Hozirgi o'zbek romanlarining o'ziga xos tomonlari

Hozirgi o'zbek romanlarining o'ziga xos tomonlari

O'quvchilarga / Adabiyot
Hozirgi o'zbek romanlarining o'ziga xos tomonlari - rasmi

Material tavsifi

Hozirgi o'zbek romanlarining o'ziga xos tomonlari R Ye J A : O'zbek adabiyotida tarixiy romanlar evolyutsiyasi. Prozada zamonaviy mavzu va yozuvchi dunyoqarashi. Biron bir millatni adabiyotsiz tasavvur qilib bo'lmaganidek, har qanday milliy adabiyotni janrsiz tasavvur qilish ham mumkin emas. Janr badiiy adabiyotning konkret ko'rinishidir. Ana shunday janrlardan biri roman bo'lib, uning tarixiy taraqqiyoti, o'ziga xos xususiyatining ayrim tomonlari to'g'risida o'tgan darsda suhbatlashdik. Ammo roman epik turning eng yirik, imkoniyatlari g'oyat keng janri bo'lganligidan uning poetik olamiga chuqurroq kirib borganimiz sari hali kashf etilmagan fazilatlarini anglab boraveramiz. Roman, eng avvalo, epik obraz yaratuvchi prozaik bayondir. Ana shu epik obraz yozuvchining dunyoqarashini, romanning g'oyaviy-estetik tabiatini belgilab beradi. Epik obrazni ifodalash jarayonida hayot haqiqatiga qatiy amal qilish talab etiladi. Zero, raelizm (yani hayotiylik) romanning asosiy qon tomiridir. Roman qanday shaklda, qaysi usulda yozilmasin, yani u fantastik-sarguzasht bo'ladimi, rivoyat yoki mif va afsonalarga asoslanadimi, oxir oqibatda reallikka intiladi. Asarning janr tabiati unda aks ettirilgan g'oyaviy niyatning qaysi yoki qanday badiiy shaklda, uslubda berilishi bilan belgilanadi. Romanning eng muhim xususiyatlari: Epik obraz; Prozaik bayon; Yozma uslub. Romanda o'quvchining esida qoladigan yaxlit, ko'lamli, o'z qiyofasiga ega bo'lgan epik obrazlarni ko'p uchratganmiz. Bular: Yusufbek hoji, Otabek, Yo'lchi, Mirzakarimboy, Navoiy, Ochil buva, Orif oqsoqol, Nazar Yaxshiboev, Mirza G'olib, Yusuf, Fozilbek va hokazo. Chunki ularni eslashimiz bilan ko'z oldimizda yashagan davri, shart-sharoit, o'zaro to'qnashuvlar namoyon bo'ladi. Atrofidagi barcha personajlar u yoki bu darajada ana shu epik obrazlar bilan bog'langanligini his qilamiz. Hozirgi paytda prozaik bayonsiz romanni tasavvur etib bo'lmaydi. Rus adabiyotshunosi V.Kojinov o'zining Proisxojdenie romana (Romanning kelib chiqishi) kitobida yozishicha, Shu narsa etirof qilinganki, roman, birinchidan, kishilarning, narsa-hodisalarning, kechinmalarning o'zaro bog'langan holdagi mustaqil realligini to'la-to'kis ko'z oldimizda gavdalantiruvchi, epik obrazni yaratuvchi bayon-hikoyadir. Ikkinchidan, roman epik so'zining ikkinchi manosiga yaqin asardir. Yanada aniqroq qilib aytganda, u hayotiy haqiqatni kengroq qamrab olishga, o'z ichiga singdirishga intiluvchi epopeya ruhidagi bayondir. Va nihoyat, uchinchidan, roman prozaik bayondir. Romanning bu xususiyati unda nutqning tashqi shakllanishi bilangina to'la-to'kis xarakterlanmaydi, albatta. Balki bu xususiyat roman janrining bir qator xossalarini - prozaning umumiy estetik koloritidan tortib to uning yozma tabiatigacha bo'lgan hamma xossalarini belgilab beradi. Endi ana shu nuqtai nazardan o'zbek adabiyotida so'nggi yillarda yaratilgan tarixiy va zamonaviy mavzudagi romanlarga nazar tashlaylik. O'tgan darsimizda tarixiy romanlar taraqqiyoti, uning bir asr davomida qancha to'lqini (bosqichi) dunyoga kelganligi haqida aytib o'tgandik. Bugungi darsimizda asosan tarixnavis adiblarning 4, 5 - avlodi yaratgan asarlar va ularning o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida to'xtalamiz. Biz fikr yuritmoqchi bo'lgan bu avlod vakillaridan M.Ali, S.Siyoev, A.Dilmurod, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.07 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.07 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga