Pirimqul Qodirovning adabiy - nazariy qarashlari

Pirimqul Qodirovning adabiy - nazariy qarashlari

O'quvchilarga / Adabiyot
Pirimqul Qodirovning adabiy - nazariy qarashlari - rasmi

Material tavsifi

Pirimqul Qodirovning adabiy -nazariy qarashlari Mundarija. Kirish……3-6 I боб O'zbek nasrida Pirimqul Qodirovning o'rni……7-23 I.1.Pirimqul Qodirovning hayoti va ijodi……7-23 I.2Adib ijodida tarixiylik va estetik ideal uyg'unligi……24-32 I bob yuzasidan xulosalar……33 II боб Pirimqul Qodirovning adabiy-nazariy qarashlari……34-42 II.1. Ijodkorning badialari va hissiy idrok34-42 II.2. OlimningAdabiy uylar,Amir Temur siymosi badialaridagi ilmiylik va badiiylikning uyg'unlashuvi43-57 II bob yuzasidan xulosalar58 II боб. Mustaqillik davri o'zbek adabiyotshunosligida Pirimqul Qodirovning ilmiy faoliyati59-66 II. 1. Pirimqul Qodirov yangi davr adabiyotining tadqiqotchisi59-66 II. 2. Olimning Til va el ilmiy badiasida mumtoz adabiy til muammosi67-75 II Bob yuzasidan xulosalar……76 Umumiy xulosalar……77-78 Foydanilgan adabiyotlar ……79-85 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Bugungi adabiyotshunoslik har bir tadqiqotchidan o'tkir zehn, sinchkovlik, ayniqsa, yuzaga chiqayotgan ilmiy kashfiyot va yangiliklardan xabardor bo'lishni, umuman, keng qamrovli ish olib borishni talab etadi. Bu esa milliy adabiyotimizning boy ma'naviy xazinasini chuqur o'rganishimiz, uni anglashimiz uchun xizmat qiladi. Muhtaram Yurtboshimiz Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch asarida ta'kidlaganlaridek, Har bir ilmiy yangilik, yaratilgan kashfiyot bu yangicha fikrlash va dunyoqarashga turtki beradi, ma'naviyatning shakllanishiga o'ziga xos ta'sir ko'rsatadi. Shuning barobarida, ilmiy, ijodiy izlanishlarning samarasi o'laroq kashf etilgan har bir yangi fikr, tadqiqotchilarning adabiy masalalar yuzasidan berayotgan yangicha xulosalari adabiyotshunoslik bazasining to'ldirilib, mukammallashtirilib borilishiga turtki bo'ladi. O'zbek adabiyotshunosligida yozuvchi Pirimqul Qodirovning hayoti va ayniqsa uning ijodini tahlilu tadqiq etish murakkab va muommolidir. Chunki Pirimqul Qodirovning faoliyati nafaqat badiiy ijod bilan balki adabiyotshunoslik ilmi bilan ham bilan bog'liq. Shu nuqtai nazardan olim va ijodkor Pirimqul Qodirovning o'zbek adabiyotshunosligida adabiy-nazariy qarashlarini tadqiq etish magistrlik dissertatsiyamizning dolzarbligini belgilaydi. Magistrlik dissertatsiyasining maqsad va vazifalari. Mazkur dissertatsiyada adib va olim Pirimqul Qodirovning adabiy-nazariy qarashlarini tadqiq etishni maqsad qilib, maqsadga erishish uchun qo'yidagi vazifalarni belgilab oldik: - o'zbek nasrida yozuvchi va ijodkor Pirimqul Qodirovning hayoti va ijodini o'rganish. adib ijodida tarixiylik va badiiy haqiqatni tadqiq etish. Pirimqul Qodirovning adabiy-nazariy qarashlarini tahlil qilish. olimning badiiy asar tiliga oid asarlarini o'rganish. Til va dil, Xalq tili va realistik prozaasarlari va badiiy til badiiyati. Mustaqillik davri o'zbek adabiyotida Pirimqul Qodirovning faoliyatini tadqiq etish. olimning Til va elasarining nazariy xususiyatlarini o'rganish. olim taqiqotlaridagi ayniqsa uning Til va elilmiy badiasidagi mumtoz adabiy til muommolarini tahlil qilish. Ilmiy ishning yangiligi. O'zbek adabiyotshunosligida Pirimqul Qodirovning hayoti va ijodi keng va qamrovli o'rganilgan. Ayniqsa, uning tarixiy Yulduzli tunlar,Avlodlar dovoni, Ona lochin vidosi romanlari ilmiy jamoatchilik tomonidan keng tahlil qilingan.Ijodkorning olimlik salohiyati, jumladan uning Adabiy uylar , Xalq tili va realistik proza, Amir Temur siymosi,Til va el kabi ilmiy asarlari yetarlicha tadqiq etilmagan. Ana shu muommoning o'zi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 85.58 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:32 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 85.58 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga