Qissa va hikoya janrida milliylik va bosh qahramon masalasi (Sh. Bo'tayev va N. Norqobilov asarlari misolida)

Qissa va hikoya janrida milliylik va bosh qahramon masalasi (Sh. Bo'tayev va N. Norqobilov asarlari misolida)

O'quvchilarga / Adabiyot
Qissa va hikoya janrida milliylik va bosh qahramon masalasi (Sh. Bo'tayev va N. Norqobilov asarlari misolida) - rasmi

Material tavsifi

Qissa va hikoya janrida milliylik va bosh qahramon masalasi (Sh. Bo'tayev va N.Norqobilov asarlari misolida) MUNDARIJA. KIRISH3 I BOB. SHOYIM BO'TAYEV QISSALARINING BADIIYATI6 I. 1. SHOYIM BO'TAYEV QISSALARIDA MILLIYLIK6 I. 2. SHOYIM BO'TAYEV QISSALARIDA XARAKTER VA RUHIYAT TASVIRI18 II BOB. NORMUROD NORQOBILOV HIKOYALARINING BADIIY XUSUSIYATLARI31 II.1. NORMUROD NORQOBILOVNING HIKOYALARIDA BOSH QAHRAMON MASALASI31 II.2. NORMUROD NORQOBILOV HIKOYALARIDA BOSH OBRAZ VA MUHIT TASVIRI46 XULOSA57 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR59 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Milliy mustaqillikka erishish davri yutuqlarimiz bilan birga о'zbek adabiyoti, xususan, о'zbek nasrida sezilarli siljishlar kо'zga tashlandi. Chunki prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, Adabiyot - sо'z san'ati azaldan xalq qalbining ifodachisi haqiqat va adolat jarchisi bо'lib keladi. Xususan, Mustaqillik yillarida yurtimizda ma'naviyatimizning g'oyat muhim va uzviy qismi bо'lgan adabiyotni rivojlantirish, shoir va yozuvchilarimizning ezgu mehnatini qadrlash va munosib rag'batlantirish borasida kо'plab savobli ishlar amalga oshirildi. Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek betakror uslub yо'lidan borayotgan yozuvchilar asarlarini tahlil va talqin qilish adabiyotimiz, adabiyotshunosligimiz ufqlarida yangi-yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Erkin A'zamov, Asad Dilmurod, Xurshid Dо'stmuhammad, Nazar Eshonqul, Shoyim Bо'tayev va N.Norqobilov kabi adiblarimizning ijodi bunga misol bо'la oladi. Adabiy tanqidchilikda ularning asarlari xususida turli xil ijobiy fikrlar bildirilayapti, anjumanlarda bahs -munozaralarga sabab bо'layapti. Haqiqatan yuqorida nomlari zikr etilgan ijodkorlar orasidan Shoyim Bo'tayev va Normurod Norqobilovlarning asarlarini tahlilu tadqiq etish bugungi adabiyotshunoslikning asosiy masalalaridan. О'zbek qissa va hikoyachiligida milliylik va bosh qahramon yaratish muammosi munozaralidir. Biz mazkur bitiruv malakaviy ishimizda qissa va hikoya janrida milliylik va bosh qahramon masalasini Shoyim Bo'tayev va N.Norqobilov asarlari misolida tadqiq qilishga urindik. Bu esa mavzumizning о'ziga xos dolzarbligini belgilaydi. Bitiruv malakaviy ishning obyekti. Shoyim Bo'tayev Hayot T. Sharq 200 y., N.Norqobilov Hikoyalar T. Sharq 2008. hamda ikkala adibning nasriy asarlarini tadqiqiga big'ishlangan ilmiy tadqiqotlarni ishimizga obyekt qilib oldik. Tadqiqotning metodi. Tadqiqotda tarixiy, qiyosiy tipologik tahlil metodiga ta'nildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. О'zbek adabiyotshunosligida hikoya janri keng о'rganilgan uni biz yuqorida qayd etib о'tdik. Ammo ijodkorlar Shoyim Bo'tayev hamda Normurod Norqobilovlarning qissa va hikoyalari misolida, ulardagi milliylik hamda bosh qahramon muammolari yetarlicha tadqiq etilmagan. Biz mazkur muammoni baholi qudrat tahlil qilishga urindik. Bu esa ishimizning о'ziga xos yangiligini kо'rsatadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Mazkur bitiruv -malakaviy ishdan maktab, litsey, kollejning adabiyot о'qituvchilari ijodkorlarning hayoti va ijodini tahlil qilishda, ma'ruzalar va referatlar, Oliy ta'limda esa talabalar kurs ishlari yozishda bemalol foydalanishlari mumkin. Muammoning о'rganilganlik darajasi. О'zbek adabiyotshunosligida hikoya janri tadqiqiga bag'ishlangan alohida monografik plandagi ilmiy tadqiqot ishlari mavjud. Shuningdek SH.Bo'tayev va N.Norqobilovlarning badiiy mahoratini yoritishga bag'ishlangan ayrim ilmiy maqola va kuzatishlar mavjud. Ular ijodini O.Sharafiddinov, U.Normatov, Z.Pardayeva, H.Karimov, N.Rahimjonovlar о'z tadqiqotlarida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 103.14 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 103.14 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga