Liro-epik tur rivoji R Ye J A: Liro-epik tur haqida ma'lumot. Liro-epik tur janrlari va ular strukturasidagi o'zgarishlar. Zamonaviy va tarixiy mavzudagi dostonlar. Sheriy romanlar haqida. Liro-epik tur atamasi Aristotel Poetikasisida ham, V.G. Belinskiy asarlarida ham alohida adabiy tur sifatida tilga olinmagan. Tabiiyki, ulardan so'ng yaratilgan barcha manbalarda ham bu tur hisobga olinmaydi. Uch adabiy turning epos deb nomlangan turida hikoya, qissa va romanlar qatorida doston (poema) janri ham tilga olinadi. Masalan, Sizga tavsiya etilgan ilmiy adabiyotlarning barchasida shunday tasnifga duch kelasiz. U holda nega biz to'rtinchi adabiy tur sifatida liro-epik asarlarni kirityapmiz? Malumki, har bir adabiy tur o'z shakli-shamoyiliga ega: lirika-sheriy, epos-nasr, drama esa - harakat va dialog asosida dunyoga keladi. Ham sheriy, ham nasriy yozilgan, bazan dialoglar ham aralashib qoladigan asarlar qaysi turga kiradi? Bu masala ko'p asrlar davomida adabiyotshunoslarni o'ylantirib kelayotgan bo'lsa-da, hech kim uni ko'tarib hal qilishga jurat etmadi. Hatto professor B.Sarimsoqov To'rtinchi adabiy tur sifatida liro-epik asarlarni emas, paremiya turini taklif qiladi (qarang: B.Sarimsoqov. Badiiylik asoslari va mezonlari. T., 2004). Garchi adabiy turlar qatorida liro-epik tur nomi ishlatilmasa ham ayrim darsliklar, qo'llanmalar, monografiya va tadqiqotlarda bu atama ishlatib kelinadi. Biz badiiy adabiyot taraqqiyotini, undagi sifat o'zgarishlarni, janrlar mohiyati va strukturasini inobatga olib, liro-epik turni alohida ro'yxatga olishni, uni janrlar asosida tasnif etishni va o'ziga xos xususiyatlarini o'rganishni lozim topdik. Adabiyot tarixidan yaxshi xabardor mutaxassislar uchun liro-epik tur bor va u yashaydi. Demak liro-epik tur o'z qurilishi va tasvirlash obyektiga ko'ra boshqa guruhga xos asarlardan farq qiladi. Bu turga oid asarlar voqelikka asoslangan bo'lib, lirik chekinishlar bilan bayon qilinadi. Liro-epik turga quyidagi janrlarni kiritish mumkin: 1 Masal. 2. Ballada. 3. Doston (poema). 4. Sheriy roman. Adabiyotshunos D.Quronov Adabiyotshunoslikka kirish darsligida kichik epik shakllar sifatida latifa, masal, hikoyat, rivoyat, ertak, afsona, badia, etyud, ocherk, esse kabilarni ham ro'yxatga oladi. Albatta, ularni shartli tarzda qabul qilish mumkin. Aslida latifa, afsona, ertaklar folklorga, hikoyat, rivoyat, badia, ocherklar epik turga mansubdir. Esse esa adabiy tanqidchilik janri sifatida tan olingan. Bularni olimning o'zi ham tan oladi va shartli ravishda ularni turdan tashqari formalar deb tushunish to'g'riroq bo'ladi deydi. Shunday qilib, liro-epik tur janrlari sifatida yuqoridagi 4 xil asarlarni o'rganish maqsadga muvofiqdir. Masal o'zbek adabiyotidagi eng qadimiy va keng tarqalgan janrlardan biridir. Uning ilk namunalari A.Navoiyning Hayrat ul-abror dostonidan o'rin olgan Sheru Durroj, Kabutar, Yolg'onchi, Gulxaniyning Zarbulmasalidagi Toshbaqa bilan Chayon, Maymun bilan Najjor, Tuya bilan Bo'taloq kabilardir. Bu janrlarga xos asarlar undan ham oldinroq Yunon adipi Ezop tomonidan hamda Kalila va Dimna, ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.76 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.76 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:17 ]
Arxiv ichida: doc