Romantizm va realizm adabiy oqimlar Reja: Ijodiy metodning yuzaga kelish sabablari Romantizm va realizm Ijodiy oqimlar Tayanch tushunchalar: Ijodiy metod va uslub Ijodiy metodning yuzaga kelishi Romantizim Realizm Ijod tiplarining o'zaro aloqasi Oqimlar va ularning kelib chiqish sabablari Badiiy uslub har bir yozuvchi-san'atkorning, har bir yetuk asarning, har bir davr adabiyotining o'ziga xos barcha xususiyatlarini qamrasa, badiiy metod muayyan guruhga mansub san'atkorlar ijodining umumiy va mushtarak barcha belgilarini o'zida tashiydi. Bu xususiyat va belgilar hayot materialini tanlash, umumlashtirish, baholash, aks ettirish borasidagi umumiylik va ayni paytda, ana shu umumiylikning yakka shaxs (yozuvchi) talanti, qudrati ila pishib yetilishidir. Ko'rinadiki, garchi uslub va metod bir-biriga o'xshamasa-da, lekin ular birlashganda, bir-biri bilan chatishganda voqye bo'ladilar, ana shundagina ular yaratish xislatiga, ta'sirdorlik fazilatiga, go'zallikni bunyod etishga qodirlik kasb etadi. Bundan ko'rinadiki, badiiy asar yaratilganidanoq,- uslub ham, metod ham tug'iladi. Nazariy adabiyotlarda aytilganidek, dastavval, romantizm, keyinchalik yoki to'g'rirog'i X1X asrga kelib realizm dunyoga keldi degan tushunchani rad etadi. Demoqchimizki, uslub va usul (metod) adabiyotning paydo bo'lishi bilan bir vaqtda tug'iladi. Faqat adabiyotning rivoji, kamolot sayin o'sishi, g'oyaviy badiiy kashfiyotlarning umumlashtirilishi va saboqlariga bog'liq holda uslub ham, usul ham turfa xillik kasb etadi; jamiyat taraqqiyotidagi o'zgarishlarga javob tarzida usul ham, uslub ham yangicha sifat kasb etib, bahor yanglig' qayta tug'ilib boraveradi. Har bir yilning o'z bahori bo'lganidek,har bir yozuvchining o'z uslubi tashida, qobig'ida metod vazifasini o'tayveradi. Shuning uchun Iliada ham, Ramayana ham, Xamsa ham, O'tkan kunlar ham, O'zbek Navoiyni o'qimay qo'ysa ham asrlarni tan olmasdan, hamma avlodlarga estetik zavq ulashaveradi, insonni komillik yo'lida tarbiyalayveradi. Chunki ularning hammasida ham hayot va inson mohiyatini tushunish, idrok etish, ezgulikni ulug'lash va uning amaliyotiga chorlash - bosh pafosdir, insoniyat tuyg'ulari tarbiyasi uchun o'lmas namunadir; ana shu sohadagi anglangan jihatlardan saboq olib, anglanmagan qirralarini kashf etish - adabiyot taraqqiyotining tuganmas, nihoyasi yo'q yo'nalishidir. Shu mulohazalardan kelib chiqsak, hayot va insonning badiiy modelini yaratishning ikkita yo'li eng qadimgi davrdan bugungacha davom etib kelayotgani aniqlashadi va bu haqiqatni allomalar ham tasdiqlaydilar. Jumladan, Aristotel Poetika asarida: Sofoklning aytishicha, u odamlarni qanday bo'lishi kerak bo'lsa shunday tasvirlagan, Yevripid esa qanday bo'lsa o'shanday tasvirlagan (53-b.) Rusning buyuk tanqidchisi V.G.Belinskiy ham (X1X asrda) bu haqiqatni tasdiqlaydi: Aytish mumkinki, poeziya ikki usul bilan hayot hodisalarini qamrab oladi va qayta tiklaydi. Bu usullar, garchi biri ikkinchisiga qarama-qarshi bo'lsa ham, bir maqsad tomon yetaklaydilar. Shoir uning narsalarga nazari tarziga, uning dunyoga munosabatiga, o'zi yashagan asri va xalqiga bog'liq idealiga moslab hayotni qayta yaratadi (peresozdayet) yoki shoir bu hayotni butun yalong'ochligi ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.12 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.12 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:35 ]
Arxiv ichida: doc