Kichik janrlarda qofiya (maqol va topishmoqlar misolida) Bakalavr darajasinini olish uchun yozilgan bitiruv malakaviy ishi MUNDARIJA Kirish……5 I BOB……10 Birinchi fasl. Kichik janrlarning genezisiga bir nazar…….…10 Ikkinchi fasl. O'zbek poeziyasida qofiya……15 II BOB…….27 Birinchi fasl. So'z san'atining mahsuli……27 Ikkinchi fasl. Maqol va matallarda qofiya unsurlari……43 II BOB…….56 Birinchi fasl. Topishmoqlar- folklorning mustaqil janri…….…56 Ikkinchi fasl. Topishmoqlarning badiiyati…….…….64 Xulosa…….…68 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati……73 RYeJA Kirish I BOB Birinchi fasl. Kichik janrlarning genezisiga bir nazar. Ikkinchi fasl. O'zbek poeziyasida qofiya. II BOB Birinchi fasl. So'z san'atining mahsuli. Ikkinchi fasl. Maqol va matallarda qofiya unsurlari. II BOB Birinchi fasl. Topishmoqlar- folklorning mustaqil janri. Ikkinchi fasl. Topishmoqlarning badiiyati Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati. KIRISh Mavzuning dolzarbligi. Folklor asarlari xalq hayotining ko'zgusidir. Boisi asrlar davomida xalqimiz tomonidan ijod etilgani mazmunan boy, shaqlan go'zal badiiy boylik hozirgi kunda xalqimizning o'ziga, millionlab zamondoshlarimizga xizmat qilmoqda. Darhaqiqat, xalq og'zaki ijodi namunalarida ming yillar osha yashab kelayotgan xalqimizning ko'p asrlik ijtimoiy-siyosiy hayoti, kurash va intilishlari, murakkab tarixi ajoyib shakllarda ifoda etilgan. Buni Yurtboshimizning birgina Alpomish dostoni haqida aytgan quyidagi so'zlaridan ham bilishimiz mumkin: Xalq og'zaki ijodining noyob durdonasi bo'lmish Alpomish dostoni millatimizning o'zligini nomoyon etadigan, avlodlardan-avlodlarga o'tib kelayotgan qahramonlik qo'shig'idir. Agar xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston bo'lsa, Alpomish ana shu dostonning shoh bayti, desak, to'g'ri bo'ladi. Bu mumtoz asarda tarix to'fonlaridan, hayot-momot sinovlaridan omon chiqib, o'zligini doimo saqlagan el-yurtimizning bag'rikenglik, matonat, oliyjanoblik, vafo va sadoqat kabi ezgu fazilatlari o'z ifodasini topgan. Shu bois Alpomish dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo'y bo'lishga, o'z yurtimizni, oilamiz qo'rg'onini qo'riqlashga, do'stu yorimizni, or-nomusimizni, ota-bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzlardan himoya qilishga o'rgatadi. Bu o'lmas asarni xalqimiz asrlar davomida yaratgan, o'z iymon-e'tiqodidek asrab-avaylagan, qancha avlod-ajdodlarimiz Alpomish dostoni asosida tarbiya topgan, o'zligini anglagan, ma'naviy boylikka ega bo'lgan. Demak, xalqimiz bor ekan, Alpomish siymosi ham barhayot. Mana shu purhikmat so'zlarning o'zi xalq og'zaki ijodiga berilgan juda yuksak bahodir. Mustaqillik tufayli o'tgan 21 yil mobaynida mamlakatimizda asrga tatugulik o'zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq davlatimiz va Prezidentimiz o'tmish madaniy merosimizni qaytadan tiklash, odamlarning qalbida tutqunlikda yotgan qadriyatlamizga keng yo'l ochish siyosatini amalga oshirdilar. Natijada millat o'tmishi va kelajagi haqidagi mulohazalar, ajdodlarimiz kashfiyotlaridan hosil bo'lgan g'urur tuyg'usi xalqimizning qalbidan o'rin ola boshladi: din, madaniy meros, qadriyatlar, milliy g'urur haqida hadiksiramay, baralla faxr va iftixor bilan mulohaza yuritish imkoniyati yaratildi. Yurtboshimiz faxr bilan takidlaganlaridek Bizning qadimiy va go'zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasining beshiklaridan biri bo'lganligini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va etirof etmoqda. ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
106.9 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
106.9 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:15 ]
Arxiv ichida: doc