Roman janri va epik tafakkur (O.Yoqubov va p.qodirov tarixiy romanlari misolida

Roman janri va epik tafakkur (O.Yoqubov va p.qodirov tarixiy romanlari misolida

O'quvchilarga / Adabiyot
Roman janri va epik tafakkur (O.Yoqubov va p.qodirov tarixiy romanlari misolida - rasmi

Material tavsifi

Roman janri va epik tafakkur (O.Yoqubov va p.qodirov tarixiy romanlari misolida mavzusida yozgan BITIRUV MALAKAVIY ISHI MUNDARIJA 1. TUSHUNTIRISH QISMI - KIRISH3-bet I.BOB. ROMAN JANRI VA O'ZBEK ROMANCHILIGIGA XOS XUSUSIYATLAR I.1. O. Yoqubovning Ko'hna dunyo romanidagi epik tafakkur omillari …14-bet I.2. P. Qodirovning Yulduzli tunlar romaniga xos epiklik va tarixiy shaxs talqini18-bet II BOB. O'ZBEK TARIXIY ROMANLARIDA O'TMISH VOQELIGIGA MUNOSABAT MASALASI II.1. O. Yoqubovning Ulug'bek xazinasi romanidagi voqelik va qahramon ichki ruhiyati40-bet II.2. P. Qodirovning Avlodlar dovoni romanida tarixiy voqelik va badiiy haqiqat51-bet XULOSA Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati…….63-bet Kirish Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi. Adabiyot inson ruhi va qalbining tarjimoni va ayni chog'da tarbiyachisi sanaladi. Shu bois ham inson ma'naviy-axloqiy hayoti shaxs kamolotida doimiy ravishda adabiyotga tayanilgan va adabiyotdan foydalanilgan. Demak, adabiyot shaxs tarbiyasida bosh omil ekan, unda о'z-о'zidan har bir xalqqa xos milliy g'oyalar, milliy ruh aks etishi tabiiy. Shu asosda esa yoshlar, kelajak avlod qalbiga milliy xususiyatlar: an'ana va haqiqatlar, qadriyatlar va e'tiqodlar singdiriladi. Prezidentimiz I.A.Karimov: …oliy ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash borasida juda ko'p islohotlar olib borilayotganligini alohida ta'kidladi. Ushbu fikrlar har bir ijodkor, shuningdek, adabiyot ilmi mutaxassislariga tasvir va tadqiq yo'llari, vositalarini to'g'ri tanlash va ish yuritishga ko'mak beradi. Ma'lumki, roman janriga xos bo'lgan asosiy xususiyat unda epik tafakkurning mavjud ekanligidir. Xo'sh, romanga xos epik tafakkurni yuzaga keltiruvchi omillar nimalardan iborat? Taniqli tanqidchi U.Normatov bilan yozuvchi O.Yoqubovning roman talabi va imkoniyatlari mavzusiga bag'ishlangan suhbatida (Sharq yulduzi 1979 yil, № 9) munaqqid romanga xos tafakkurni ta'minlaydigan omillar asarda romanbop hodisa, voqea, jiddiy problema, ulkan drama va mukammal, original konsepsiyaga ega bo'lgan qahramonlarning mavjudligidir - degan fikrni dalilashga harakat qilgan bo'lsa, yozuvchi unga e'tiroz bildirib: Romanga xos tafakkur degan gap asarda romanbop hodisa, voqea,ulkan dramatizmning mavjudligida emas, balki, yozuvchining hayot voqealarini ulkan san'atkor - Romanist sifatida idrok etishidadir, - deydi. Demak, yozuvchi ham, tanqidchi ham romanga xos epik tafakkurni yuzaga keltiruvchi omillar mavjud ekanini to'g'ri va haqqoniy asoslashga harakat qilganlar. Darhaqiqat, katta miqyosdagi epik polotnoda romanbop hodisalar bilan keng miqyosdagi chuqur dramatizmning mavjudligi ham, shu romanbop hodisalarni ulkan san'atkor - romanist sifatida tadqiq etish, idrok qilish ham muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda, romanga xos tafakkurni yaratuvchi omillar bilan birga uni harakatga keltiruvchi kuchlar, vositalar mavjudki, faqat shu omillar va vositalarning uzviyligi natijasidagina epik tafakkurning roman ko'lami bo'ylab harakati yuzaga keladi. Epik tafakkurni yaratuvchi omillar deganda yozuvchining hayot hodisalarini ulkan sa'natkor - romanist sifatida idrok etish qobiliyatini ham, ana shu qobiliyat natijasida yaratilgan, g'oyaviy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 71.27 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:34 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 71.27 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga