Mavzu: Nemis romantizmi adabiyoti vakillari XIX asr romantizm va realizm adabiyoti Yevropada romantizm adabiyoti XVII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida shakllandi. XIX asrning tanqidiy realist yozuvchilari voqeylikni kengroq, chuqurroq aks ettirishda romantiklar to'plagan ijodiy tajribaga suyanadilar. Romantizm adabiyotining barkamol xarakterlar yaratish hayot ziddiyatlarini yirik kantrast obrazlar to'qnashuvida ko'rsatib berish kabi xususiyatlar yirik yozuvchilar realizmning shakllanishiga o'z hissasini qo'shdi. Nemis adabiyotida romantizm davrida ertak janri nihoyatda rivojlanadi. Xalq og'zaki ijodining boy xazinalaridan to'plagan aka-uka Grimmlar hamda Gofmanning ertaklari alohida o'rinni egallaydi. Gofman ijodi uchun xarakterli narsa san'at va san'atkor mavzui bo'ldi. Yozuvchining Kresler tarixiga oid ocherklari uning nomini adabiyot olamiga tanitdi. Nemis taraqqiyparvar romantizmining vakillari F. Gelderlin, A. Shamisso, A.Gofman, aka-uka Grimmlar hisoblanadi. Bu davr nemis adabiyotida ertak janri nihoyatda rivojlanadi. Xalq og'zaki ijodining boy xazinalaridan to'plangan aka-uka Grimmlar hamda Gofmanning ertaklari alohida ahamiyat kasb etadi. Ernst Teodor Amadey Gofman ijodi XIX asr boshlaridagi nemis adabiy hayotidagi muhim voqea bo'ldi. Gofman Kenigsberg shahrida amaldor oilasida 1776 yilda tug'iladi. U universitetning huquq fakultetiga o'qishga kiradi. Lekin u huquq ishlariga emas, musiqa tasviriy san'at hamda adabiyotga zo'r ishtiyoq ko'rsatadi. 1809 yili Leyptsigdagi «Umumiy musiqa gazetasi»ning redaktori Gofmanga istedodli musiqachi, ammo qashshoqlikka duchor bo'lgan kompozitor Kreysler tarixini topshiradi. Tez orada bu gazeta sahifalarida Gofmanning Kreslerga bag'ishlangan original ocherklari paydo bo'ladi. Bu ocherklar shuhrat qozonib, Gofman nomini butun adabiyot olamiga tanitadi. Shundan keyin yozuvchining «Kavaler Glyuk», «Don Juan» nomli novellalari, musiqa haqidaga maqolalari birin-ketin bosilib chiqdi. san'at mavzui va uning hayotga munosabati Gofman ijodining oxirigacha davom etadi. 1814 yili Gofman uzoq vaqt darbadarlikdan so'ng Berlinga ko'chib keladi, ijtimoiy-siyosiy voqealarga aralashadi. Ammo uning sog'lig'i yildan-yilga yomonlashib, 1822 yili 46 yoshida vafot etadi. Jozibador novellalar muallifi Gofmanning «Tungi hikoyalari» (1817), «Sarapion muridlari» (1821), «Tsinnober laqabli mitti Tsaxes» (1819) ertagi, «Mushuk Murrning xotiralari» (1821) romani ham mashhur. Ernest Teodor Amadey Gofman asarlarida azob-uqubatlarga duchor qilingan bechora odamlarga xayrixohlik, mehribonlik bildiriladi. Yozuvchining kurash quroli bo'lmish hajviyot o'sha zamon amaldorlariga, aristokrat meshchanlarga qarshi charxlangan. Gofmanning «Kichkina Tsaxes» nomli ertak shakliga solib yozilgan satirasidir. Gofman asarlarida romantik voqealarning real hayotdan uzoqligi sababini Belinskiy o'sha zamon nemis ijtimoiy muhitining chirkinligida ko'radi. Ulug' tanqidchi Gofman ijodidagi romantik fantaziya uning asarlaridagi zaiflikni bildirsa, undagi san'atga bo'lgan hurmat, yumor, jonli o'xshatishlar, tanqidiy mayl adib ijodining ijobiy tomonlarini namoyish etar edi. Gofman asarlarining badiiyligi, rang-barang vositalarga boy tili, musiqiy ohangdorligi kishini o'ziga maftun qiladi. Yevropada romantizm adabiyoti XVII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida shakllandi. 1789-1794 yillardagi birinchi fransuz burjua inqilobi Yevropada feodalizm asoslariga zarba ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.62 MB
Ko'rishlar soni
156 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:24
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.62 MB
Ko'rishlar soni
156 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:24 ]
Arxiv ichida: pptx