Ozod Sharafiddinov O'lsam ayrilmasman quchoqlaringdan

Ozod Sharafiddinov O'lsam ayrilmasman quchoqlaringdan

O'quvchilarga / Adabiyot
Ozod Sharafiddinov O'lsam ayrilmasman quchoqlaringdan - rasmi

Material tavsifi

8-sinf adabiyot darsligi asosida 20-mavzu: OZOD SHARAFIDDINOV O'LSAM, AYRILMASMAN QUCHOQLARINGDAN Vatan. Vatan tuyg'usi. Vatan muhabbati. Nimadir bular? Bular qanday sehrli qudratki, hali voyaga yetmagan, dunyo ko'rmagan, turmushning past-balandlaridan bexa-bar, o'yin-u sho'xliklardan o'zga dardi yo'q bir o'smirning yuragiga jo bo'lib olib, butun umr uning xatti-harakatini, yurish-turishini boshqarib turadi? Bu tuyg'u inson far-zandida tug'ma bo'larmikin? Yoki go'dak tamshana-tamshana onasini emganida, ona suti bilan birga bu tuyg'u uning ham tomirlariga yugurarmikin? Umuman, «Vatan» deganning o'zi nadir? Tug'ilib o'sgan o'yingmi? Beshikda qulog'ingga kirgan mungli va ayni chog'da nurli allami? Buvingning ertak-larimi? Maktabmi? Ilk bor visol onlariga guvoh bo'lgan so'lim xiyobonlarmi? Albatta, bularning hammasi va yana allaqancha narsalar birlashib, «Vatan» degan narsaning so'nmas timsolini yaratsa kerak. Va yana o'ylaymanki, bolaning murg'ak qalbidagi ilk bor pay do bo'lgan Vatan timsoli har qancha yorqin bo'lmasin, hali o'zining shakl-u shamoyilini to'la topib ulgurmagan bo'ladi. Vatan tuyg'usi insonning o'zi bilan birga o'sib ulg'ayadigan tuyg'u bo'lar ekan. Tajribangiz ortgani sari, hayot doshqozonida qaynab pisha borganingiz sari, Vatan degan narsani chuqurroq qadrlaydigan bo'lib qolasiz. Vatan haqidagi tasavvuringiz to'lishib, kengayib, boyib boradi Shuning uchun men «o'lsam, ayrilmasman quchoqlaringdan» deya bot-bot takrorlaganimda bilamanki, men Vatanimga kerakman. Men bunga ba'zan o'zimda yo'q xursand bo'laman, yaratganga beadad shukronalar qilaman, ba'zan esa, Va­tanning menga ko'rsatgan behisob inoyatlariga, el-u yurt ardog'iga munosib javob bera olayotganim yo'q, Vatan oldidagi farzandlik burchimni to'la o'tayolmayapman, deb o'kinib qo'yaman. Bu o'kinch meni ko'p narsalar to'g'risida o'ylashga undaydi. Axir bu go'zal Vatan Allohning el qatori menga ham atagan buyuk tuhfasi. Mendan awal o'tgan avlod-ajdodlarim, uni jamiki betakror jozibasi bilan, tuganmas xazinalari bilan menga meros qoldirgan. Xo'sh, nima qilmoq kerak? Tekin meros ekan deb, uning boyliklarini bir chekkadan sovuraverishim kerakmi? Axir, yotib yesa tog' chidamas ekan. Yo'q, orqa-oldimizga qaramay sovurish yo'lini tutadigan bo'lsak, bu go'zal o'lka uch-to'rtta avlodning umri o'tmasdanoq odam yursa oyog'i, qush uchsa qanoti kuya-digan dasht-u biyobonga aylanadi-yu, biz hammamiz kelajak avlodlarning qarg'ishiga uchraymiz. Baxtimizga, o'tgan avlod-ajdodlarimiz bizga Vatanni meros qilibgina qoldirgan emaslar, balki bu Vatanni chin yurakdan se-vishni, unga ndokorlik bilan xizmat qilishni, uning husniga husn, boyligiga boylik qo'shishni ham meros qoldirishgan. Vatanni sevmoq iymondandir, deb ta'lim berishgan ular Shu o'rinda, olis zamonlarda o'tgan ajdodimiz Shiroq-ning Vatan yo'lidagi buyuk fidokorligi yodimga tushadi. Biz bu odamning oddiy cho'pon bo'lganini bilamiz, xolos. Shuni aniq aytish mumkinki, u biror maktabda o'qib, xat-savod chiqarmagan bo'lsa kerak. Yana shunisi aniqki, u televizor ko'rmagan, radio eshitmagan, gazeta o'qimagan. Binobarin, Vatanni sevish, unga jon fido qilish kerakligi haqidagi xitoblar-u siyqasi chiqqan balandparvoz cha-qiriqlarni eshitmagan. Lekin yurtiga bostirib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 15.52 MB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:32 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 15.52 MB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga