Izzat Sulton dramaturgiyasida zamon va qahramon talqini Bakalavr darajasini olish uchun yozilgan BITIRUV MALAKAVIY IShI MUNDARIJA: KIRISh……3 I BOB. DRAMA, ZAMON, QAHRAMON 1.1. Ijtimoiy-siyosiy voqelik va yangi odamlar obrazi7 1.2. Izzat Sulton dramalarida tadbirkor obrazi 23 II BOB. DRAMADA TASVIR VA TALQIN 2.1.Qahramon va konflikt34 2.2.Psixologik tasvir va ma'naviy-axloqiy muammolar talqini45 XULOSA……53 FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO'YXATI……56 KIRISh Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik sharofati bilan mamlakatimizda boshlangan demokratik jarayonlar ma'naviy-madaniy hayotni tubdan o'zgartirib yubordi. Jamiyatimizdagi yangilanish epkinlari, avvalo, so'z erkinligida, matbuot erkinligida zohir bo'ldi. Adiblarimiz voqelikda kechayotgan ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy, madaniy o'zgarishlarga, yangilanishlarga nisbatan o'z munosabatlarini badiiy asarlari, publitsistik chiqishlari, maqolalari na suhbatlari orqali ifodalamoqdalar. Izzat Sultonning «Yangi odamlap», «Oydin kecha asirligida», «Qaqnus» singari sahna asarlarida muallifning mavjud voqelikda shakllanib borayotgan yangi tamoyillarga nisbatan individual nuqtai nazarini ko'rishimiz mumkin. Ularda zamon va qahramon konsepsiyasi yaqqol belgilari bilan namoyon bo'ladi. Dramaturgiya olis antik davrlardan boshlab bugungi kungacha san'atning alohida turi sifatida Olam va Odamni anglashga qaratilgan mohiyati bilan etiborga sazovordir. Bu o'rinda hamma gap badiiy adabiyotda inson va zamon obrazini umumiy bir yo'sinda gavdalantirish haqida borayotgani yo'q. Eng muhimi, zamon ham, inson ham turli yo'sinda namoyon bo'ladi. Yani, ijtimoiy voqelikning kechish tarziga ko'ra o'z qiyofasini o'zgartirib turadi. Zero, badiiy adabiyotda zamon va qahramon konsepsiyasining badiiy mujassamlanishi bir qancha omillar bilan asoslanadi. Xususan, falsafiy, madaniy, diniy an'analar adabiy jarayonda muhim omillar hisoblanadi. Ana shu holatda hamisha ta'sirlanish jarayonida bo'lgan san'atkor dunyoqarashi, ong-shuuri bu borada zamon bilan insonni vobasta idrok va ifoda qilishda xilma-xilliklarni asoslaydi. Ijtimoiy voqelikning talab va ehtiyojlariga javob beradigan asarlar yaratish har qanday dramaturgning bosh muddaosi, binobarin, mavjud ijtimoiy-siyosiy voqelik ko'ndalang qo'ygan ma'naviy-axloqiy masalalarga javob izlash, topish va badiiy obrazlarda mujassamlashtirish dramaturg Izzat Sultonning bosh estetik kredosiga aylangan edi. Olim va dramaturg Izzat Sultondan boy ilmiy va adabiy meros qoldi. «Alisher Navoiy» (Uyg'un bilan hamkorlikda), «Nomalum kishi», «Imon», «Ko'rmayin bosdim tikanni», «Donishmandning yoshligi», «Kumush shahar malikasi», «Abdulla Qodiriyning o'tgan kunlari» singari sahna asarlari, XX asr adabiyoti, o'zbek adabiyoti tarixi va adabiyot nazariyasi muammolariga bag'ishlangan yuzlab ilmiy-nazariy maqolalari Izzat Sultonning badiiy-estetik tafakkurimiz taraqqiyotida alohida fayzli o'rin tutganligidan dalolat beradi. Izzat Sultonning XX asr oxiri - XXI asr boshlari, yani mustaqillik davri o'zbek adabiyoti rivojidagi xizmatlari ham salmoqli. Uning «Oydin kecha asirligida», «Qaqnus», «Yangi odamlar» kabi dramalari so'nggi davr o'zbek dramaturgiyasida yangi badiiy-uslubiy izlanishlar sifatida baholanishga haqli. Izzat Sultonning XX asr oxiri - XXI asr boshlarida yaratilgan dramalarini zamon va qahramon konsepsiyasi nuqtai nazaridan o'rganish, ulardagi mavzu va masalalarni, muallif ijodiy niyatining badiiy tajassumini, mano talqinlarini, ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
76.88 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
76.88 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:13 ]
Arxiv ichida: doc