О'zbek ertaklaridagi shart-sinov motivlarining nazariy asoslari mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI Mundarija Kirish…….3-5 I.BOB. O'zbek xalq ertaklaridagi shar- sinov motivlari va syujet birligi …….…… 6-9 I.1. Ertaklarning janriy belgilari va motivlar tizimi…… 18 I.2. Shart - sinov motivida tarixiy an'ana va epik an'ana……19-24 II.BOB. Shart - sinov motivlarining genezisi va ertaklar syujeti….….……25-34 II.1. Ertaklarda qahramonning g'ayritabiiy tug'ilishi motivi…….35-47 II.2. Hayvonlar haqidagi ertaklarda shart - sinov motivlari……48-56 Xulosa…….…….…….…….57-58 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati…….…….……59-60 Kirish Mavzuning dolzarbligi. O'zbek xalq og'zaki ijodi ajdodlarimiz badiiy salohiyatining asrlar mobaynidagi taraqqiyoti davomida shakllangan qudratli ma'naviyat xazinasidir. Zukko ajdodlarimizning voqelikka bo'lgan mifologik qarashlari tafakkur taraqqiyoti davomida badiiy estetik xodisaga aylanib, voqelikni so'z vositasida poetik ifodalash natijasida xilma - xil janrlardan tashkil topgan folklore an'analari shakllangan. Folklore an'analari asrlar davomida xalq badiiy salohiyati sarchashmasidan oziqlanib, rivojlanib kelgan. Folklor asarlarida o'z ifodasini topgan milliy qadriyatlar yosh avlodni har tomonlama kuchli, ma'naviy jihatdan yetuk va barkamol qilib tarbiyalashning muhim omillaridan biridir. Zero, xalq og'zaki ijodi ma'naviy taraqqiyotga doimo quvvat berib kelgan. Mamlakatimiz Prezidenti I.A Karimov ta'kidlaganidek …qancha avlod ajdodlarimiz Alpomosh dostoni asosida tarbiyalangan, o'zligini anglagan, ma'naviy boylikka erishgan. Shunday ekan xalqimizning avloddan - avlodga o'tkazib kelingan folklore namunalari qatori ertaklarni ham o'rganish juda muhimdir. Qadimiy epik an'analarni o'zida mujassam etgan ertaklar xalqimizning mifologik tasavvurlari, e'tiqodiy qarashlari, turmush tarzi va ma'naviyatini o'zida mujassamlashtirganligini uchun yosh avlodga kuchli badiiy estetik ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ega. O'zbek folklorshunosligida ertak janrini o'rganish borasida muayyan yutuqlarga erishilgan bo'lishiga qaramay hozirgi ma'naviy - ma'rifiy ehtiyoj folklorshunoslardan ertaklarni yanada chuqurroq va keng qamrovda o'rganishni taqozo etmoqda. Shu ma'noda biz mazkur bitiruv malakaviy ishimizda o'zbek ertaklaridagi shart - sinov motivlarini tadqiq qilishga urindik. Bu esa ishimizning dolzarbligini belgilaydi. Iishning maqsad va vazifalari. O'zbek ertaklarida shart - sinov motivlarining nazariy asoslarini tadqiq etish. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilangan: O'zbek xalq ertaklaridagi shart - sinov motivining nazariy asoslarini tadqiq etish; Ertaklarning janriy belgilari va motivlar tizimini tadqiq etish; Shart sinov motivida turli xil an'ana va epik an'anauyg'unligini tadqiq etish; Shart sinov motivlarini genezisini ertaklar syujeti misolida o'rganish; Ertaklardagi qahramonlarning g'ayritabiiy tug'ilishi motivlarini tahlil qilish; Hayvonlar xaqidagi ertaklarda shart va sinov motivlarini tadqiq qilish; Tadqiqotning ilmiy yangiligi. O'zbek xalq poetik ijodida ertak janrining xususiyatlari bir qator tadqiqotlarda o'rganilganligini yuqorida eslatdik. Xalq og'zaki ijodidagi badiiy asarni xarakatga keltiruvchi omil uning qahramonidir. Qahramon taqdirisiz folklor na'munasini tasavvur qilish mumkin emas. Inson taqdiri esa xayot tomonidan uning oldiga qo'yiladigan shart - sinov bilan uyg'un bog'lanadi biz tanlagan mavzuning yangiligi aynan shu maqsad bilan belgilanadi. Ishda shart ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
63.35 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:28
Arxiv ichida: docx
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
63.35 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:28 ]
Arxiv ichida: docx