«P.Qodirov qissalarida yozuvchi mahorati masalasi» mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi Mavzu: P.Qodirov qissalarida yozuvchi mahorati masalasi Reja: Kirish I bob. P.Qodirov qissalarida muammo qo'yish mahorati. II bob. P.Qodirovning xarakter yaratish mahorati Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati. Kirish Mavzuning dolzarbligi. XX asr o'zbek adabiyotida nasr taraqqiyoti alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, qissa janri bu taraqqiyotda o'zining salmoqli o'rni bilan ajralib turadi. Chunki ushbu davrda yaratilgan qissalarda ma'naviy-axloqiy, hayotiy muammolar ilgari surilgan.Boshqa janrda yaratilgan asarlar bilan, qissalarni ham ma'naviyatni o'stirish vositasi sifatida qadriyatlar sirasiga kiritish mumkin. Zero, yurtboshimizning: «Biron - bir jamiyat ma'naviy imkoniyatlarni, odamlar ongida ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o'z istiqbolini tasavvur eta olmaydi», - degan teran fikrlarini bu o'rinda eslash joiz. Qissachilikda ifoda etiladigan salmoqli fikr, hamda inson qalbi kechinmalarining serqirra tasvirini, ruhiyat tahlilining o'ziga xosligi, kechinma va voqelik masalalarini teran idrok etgan va bu yo'lda o'zining aniq yo'nalishiga ega bo'lgan yozuvchilarimiz qatorida P.Qodirovni ham sanab o'tishimiz o'rinlidir. P.Qodirov ijodi xx asr va XXI asr boshlaridagi o'zbek adabiyotida o'ziga xos hodisa bo'ldi. Uning, «Erk», «Akromnnig sarguzashtlari, «Nojot», «Yayra institutga kirmoqchi», «Meros», «Qadrim» singari qissalari bor.Shu qissalar ichidan o'z zamoni uchun dolzarbligi bilan, o'zbek qissachiligida o'zining mustahkam o'rniga egaligi bilan ajralib turadi. Malumki, ushbu adib haqida shu kungacha ko'plab tadqiqotlar yaratilgan. Lekin P.Qodirov qissalarida yozuvchi mahorati, ayniqsa, muammo qo'yilishi yuzasidan alohida, jiddiy bir tadqiqot ishi yaratilmaganligi ushbu BMI ning dolzarb mavzuga bag'ishlanganligini asoslaydi. BMI ning maqsadi va vazifalari. Ushbu BMI ning asosiy vazifasi P.Qodirov qissalarida adib mahorati masalasini o'rganish bo'lib, ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish mo'ljallanadi: P.Qodirov qissalarida muammoning qo'yilishi masalasida o'ziga xoslikni aniqlash; Asardagi muammoning qay darajada murakkabligiga va uning yechimiga ahamiyat qaratish; Qissalardagi xarakterlar talqinini yozuvchi mahorati masalasi jihatidan o'rganish; Qissalarda xarakterlarning bugungi kun yoshlari uchun ibrat bo'larli jihatlariga ahamiyat berish kabilardan iborat. Ishdagi ilmiy yangiliklar va erishilgan natijalar. Mazkur bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi shundaki, bu ishda yozuvchining qissalaridagi muammo qo'yish masalasi tekshirilmoqda. Yani qissada qo'yilgan muammo,qanday ifoda etilgani va unnig yechimi o'rganilgan. Shuningdek, xarakterlar yaratishdagi murakkabliklar va o'ziga xos jihatlar ham baholi qudrat tekshirilgan. BMI da yozuvchi mahorati, asarlarda muammoning qo'yilishi va uning badiiyatiga daxldor tafsilotlarga chuqur ahamiyat berish orqali yozuvchi erishgan yutuqlar aniqlashga harakat qilinadi. Ishning amaliy ahamiyati. Mazkur ishda P.Qodirov qissalaridagi yozuvchi mahorati va uning muammo qo'yish uslubi o'rganilganligi va muayyan xulosalarga kelinganligi ushbu BMI ning amaliy ahamiyatidir. Undan P.Qodirov ijodiyotiga bag'ishlangan kurs ishlarida, xususan, referat, yoki BMI lar yozishda, dars jarayonida shunnigdek, yozuvchi ijodini o'rganishda foydalanish mumkin. Tadqiqotning tuzilishi. ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
46.12 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
46.12 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:32 ]
Arxiv ichida: doc