Hofizi qo'ng'irot Qosim shayx Bajardi: Tekshirdi: Qofiz qo'ngirot. Bu guzar XVII asrda tashkil topgan. Aho-lisi juda ham oz bo'lgan. Asosan zargarlik va kalish tikuvchi-lar bo'lgan. Anchagina mullalar ham bor edi. Guzarda machit bo'lib, . ammo maktab yo'q edi. 1927 yilgi guzarlarning hisoboti olinganda unda 12 xo'jalik bo'lib, nihoyati 60 kishi istiqomat qilardi.4 1929 yilgi ma-lumotlarda yani guzarlarni qayta ro'yxatdan o'tkazish davrida Xo'ja Zayniddin, Hammomi kunjak, Sharifjon, So'zangaron, Hofiz qo'ng'irot, Siddiqiyon guzarlari birlashtirilib, Mirzo Ahmad nomini olgan. Hozir bu guzar o'rnida Shevchenko ko'chasi o'tgan. Mustaqillik uiarofati bilan guzar yani ko'cha Otaboy Eshonov nomini oldi. Qosim Shayx. Guzar 1810 yilda tashkil topgan. Guzar ahli hunarmandchilik bilan shug'ullanishardi. Ayniqsa zargarlar ko'pchilikni tashkil etardi. Guzarning machit va mozori bo'lib, ziyorat-goh joy - bu Kosim Shayx qabri edi. Mozor yonida quduq bo'lib, suvi ham tabarruk edi. 1927 yilgi guzarlarning hisoboti olinganda unda 24 xo'jalik bo'lib, 120 kishi istiqomat qilardi. 1929 yilda guzarlarni qayta ro'yxatdan o'tkazishganda esa Tagbandbofon va Kosim Shayx guzarlari birlashtirilib, Mirzo Usmon nomini olgan. Guzar o'rnida Patris Lumumba ko'chasi joylashgan. Bunda mar-hum Mahmud Ahmedov o'z oilalari bilan istiqomat qilganlar. U kishi tijoratchi-ziyoli oilasida dunyoga kelganlar. Dastlab Buxoroda kashshoflar tashkilotini tuzishda qatnashganlar. Asli kasblari esa moliyachi-iqtisodchi. Ulug' Vatan urushi nogironi, marhum Mahmud Ahmedov 50-yillarda shahar moliya bo'lmining boshlig'i, keyinchalik 909-omonat kassasining bo'limi mudiri lavozimlarida ishlaganlar. Hozir shu guzarda yani ko'chada u kishi-ning farzandlari istiqomat qilayotar. ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.49 MB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:06
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.49 MB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:06 ]
Arxiv ichida: ppt