O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi Vazirligi Muqimiy nomidagi Qo'qon Davlat Pedagogika Instituti Filologiya fakulteti O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi IV «D» guruh talabasi Qurbonova Gullola Turdali qizining «O'zbek adabiyoti va ekzistentsializm oqimi» mavzusida BITIRUV - MALAKAVIY IShI Ilmiy rahbar: Filologiya f.n. Saidg'anieva G. Qo'qon- 2013 O'zbek adabiyoti va ekzistentsializm oqimi RYeJA: KIRISh 1-BOB. EKZISTYeTSIALIZM VA FALSAFA. 1-fasl. Ijod jarayonida intuitsiya. 2-fasl. Ekzistentsializm - falsafiy tushuncha 2-BOB.JAHON ADABIYoTI VA EKZISTYeNTSIALIZM 1-fasl. Jahon adabiyotida ekzistentsializmning paydo bo'lishi. 2-fasl. Ekzistentsializm va strukturalizm. 3-BOB. EKZISTYeNTSIAL LIRIKA - KUNGIL LIRIKASI 1-fasl. Ichki men inkishofi 2-fasl. Ekzistentsializm va tasavvuf XULOSA. FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO'YXATI. KIRISh Mavzuning dolzarbligi. Zamonaviy o'zbek sheriyatida yuzaga kelayotgan an'ana va o'ziga xosliklar istiqlol davri lirikasida yanada yaqqol ko'zga tashlanadi. Shoirlar ijodida yangi-yangi majoz, ishora va ramzlar bugungi adabiyotning sodda o'quvchilar uchun emas, balki nozik didli o'quvchilarga moslab yaratilayotganligidan dalolat beradi. Bugungi kun shoirlari ijodida XX asr an'anaviy sheriyatida ko'zga tashlanmagan turli eksperimentlar, yangi an'analar uchraydi. Bu davr adabiyoti adabiyotshunoslik uchun yangi tadqiq obyekta sanaladi. Prezidentimiz I. Karimovning Adabiyotga etibor - ma'naviyatga, kelajakka etibor, Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch asarlarida ijod sohasiga katta etibor qaratiladi. Zamondoshlarimiz obrazlarini yaratib berish, jamiyatimizda kechayotgan ulkan jarayonlarga yozuvchilar qanday hissa qo'shishlari kerakligi vazifa qilib belgilandi. Shuning barobarida haqiqiy istedodlarni topish, qadrlash masalasi ham qo'yildi. Istedod, istedod va yana bir bor istedod soxiblarini topish, tarbiyalash va ularning mehnatini munosib qadrlash eng asosiy vazifamizga aylanishi zarur - deydi davlatimiz rahbari Adabiyotga etibor - ma'naviyatga, kelajakka etibor risolasida. Istiqlol davri adabiyotida yuz berayotgan modernistik tafakkur va poetik yangilanishlarni o'rganish shu sabablarga ko'ra dolzarb sanaladi. Hozirgi zamon o'zbek sheriyati takomilida muhim o'rin tutgan XX asr adabiyoti taraqqiyoti yo'llari, uning zabardast vakillari ijodi hamda bugungi kun sheriyatining xilma-xillikka ega yangi an'analari tadqiqotlarning mavzuiga aylandi. Tadqiqotning maqsadi. Tadqiqotdan ko'zlangan asosiy maqsad zamonaviy sheriyatda sheriy asarlarning tahlil va talqini orqali bugungi o'zbek sheriyatida modern adabiyotining rivojini ko'rsatib berishdir. Tadqiqotning vazifalari. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal etish lozim deb topildi: - Ijod va intuitsiya tushunchalarining bir-biriga bog'likligini o'rganish; - Ekzistentsializm - falsafiy tushuncha ekanligini tahlillar orqali ko'rsatib berish; - jahon adabiyotida ekzistentsializmning paydo bo'lishi. - O'zbek sheriyatiga modernizmning kirib kelishini o'rganish; - Ekzistentsial lirika - ko'ngil lirikasi ekanligini etirof etish; - Ekzistentsializm va tasavvuf g'oyalarining kuylanishi masalasini tekshirish; Adabiyotimiz uchun yangi hodisa bo'lgan modernizmning bir ko'rinishi bo'lgan ekzistentsializm yo'nalishini o'rganish mavzuning ilmiy yangiligini belgilaydi. Intuitsiya atamasi lotincha so'zidan kelib chiqqan bo'lib, diqqat bilan qarash degan manoni bildiradi. Intellektual intuitsiya deganda aqlning hodisalar mohiyatini bevosita anglab ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
391.88 KB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:27
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
391.88 KB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:27 ]
Arxiv ichida: ppt