8-sinf adabiyot darsligi asosida 16-mavzu: Baxtiyor odam hammani o'ziga o'xshatadi. Ikromjon hozir shunday kayfiyatda edi. Yor-birodarlari oldida yuzi yorug' bo'ldi. Vatan uchun qilgan xizmatlari oliy mukofot bilan taqdirlandi. U bu mukofotni o'z qishlog'ida, birga mehnat qilgan, birga ter to'kkan jo'ralari oldida ko'kragiga taqdi. Hozir uning ko'ziga boshqalar ham xuddi shunday baxtiyor, shunday shod tuyulardi. Hali majlisda qandaydir yaramas bir bola to'g'risida gap bo'ldi. U yaramas bola armiyadan qochgan. Qishlog'ini, ota-onasini xijolatga qo'ygan. Negadir Ikromjon bunga uncha parvo qilmadi. Bu gaplarning unga mutlaqo aloqasi yo'q. U taqdirlangan, zoye kyetmagan mehnatlarining gashti bilan mast edi. Klubdan chiqqan kishilar to'da-to'da bo'lib simyog'och tagida gaplashib turishibdi. Xotin-xalaj allaqachon tarqab ketgan. Tog'a harbiy komissarlikdan kelgan leytenant biIan pachag'i chiqqan qora «Emka» mashinasi oldida nimanidir shivir-shivir gaplashib turibdi. Ikromjon ularning gapiga xalal bermaslik uchun yonlaridan tez o'tib ketdi. U hozir samovarga kirib bitta choy ichmoqchi. Klub ichi dim bo'lib ketganidan terlab, chan-qagan edi. Sholcha yozilmagan yaydoq so'rida choy ichib o'tirganlar oldidan o'tib ichkariga kirayotgan edi, g'alati bir gap eshitib to'xtadi. Deraza tarafga qarab o'tirgan yigit nimadir deyapti. Ikromjon tarafga qarab o'tirgan keksaroq kishi unga yuz-ko'zi bilan qandaydir ishora qildi. Ikromjon qishloqqa ketdi. Endi tushlik paytida ham o'g'liga ovqat olib borsa bo'ladi. Hamma shudgorga chiqib ketgan. Chodirlar oldida hech kim yo'q. Jannat xola shoshib un chalib quymoq soldi-da, boltani qo'liga olib, to'qayga qarab ketdi. Tursunboy qamish kapa oldida tizzasini quchoqlab darvesh qiyofasida o'tirardi. U turgan joyga odam qadami yetmagan edi. U ko'pdan beri birov bilan gaplashmagan, dunyoda ni-malar bo'layotganidan bexabar edi. Sovun tegmagan betlari kir, ham ko'rpa, ham to'shak o'rnini bosgan to'nining yenglari titilib, etaklari balchiqqa belanganidan dog' bosib ketgandi. Uning bir vaqtlar qizlarni shaydo qilgan qop-qora ko'zlari endi ma'yus, atrofga ma'nosiz boqardi. Kecha sahar paytida osmoni falakdan turna o'tdi. Tursunboy o'shanda ham uyg'oq edi. Turna ovozi unga juda ko'p narsalarni eslatib ketgan edi. Turna qanotida bu cho'llarga bahor olib keldi-yu, ammo Tursunboyning qalbida uyilib, muz bitib yotgan qorni eritolmadi. Unga bahor kelmadi. U har kuni to'qay kezib, qamishlar orasidan ishlayot-gan hamqishloqlarini ko'rib o'tiradi. Ularning bari tanish odamlar. Tursunboy Zebining ovozini ham eshitdi. Eshitdi-yu, o'zi ovoz chiqazolmadi. Agar yolg'iz uchratolsa edi, albat-ta, ovqat keltirishni yalinib so'rardi. Yo'q, yolg'iz uchra-tolmayapti. U kimdandir moxovlar yashaydigan orol ha-qida eshitgandi. Moxovlar oroliga hech kim kiritilmaydi, hech kim u yerdan chiqarilmaydi. Nahotki, Tursunboy ham o'sha moxovlardek tanho yashasa? Uning qamish chaylasi oldidan o'rdaklar uchadi, yaqin-ginasidan to'ng'izlar o'tadi. U bu joy da xuddi o'shalardek yashirinib yashashga, odamlar ko'ziga ko'rinmay yashash-ga majbur. U qachongacha ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
15.76 MB
Ko'rishlar soni
159 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:35
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
15.76 MB
Ko'rishlar soni
159 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:35 ]
Arxiv ichida: ppt