Nemis ma'rifatchilik adabiyoti

Nemis ma'rifatchilik adabiyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
Nemis ma'rifatchilik adabiyoti - rasmi

Material tavsifi

NYeMIS MA'RIFATChILIK ADABIYoTI Reja: 1. XVII asr nemis adabiyotining buyuk davri 2. Fridrix shiller 3. Iogann Volfgang Gyote. 4. Xulosa. XVII asr nemis adabiyotining buyuk davri bo'lib qoldi. Germaniyadagi hamma buyuk zotlar: shoirlardan Gyote va Shiller, faylasuflardan Kant va Fixte dunyoga keldilar. Nemis adabiyoti va uning vakillari o'z asarlarida feodal tartiblarini, cherkov va diniy taassublikni keskin qoralab chiqdi. Bu davrdagi mashhur asarlarning har biri o'sha zamonlardagi butun nemis jamiyatiga qarshi qaratilgan, g'azab to'la asar edi. Gyote «Gyots fon Berlixingen» asarini yozdi Shiller «Qaroqchilar» asarini yozdi Fridrix Shiller (1759 - 1805) XVII asr nemis ma'rifatchilik adabiyotiga prinsipial bahoni rus demokrati N. G. Chernishevskiy berdi. U bu adabiyotning nemis xalqiga, uning milliy birligiga, o'z kuchlariga ishonch, adolatga intilish kabi olijanob tushunchalarni singdirganini qayd qiladi. Shu bilan birga, N. G. Chernishevskiy nemis adabiyotining bunday ahamiyatga Lessing ijodi tufayli erishganligini takidlaydi. Fridrix Shiller Ijodining dastlabki yillarida «Bo'ron va tazyiq» adabiy harakatining eng so'l vakillaridan biri bo'lgan Fridrix Shiller ezilgan xalq ommasini, ayniqsa, uchinchi tabaqa vakillari manfaatlarini aks ettirdi. Germaniyaning buyuk shoirlaridan biri sifatida Shiller jahon adabiyoti rivojiga ulkan hissa qo'shdi. Uning lirik sherlari chuqur falsafiy mazmun bilan sug'orilgan. Shiller shiddatli va isyonkor «Qaroqchilar» (1781), «Fiesko fitnasi» (1783), «Makr va muhabbat» (1784), tarixiy mavzuda yotgan «Don Karlos» (1787), «Vallenshteyn» (1799) romantik tragediyalari «Mariya Styuart» (1800), «Orlean qizi» (1802) hamda «Vilgelm Tell» (1804) kabi shoxona asarlarini yaratib, jahon dramaturgiyasi xazinasini boyitdi. Iogann Volfgang Gyote (1749-1832) Iogann Volfgang Gyote Germaniyaning Frankfurt Mayn shahrida boy xonadonda tug'ildi. Uning otasi huquqshunoslik doktori, imperator amaldorlaridan biri edi. U kishi o'g'lining mustaqil bilim olishi uchun barcha choralarni ko'rdi. Gyote o'z uyida bir necha tillar, matematika, tarix, geografiya hamda muzika va rassomlikdan saboq oldi. Iogann Volfgang Gyote Gyotening tugallanmagan «Prometey» nomli falsafiy dramasi «Bo'ron va tazyiq» harakati davrining mahsuli bo'lgani uchun shoirning qahramoni mag'rur va murosasiz. Prometey isyoni yosh shtyurmerlarning Gyote boshliq mavjud ijtimoiy tuzumga noroziligi ifodasi sifatida jaranglaydi. «Gyots fon Berlixingen» dramasi Gyotening XVII asr nemis hayotining diqqinafas sharoitiga qarshi ozodlik uchun intilishini ifodalar edi. Yosh Gyote romanda o'z davri uchun xarakterli bo'lib turgan hayotiy muammolarni ko'tarib chiqdi. Chunki mutafakkir Gyote taraqqiyparvar kuchlar bilan reaksiya o'rtasidagi kurashda yorug'lik, ozodlik, yaratuvchanlik g'oyalarining tantanasi tarafdori edi. Bu obraz bilan yozuvchi yorug'lik albatta g'alaba qilajak degan fikrni olg'a suradi. Xulosa. XVII asr nemis ma'rifatchilik adabiyotiga prinsipial bahoni rus demokrati N. G. Chernishevskiy berdi. U bu adabiyotning nemis xalqiga, uning milliy birligiga, o'z kuchlariga ishonch, adolatga intilish kabi olijanob tushunchalarni singdirganini qayd qiladi. Adabiyotlar ruyxati. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.19 MB
Ko'rishlar soni 143 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:24 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.19 MB
Ko'rishlar soni 143 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga