Mustaqillik davri sheriyatida poetik obraz masalasi Mavzu: Mustaqillik davri sheriyatida poetik obraz masalalari. Reja: Kirish. I bob. Mustaqillik davri sheriyatida poetik obraz ko'rinishlari. a) vatan madhi bilan bog'liq poetik obrazlar. b) boshqa ijtimoiy hayot tarzi bilan bog'liq obrazlar. II bob. Mustaqillik davri hajviy sheriyatida obrazlilik. a) A.Oripov hajviy sheriyatida obrazlilik. b) Hajviy sherlarda mavzular xilma-xilligi va obrazlar. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati. Kirish Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik davrida inson obrazining yaratilishida o'ziga xos ijtimoiy, ma'naviy omillar kuzatiladi. Millat ruhinnig ko'zgusi bo'lgan adabiyot jiddi o'zgarishlarga uchrab, o'zbek o'zbek sheriyatining shakllanishida yaqqol namoyon bo'ldi. Milliy badiiy tafakkurnnig yangilanishi tufayli 90- yillardan etiboran o'zbek sheriyatida badiiy asar tili, vazndagi o'zgarishlar va obrazlar ifodasida o'zgacha manolar kuzatila boshlandi. Shoirlar ijodida hodisalarga, hayot manzaralargiga turli tomondan yondashishi keng yoyildi. Shoirlarda ijtimoiy faollikdan ko'ra ruhiy faollik holati ko'proq ko'zga tashlanadi. Zero, Prezidentimiz takidlaganidek, «Millatimiznnig ruhi bo'lgan ona tilimizni, xalqimiznnig azaliy qadriyatlarini kelgusi avlodlarga etkazishda adabiyotnnig o'rni va ahamiyati beqiyos ekaniga jiddiy urg'u beriladi». Adabiyotnnig shakllanishi jarayonidagi yuksalish xalq ma'naviyatidagi yuksalishdan dalolat beradi. Shunga ko'ra bu davr adabiyotini o'rganish, xususan, sheriyatini o'rganish o'ziga xos dolzarb muammolardandir. Shuningdek, mustaqillik davrida ancha yuksalgan va shakllangan sheriyatdagi obrazlilik muammosini o'rganish ham masalaning dolzirb ekanligini ko'rsatuvchi omillardan biridir. Shunnigdek, istiqlol davri sheriyatida lirik qahramon va poetik obraz masalasini o'rganish ham muammoning asosiy mazmunini tashkil etadi. Ishnnig maqsadi va vazifalari. Ushbu bitiruv malakaviy ishidan ko'zda tutilgan asosiy maqsad mustaqillik davri sheriyatida poetik obraz masalasi muammosini nazariy asosda hal etish. Shu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalar bajarilishi ko'zda tutiladi: shoirlar sheriyatidagi o'zgarishlar tufayli yangicha poetik obrazlar yuzaga kelganiga ahamiyat qaratish; mustaqillik davri sheriyatida yuzaga kelgan diniy tasavvufiy obrazlarni tahlil qilish; Vatan madhi bilan bog'liq poetik obrazlarga diqqat qaratish; Mustaqillik davri sheriyatidagi hajviy lirika namunalarining tahlil qilib poetik obrazlarni aniqlashtirish kabilardan iborat. Ishdagi ilmiy yangiliklar va erishilgan natijalar. Ishning ilmiy yangiligi unda mustaqillik davri sheriyatida poetik obraz masalasi ilk marotaba atroflicha tahlil etilayotganligida. Ushbu bitiruv malakaviy ishida mustaqillik davri o'zbek sheriyatida poetik obraz masalasi ilk bora atroflicha tahlil etildi. Modern sheriyat namunalari va diniy-tasavvufiy sheriyat namunalari ham tahlilga tortildi. Shunnigdek, bu davr sheriyatidagi poetik obrazlar qatorida lirik qahramon masalasida ham ko'rib chiqildi. Bu davrdagi realistik obrazlar qatorida majoziy obrazlar ham mavjudligi ham aniqlashtirilgan. Ushbu bitiruv malakaviy ishi materiali va ilmiy-nazariy xulosalaridan XX asrning ikkinchi yarmi o'zbek lirikasi tarixini yaratishda, shu jumladan, poetik obrazlar masalasi bilan bog'liq ishlarda qo'l keladi. Ishnnig amaliy ahamiyati. Ishdan filologiya fakulteti talabalari uchun referat ishlari, kurs ishlari, ma'ruza matnlari va qo'llanmalar yaratishda, ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
52.86 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
52.86 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:23 ]
Arxiv ichida: doc