va qo'shni Respublikalarga qilgan safari shoira ijodida chuqur iz qoldirdi. «Mushoira», «O'g'lim sira bo'lmaydi urush», «Qozog'iston o'lanlari», «Men chizolmagan surat» singari she'rlari Zulfiyaga shuhrat keltirdi. Zulfiya she'rlarida tasvir etilayotgan hayot ko'lami kengayib uning ijodiga xorijiy xalqlar hayoti manzaralari ham kirib keldi. 70- yillardan boshlab Zulfiya ijodidagi milliy hayot tasvirida yangi ranglar kamaligi paydo bo'ldi, haqqoniylik his-hayajon kuchaydi. «O'ylar» (1965) she'riy guldastasi bilan boshlangan voqelikni falsafiy idrok etish tamoyili «Visol» (1972), «Yillar, yillar…» (1975) she'riy kitoblarida davom etib, Zulfiya ijodida chinakkam badiiy yuksalish davri boshlanganini namoyish etdi. U yana doston janriga qaytib ustoz Oybekning so'ngi safariga bag'ishlangan «Quyoshli qalam» (1970) yil dostonini yaratdi. Ayni paytda shoira bolalarga bag'ishlangan turkum she'rlar ham yozdi. «Lola qizg'aldoq» (1975) Zulfiya hayotining muhim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.85 MB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:05 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.85 MB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga