Safar Barnoyev - bolalar adibi

Safar Barnoyev - bolalar adibi

O'quvchilarga / Adabiyot
Safar Barnoyev - bolalar adibi - rasmi

Material tavsifi

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA FAKULTETI O'zbek filologiyasi yo'nalishi 4 A - guruh talabasi Karimova Shalolaning Bolalar adabiyoti fanidan MUSTAQIL ISHI SAFAR BARNOYEV - BOLALAR ADIBI Odatda tarjimai hol yozgan yoki biror rasmiy hujjat to'ldirgan odam, Men falon yili, falon oyning, falon kunida tug'ilganman, deb aniq yozadi. Afsuski, men bunday qilolmayman. Sababi: to men maktabni bitirguncha rahmatli onam Ro'zigul Sobir qizining qo'lida hech qanday hujjat bo'lmagan. Tug'ilgan qishlog'im Buxoro qishlog'idagi Dilkusho degan joyida qishloq raisi bo'lib ishlagan odamdan hujjat so'ralganda, u hech ikkilanmay bolayiz mening o'g'lim bilan barovar, deb guvohnoma to'ldirib bergan. Safar Barnoyev yoshligidanoq she'r yozishga va mutoala qilishga ishtiyoqi baland bo'lgan. U lotin alifbosi ist'mollan chiqib, kiril xarflariga o'tilgan ayni vaqtlarda boshlang'ich sinfga boradi. Ammo o'sha vaqtda badiiy adabiyotlarning ko'pchiligi lotin alifbosida bo'lgan. Shu sababli bo'lajak shoir uni osongina o'zlashtirib oladi. Safar Barnoyev shoirlarning she'rxonlik kechalarida, hajviyachilarning askiya-bazmlarida o'smirlik davridayoq faol ishtirok etib borardi. Bazmlarda ko'zga tashlanib, qolgan Safar kechalari tinmay badiiy va she'riy kitoblarni mutoala qilardi. Abdulla Qodiriyning O'tgan kunlar, Cho'lponning Kecha va kunduz singari badiiy asarlar, Alpomish, Kuntug'mish va Go'ro'g'li sikligi kirgan xalq dostonlarini o'qib chiqqanligi fikrimizga dalil bo'ladi. Safar Barnoyev dastlab she'r yozish bilan shug'ullangan. Keyinchalik, bolalar hayotining quvonchli-yu, qayg'uli jabhalarida qiziq-qiziq hikoyalari yordamida yoritib berishga kirishgan. Safar Barnoyev Buxoroi Sharifda o'ninchi sinfni 1959 yili tugatgan. Tirikchilik ilinjida biroz muddat qurilishda ishlagan. Ayni shu davrda adibning dastlabki she'rlari Respublika gazetalarida nashr qilina boshlanadi. Adibning hayoti davomidagi eng unutilmas damlardan biri birinchi she'ri Lager qo'ynida nomi bilan Tong yulduzi gazetasida 1959 yilda e'lon qilinishi bo'ldi. Shundan so'ng shoir mashhur olimlar-u, shoir-ulamolar davrasida bo'lishga imkon yaralgandek bo'ladi. Safar Barnoyevning ijodiy kamoloti o'tgan asrning 70-yillarida to'g'ri keladi. Uning birinchi she'riy to'plami 1970 yilda Tog'lardaman nomi bilan chop etiladi. Bu davrda shoirning ilk she'riy to'plami haqidagi taqrizlar Respublika gazetalarida e'lon qilina boshlandi. Tez orada ilk kitob o'zining munosib muxlislarini topib, qo'lma-qo'l bo'lib ketdi. Adib yozuvchilar uyushmasida ishlab yurgan kezlarida ijodiy faoliyati gullab yashnaydi. Uning yangidan-yangi mashqlari muntazam ravishda matbuotda e'lon qilinib turildi. Gazeta va jurnallarda uyushtiriladigan barcha tadbirlarga faol ishtirok etadi va bu xizmatlari natijasida o'zbek ijodkorlarining qo'llab-quvvatlashiga sazovor bo'ladi. Ana shunday obro'-e'tibor, olqish-u-maqtovlar, adibga ruxan madad berib, ijod olamiga dadil kirib borishiga turtki bo'ldi, desak, mubolag'a bo'lmaydi. Chunki inson odamlar to'dasidan ajralmagan holda ma'lum muhit ta'sirida ulg'ayar ekan, uning kamolotga erishishi uchun zarur bo'lgan omillar mavjud. Bu - faoliyat jarayonida to'g'ri ta'lim-tarbiya berishdir. Ushbu omil insonning kelajakda o'z o'rnini topishini belgilaydi. Safar Barnoyevning birinchi she'rlar to'plami 1970-yilda Tog'lardaman ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 220.5 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:35 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 220.5 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga