Hozirgi adabiy jarayon fanning o'ziga xos xususiyatlari

Hozirgi adabiy jarayon fanning o'ziga xos xususiyatlari

O'quvchilarga / Adabiyot
Hozirgi adabiy jarayon fanning o'ziga xos xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Hozirgi adabiy jarayon fanning o'ziga xos xususiyatlari RYeJA: Hozirgi adabiy jarayon fanining obyekti.Maqsad va vazifalari. Hozirgi adabiy jarayonning taraqqiyot manbalari , omillari. Hozirgi adabiy jarayonning asosiy tendensiyalari va xususiyatlari. Biz o'rganmoqchi bo'lgan Hozirgi adabiy jarayon fani to'la manoda mustaqillik mevasi hisoblanadi. O'z nomidan ham ko'rinib turibdiki, bu fan O'zbekiston Respublikasi mustaqilligi elon qilingan 1991 yildan to hozirgacha bo'lgan davr haqida ma'lumot beradi. Shuning uchun uni dastlab Mustaqillik davri adabiyoti, Istiqlol davri adabiyoti, Eng yangi o'zbek adabiyoti degan nomlar bilan ham ataldi. Ikki asrni tutashtirgan, XX asrning so'nggi o'n yilligi bilan shiddatli XX1 asrning ilk dekadasini o'ziga xos oltin ko'prik bilan bog'lagan bu adabiy jarayon g'oyatda murakkab davrni bosib o'tdi. Hozirgi adabiy jarayon fanining obyekti XX asrning 90-yillaridan XX1 asrning shu kungacha bo'lgan davrda yaratilgan adabiy-badiiy asarlarni o'z ichiga oladi. Aslida 20 yil bobotarix uchun non ushog'idek qisqa muddat hisoblanadi. Ammo ana shu kichik muddat mustaqillik ishqi bilan yongan o'zbek xalqi hayotida juda katta ishlar amalga oshirilgan oltin davr bo'lib qoldi. Bu kichik muhlat huddi atom zarrasi kabi mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma'naviy-ma'rifiy jabhalarida ijobiy manodagi kuchli portlashlarni vujudga keltirdi. Bunday ijobiy o'zgarishlar o'zbek xalqining ma'naviy potentsiali tuganmas zahiralarga boyligi va yashovchanligi tufayli ro'yobga chiqdi. Bu o'sish, o'zgarishlarning tub asoslari va sabablarini bilib olish uchun Siz muhtaram Prezidentimizning adabiyotlar ro'yxatida berilgan Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch, Adabiyotga etibor -ma'naviyatga, kelajakka etibor nomli asarlarini puxta o'rganishingiz, konspektlashtirishingiz shart. Hozirgi adabiy jarayon fanining bosh maqsadi ana shu 20 yillik davr adabiyotining asosiy xususiyatlari, bu yillar o'zbek adabiyotida paydo bo'lgan muhim konsepsiyalar (lot. qarashlar, fikrlar tizimi, dunyoni tushunish, anglash usuli) va asosiy tendensiyalar (lot. yo'nalish, harakat, intilish, mayl)ni aniqlash, bu davrda yaratilgan asarlarni o'rganish va tahlil qilishdan, vazifasi esa badiiy asarni tushunish malakasini shakllantirish, hozirgi davr adabiyotining eng yangi fazilatlarini targ'ib etish ko'nikmasini hosil qilishdan iboratdir. Albatta, Hozirgi adabiy jarayon fanini so'nggi 20 yillik adabiyot bilan cheklab qo'yish uni tor tushunishdan iborat bo'lur edi. Chunki istiqlol g'oyasi, erk mavzusi adabiyotning doimiy yo'ldoshi bo'lib, u eramizdan oldingi VI asrdayoq paydo bo'lgan (bu haqda qarang: Y.Solijonov. Haqiqatning sinchkov ko'zlari 125-134-betlar). Adabiyot so'zi har doim erk va ozodlikka chaqiriq bo'lib yangradi. Loaqal XX asr boshlaridagi jadid adabiyoti namoyandalarining asarlarini eslang. Yoki sovet tuzumining dastlabki bosqichida Fitrat, Hamza, Qodiriy, Cho'lponlarning faryodiga quloq soling! II jahon urushi yillarida ijod qilgan sovet adiblari G'.G'ulom, Oybek, H.Olimjon, M.Shayxzoda, M.Osim kabilarning nega tarixiy mavzuga murojaat qilganliklarining tub sababini aniqlang! 70-yillarda kommunistik mafkura mustamlaka qilichini qayrab, sal ko'tarilgan boshni, ovoz chiqargan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.61 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.61 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga