Psixologizm va psixologik tahlil (X. Do'stmuhammad va N. Eshonqul hikoyalari misolida)

Psixologizm va psixologik tahlil (X. Do'stmuhammad va N. Eshonqul hikoyalari misolida)

O'quvchilarga / Adabiyot
Psixologizm va psixologik tahlil (X. Do'stmuhammad va N. Eshonqul hikoyalari misolida) - rasmi

Material tavsifi

Psixologizm va psixologik tahlil (X.Do'stmuhammad va N.Eshonqul hikoyalari misolida) BITIRUV MALAKAVIY ISHI M U N D A R I J A KIRISH……3 I BOB. Psixologizm va psixologik tahlil I.1 Xurshid Do'stmuhammad hikoyalarida qahramonlarning ruhiyati va badiiy talqin…….…7 I.2 Xurshid Do'stmuhammad hikoyalarida ruhiy iztiroblar va ijodkorning poetik mahorati19 II BOB. Psixologizm va emotsionallik II.1.Nazar Eshonqul hikoyalarida pafos va ta'sirchanlik……30 II.2. Nazar Eshonqul hikoyalarida ijodkorning estetik ideali va obrazlar ruhiyati42 XULOSA……59 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI……63 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Ijtimoiy hayotimizni isloh qilish va yangilash boshlanib ketganligi bois ma'naviy madaniyatning qudratli qatlamlari ochildi. Ular xalq ruhiyatining vatanparvarlik, milliy iftihor, butun dunyo uchun bag'ri kenglik tomon keskin o'zgartirib yubordi. Darhaqiqat, xalqimizning milliy istiqlolni qo'lga kiritib katta bir tarixiy hodisa sifatida dastavval uning ruhiy barkamollikka erishuvi, dunyo qarashi, tafakkuri va ma'naviy olamida o'ziga xos o'zgarishlarning vujudga kelishi uchun keng imkoniyat yaratdi. Badiiy ijodda inson ruhiy dunyosi tasvirini tadqiq etish esa adabiyot ilmining juda muhim va ancha murakkab masalalaridan biridir. Shaxsan men shoir va adiblarni doimo jamiyatning oldingi safida yuradigan, hayotni kuzatib, odamlarni yuragida, dunyoqarashida bo'layotgan o'zgarishlarni hammadan avval sezib, ularni tas'irchan obrazlar, yorqin badiiy bo'yoqlar orqali yoritib bera oladigan , el-yurt uchun ko'yinib yashaydigan fidoiy insonlar deb bilaman Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ushbu fikrlar, shubhasiz, bugungi kunning dolzarb muammolarini va hayotning ajib jumboqlarini mohirona badiiylashtira olgan yozuvchilar haqidadir. Bunday yozuvchilar safiga esa X.Do'stmuhammad va N.Eshonqul kabi hikoyanavis yozuvchilarni kiritish mumkin. Ular ijodida turli yillarda xilma-xil va bir-biridan sermazmun hikoyalar yaratilganini guvohi bo'lamiz. Adabiyot-hayotning in'ikosidir degan qoida yozuvchilarning ijodiy tajribasida juda ko'p shakllarda namoyon bo'ladi. Yozuvchilar hikoyalarida ham, xuddi qissalarida bo'lganidek, hayot haqiqati ustalik bilan ochib berilgan. Hikoyanavislar hikoyalarda ko'tarilgan mavzuni tasvirlashda, xususan, hayotda uchrovchi illatlarni fosh etishda turli xil vositalaridan, shuningdek, ramziy obrazlardan va har xil majozlardan o'rinli foydalanadilar. Ularning ijodi hayot bilan hamnafas, rostgo'y, xalqchil va kurashchan nasrdir. Chunonchi, ular hayotning asl mohiyati haqida shu kungacha aytilmagan, lekin aytilishi shart bo'lgan teran fikrlarni topib, ularni mahorat bilan badiiy adabiyotda aks ettiradilar. Shuningdek, shu kungacha yaratilgan hikoyalarda ma'naviy-axloqiy, hayotiy muammolar ilgari surilgan. Boshqa janrlar kabi X.Do'smuhammad va Nazar Eshonqul hikoyalarini ham ma'naviyatni o'stirish vositasi sifatida qadriyatlar sirasiga kiritish mumkin. Zero, yurtboshimizning: Biron-bir jamiyat ma'naviy imkoniyatlarni, odamlar ongida ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o'z istiqbolini tasavvur eta olmaydi, - degan fikrlari bejiz emas. Shu narsani alohida qayd etish kerakki, Qodiriy, Oybek, Ayniy, Cho'lpon, Fitrat kabi mashhur yozuvchilarimiz ham badiiy asar yozishga kirishishdan oldin, eng avvalo mavzu taqozosiga ko'ra, qalamga olinayotgan ma'lum tarixiy davrni chuqur ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 106.87 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:32 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 106.87 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga