Said Ahmad (dars ishlanma)

Said Ahmad (dars ishlanma)

O'quvchilarga / Adabiyot
Said Ahmad (dars ishlanma) - rasmi

Material tavsifi

said ahmad Dars maqsadi: Ta'limiy maqsad: Said Ahmad hayoti va ijodi yuzasidan olingan bilimlarni mustahkamlash, o'quvchilarni adibning romanlari, hikoyalari bilan tanishtirish, asardagi obrazlar olami xarakterlar badiiyligi va hayotiyligi darajasini anglatish; Tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarni vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda o'zaro hamkorlik tuyg'ularini shakllantirish, o'z haq-huquqini bilish va himoya qila olish kabi xislatlarni rivojlantirish; Rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarni og'zaki nutq malakalarini rivojlantirish, mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish, mustaqil fikrlashga o'rgatish; Dars turi: yangi bilim beruvchi, mustahkamlovchi va nazorat qiluvchi. Said ahmad 1. O'tilgan mavzuni mustahkamlash: * ortiqchasini toping usuli * ikki xil talab usuli 2. Yangi mavzu bayoni: Reja: 1. Said Ahmad hayoti va ijodiga bir nazar 2. Said Ahmad hikoyalarining tasvir mahorati 3. Said Ahmad romanlarida xalqimizga xos milliy xususiyatlar 4. Xulosa 3. Yangi mavzuni mustahkamlash * lift usuli * savollar Adibning badiiy mahorati Uyga vazifa Dars rejasi O'zbek adabiyotini yetakchi nosirlaridan biri Said Ahmad Husanxo'jayev 1920-yili Toshkentning Samarqand darboza mahallasida ziyoli oilada dunyoga keldi. Shu yerda o'rta maktabni bitirib, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutida ta'lim oldi. (1938-1941). Bobosi Dadaxo'jabiy Toshkentning eng katta boylaridan bo'lgan. Said Ahmadning o'zi bu haqda: Bobom boyligining ko'pchilik qismini yurt obodonligiga , o'zbek yoshlarini o'qitishga sarflagan. Onam Zulfiyaxon savodli, husnixati chiroyli ayol edilar. Fuzuliy, Huvaydo, Mashrab g'azallaridan o'qirdilar. U kishiga negadir Huvaydo g'azallari ko'proq yoqardi. Huvaydo bu g'azallarini xudoning jamoliga oshiq bo'lib bitgan, deb aytardilar. Dadam Husanxo'ja Dadaxo'ja o'g'li rus tilini mukammal bilardi. Ruscha xatni mutlaqo bexato yozardi. Hatto o'rislar ham xat yozsalar dadamga bir ko'rsatib olardilar. Katta akam Imomxon Husanxo'jayev oltmish oliy maktablarda pedagoglikdan dars berdi. O'ttizdan ortiq darslik va qo'llanma kitoblari bosilib chiqdi. Navoiyning pedagogik qarashlari mavzuida kandidatlik dissertasiyasini yoqladi. U 1926-yilda o'zbek stenografiya yozuvini ijod qildi. Maxsus kurs ochib, stenograflar tayyorladi. Shu kursni bitirib chiqqan o'rtancha Zuhriddin akam bilan Ahmad Shorahmedov (Ota romanining avtorlaridan biri) to urush boshlangunga qadar bo'lgan jami qurultoy va kengashlardagi dokladlarni, nutqlarni yozib olishgan. O'zbekistonning o'n besh yillik hujjatli yilnomasini shu ikki kishi yaratgan, desam xato bo'lmaydi Zuhriddin akam ellik yildan ortiq Toshkent irrigasiya institutida suv inshootlari qurilishidan dars berdi. Uning yigirmaga yaqin darsligi hozir ham oliy maktablarda o'qitiladi deb yozgan edi. Yozuvchi o'z ijodini hajviy asarlar yozishdan boshlagan. Uning Ishqivoz degan hajviyasi Mushtum jurnalida chop etilgan. Said Ahmad Nizomiy nomli TDPU da bir muddat o'qigach, Mushtum jurnalida, 1942-1943 yillarda Respublika radiosida va bir qancha gazeta hamda jurnallarda ishlaydi. Uning birinchi kitobi Tortiq nomli hikoyalar to'plami bo'lib, 1940 yilda nashr etilgan. Adibning Ey yurak (1942), Farg'ona hikoyalari (1948), ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.41 MB
Ko'rishlar soni 157 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:35 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.41 MB
Ko'rishlar soni 157 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga