Poeziyada metaforaning o'rni (A. Oripov ijodi misolida)

Poeziyada metaforaning o'rni (A. Oripov ijodi misolida)

O'quvchilarga / Adabiyot
Poeziyada metaforaning o'rni (A. Oripov ijodi misolida) - rasmi

Material tavsifi

Poeziyada metaforaning o'rni (A. Oripov ijodi misolida) mavzusida yozgan BITIRUV MALAKAVIY ISHI MUNDARIJA 1. Tushuntirish qismi - Kirish……3-bet ASOSIY QISM: I.BOB. POETIK KO'CHIMLAR VA ULARNING GURUHLANISHI I.1. Metafora - shoir tafakkurining o'ziga xos ta'sir ifodasi 14-bet I.2. A.Oripov she'riyatida metafora va metaforiklik……19-bet II.BOB. A.ORIPOV SHE'RIYATIDA POETIK TASVIR VA PEYZAJ II.1. Ramz - simvol shoir she'riyatining asosiy pafosi34-bet II.2. Shoirning jonlantirish va o'xshatishdan foydalanish mahorati42-bet XULOSA Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati……56-bet Kirish Mavzuning dolzarbligi. Mustaqilligimiz tobora mustahkamlanib, o'zining ijobiy samaralarini bera boshlagan bugungi kunda xalqimiz oldida hayotning moddiy va ma'naviy asoslaridan kelib chiqadigan ulkan vazifalar turibdiki, ularni amalga oshirishda adabiyot va san'at, umuman, ma'naviyatning ahamiyati benihoya kattadir. Zero, O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek, …ma'naviyatni tushunish anglash uchun avvalo, insonni tushunish, anglash kerak. Mustaqillik yillarida adabiyotni mafkura vositasi sifatidagina emas, balki san'at hodisasi sifatida o'rganishga ustuvor ahamiyat berila boshlandi. Shu ma'noda alohida ijodkorning badiiy tafakkur tarzi, ijodiy uslubiga xos xususiyatlarini o'rganish muhim ahamiyatga egadir. Haqiqatan ham, …yozuvchilik - bu oddiy kasb emas, pesxonaga yozilgan taqdir. Uning maktabi ham, dorilfununi ham bitta. U ham bo'lsa, bir umr hayotning ichida bo'lish, o'z xalqi bilan hamdardu hamnafas bo'lib yashash, haqiqat va adolatga sadoqat bilan xizmat qilishdir. Chunki bu yo'nalishda amalga oshiriladigan tadqiqotlar yangi davr o'zbek adabiyotining poetik takomiliga, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-axloqiy muammolarni hal qilishga zamin hozirlaydi. O'tgan asrning 60-yillaridan boshlab she'riyatimiz yangilanish davriga kirdi. Yangilanish mazmundagina bo'lmay, ifoda tarzida ham to'la namoyon bo'ladi. Shu davrdan e'tiboran o'zbek she'riyati 30-yillardan boshlab urfga aylangan ritorikadan voz kechdi va obrazli tafakkur tomon yuz burdi, ya'ni asliga qayta boshladi. Ushbu jarayonda Abdulla Oripov ijodi juda muhim bir halqani tashkil etadi. Zero, uning ijodida davr she'riyatida kuzatilgan asosiy tamoyillardan biri, badiiy tafakkur tadrijidagi bosh yo'nalish deb qarash mumkin. Demak, mavzuning o'rganilishi XX asr o'zbek she'riyati taraqqiyotidagi muhim bir bosqich haqidagi tasavvurlarimizni boyitadi. Agar 60-yillardan boshlab she'riyatda metaforiklik muttasil kuchayib borgani e'tiborga olinsa, mavzu tadqiqi bugungi Istiqlol davri she'riyatimizning poetik o'ziga xosligi va taraqqiyot tamoyillarini idrok etishga yordam berishi ham ayon bo'ladi. Nihoyat, metafora va metaforiklik masalasi bugungi kunda nafaqat filologiya, balki falsafa, mantiq, germenevtika, psixologiya, kognitologiya kabi qator gumanitar ilm sohalari tomonidan ham o'rganilib, metaforaning mohiyati, strukturasi, xillari va ko'rinishlari borasida yangi-yangi qarashlar paydo bo'ldiki, natijada ular erishgan yutuqlar asosida adabiyotshunoslikda ham bu masalani qayta ko'rish zarurati yuzaga keladi. Mavzuning o'rganilish darajasi. Ilmda metafora termini paydo bo'lganidan beri o'tgan ikki yarim ming yildan ziyod vaqt davomida metafora, metaforiklik masalalariga bag'ishlangan ko'plab tadqiqotlar amalga oshirilgan. Agar antik davrlarda metaforaga ko'proq ritorikaning obyekti sifatida qaralgan bo'lsa, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 59.62 KB
Ko'rishlar soni 152 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:32 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 59.62 KB
Ko'rishlar soni 152 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga