Rasul Hamzatov 7-sinf Adabiyot fani darsligi asosida 6-mavzu She'riyat, mazlumga homiylik qilding, Qaroli bo'lmading zo'ravonlarning. Olding panohingga notavonlarni, Zolimlarni esa dushman deb bilding. (1923-2003) XX asr jahon she'riyatining yirik vakili Rasul Hamzatov 1923-yilning 8-sentabrida tug'ildi. O'n uch-o'n to'rt yoshlaridan she'rlar yoza boshlagan. Rasul Hamzatov mustaqil hayotga barcha tog'lik yigitlar singari erta qadam qo'ydi. O'n sakkiz yoshidan o'qituvchi, artist va muxbir sifatida turli jabhalarda mehnat qildi. Uning birinchi kitobi 1943-yilda chop etildi. 1945-yilda Moskvadagi Adabiyot institutida tahsil olishga kirishdi. Iste'dodli shoirning dastlabki yozganlariyoq she'riyat shinavandalarining sevimli asarlariga aylandi. Deyarli barcha asarlari yozilishi bilan rus tiliga o'girila boshlandi. Rus tili orqali jahonning turli tillariga tarjima qilindi. Jahonga taniqli shoir 2003-yilning 3-noyabrida dunyo dan o'tdi. R.Hamzatovning «Tog' qo'shig'i», «Mening qalbim tog' larda», «Tog' qizi», «Dog'istonim», «Yuksak yulduzlar», «Tug'ilgan kunim», «Tog'likning vatani», «Ovuldan xat» singari o'nlab she'riy kitoblari, qator poemalari shoirning nomini jahon she'riyatining eng ilg'or vakillari qatoriga olib chiqdi. Uning she'rlari o'z xalqining milliy odatlarini juda yorqin aks ettirishi bilan, bo'ysunmas, erksevar tog' xalqiga xos ruhiy holatlarni haqqoniy tasvirlashi bilan diqqatga sazovordir. Uning she'rlari o'z xalqining milliy odatlarini juda yorqin aks ettirishi bilan, bo'ysunmas, erksevar tog' xalqiga xos ruhiy holatlarni haqqoniy tasvirlashi bilan diqqatga sazovordir. Rasul Hamzatov o'z millatidan g'ururlanar ekan, uni boshqa millatlarga qarshi qo'ymaydi. O'z sha'ni yo'lida sovuq yiltira yotgan xanjar tig'iga qarshi bora oladigan yer yigitlari, go'zal va sadoqatli qizlari uchun faxr tuyg'ularini sevib kuylagan. Ona tilim Navqiron yoshimda bo'ldim-ku ado, Otash yuragimni o'ydi axir o'q. Na onam, na yorim beradi sado, Do'st tugul, hattoki yig'ichi ham yo'q. Fig'on otiladi jonsiz bag'rimdan, (Go'yo fi g'on bordek murda dilida.) Shu payt ikki kishi o'tdi naridan, Quvnoq suhbat qurib avar tilida. Men-ku bu dunyodan ko'z yumdim mangu, Ular kulib-kulib so'zlashar borin. Qandaydir Hasanning turfa ishi-yu, Qandaydir Alining sho'x kirdiqorin. Ajabo! Tush degan narsa qiziq-da, O'lib qolganmishman tushda nogahon. Ko'ksimda qo'rg'oshin, quyosh tig'ida, Tog'lar orasida yotibman bejon. Uzoqda sharqirab soylar oqmoqda, Borliqda bir ajib dilbarlik hokim. Men esam o'ylayman yotib tuproqda, Mana shu tuproqqa qo'shilar hokim. Men o'lib yotibman kimsasiz, unut, Hech kimsa qayg'urmas va chekmas yohu. Faqat cho'qqilarda qurqurar burgut. Faqat vodiylarda ingraydi ohu. Kenja nevaram Shahrizodga Nega yig'layapsan, ayt, qo'zichog'im, Nima bo'ldi? Yomon tush ko'rdingmi yo? Otang bor, onang bor - suyangan tog'ing, Boshingda girgitton tevarak dunyo. Sen urush neligin bilmaysan mutlaq, Yondi olovida barcha tirik jon. Sening boshing uzra nur sochar har choq Tinch va osoyishta lojuvard osmon. Urushdan qaytmadi ikkita akam, Eslasam, ko'zimdan sizadi namlar. Haqqim bordir mening tinmay ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
661.38 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:34
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
661.38 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:34 ]
Arxiv ichida: pptx