Said Ahmad. Ufq. Qochoq

Said Ahmad. Ufq. Qochoq

O'quvchilarga / Adabiyot
Said Ahmad. Ufq. Qochoq - rasmi

Material tavsifi

Said Ahmad (1920-2008) Said Ahmad Husanxo'jayev 1920-yilning 10-iyunida Toshkent shahrining «Samarqand darboza» mahallasida tug'ilgan. Tinib-tinchimas bola Tabiatan qiziquvchan, tinib-tinchimas Said Ahmad adabiyotga kirib kelguncha juda ko'p sohalarda o'zini sinab ko'rdi: agitplakatlar yozdi; artist bo'lishga urinib ko'rdi; doktorlik maktabida o'qidi; qurilish texnikumida tahsil oldi; rassomlik maktabiga qatnadi; mashhur fotochi Rensonga shogird tushdi; gazetalarga xabarlar yozdi. VA NIHOYAT YOZUVCHI BO'LDI! BOBOLARI, OTA-ONASI, AKALARI HAQIDA Toshkentliklar Said Ahmadning bobosini «Dadaxo'ja duma» deb ulug'lashar, chunki u kishi sho'rolar to'ntarishidan ham oldin shahar dumasining deputati bo'lgan. Onasining otasi G'ulomxon toshbosma matbaa egasi bo'lgan. Otasi Husanxo'ja Dadaxo'ja o'g'li rus-tuzem maktabini tugatgan, rus tilini mukammal biladigan, Turkiy dunyoning mashhur ma'rifatchisi Ismoilbek G'aspirali bilan yaqinligi bor edi. Katta akasi Imomxon o'zbek stenografiyasining asoschisi hisoblanadi. Keyingi akasi Zuhurxon esa, irrigatsiya bo'yicha O'zbekistonning ilk professori edi. Ilk asar Bo'lajak yozuvchining ilk mashqi - «Ishqiboz» nomli hajviy hikoyasi o'n olti yoshlarida «Mushtum» jurnalida chop etilgan. (1936-yil) MEHNAT FAOLIYATI «Mushtum» jurnalida (1938-1939, 1955-1957); «Yosh leninchi» gazetasida (1940-1941); O'zbekiston Davlat radio qo'mitasida (1941-1943); «Qizil O'zbekiston» gazetasida (1943-1947); «Sharq yulduzi» (1948-1950); Qator yillar O'zbekiston yozuvchilar uyushmasida adabiymaslahatchilik qildi. So'ng uyushmaning nasr bo'limiga boshchilik ham qildi. Qatag'on O'tgan asrning 50-yillari boshlarida yozuvchi ko'plab ziyolilar qatorida qatag'onga uchrab, «xalq dushmani» degan tuhmatlar bilan qamaladi. U «aksilsho'raviy millatchilar guruhi a'zosi, zararli g'oyalar targ'ibotchisi» sifatida ayblanib, Qozog'istonning Qarag'anda viloyati Jezqazg'an lagerida bo'ladi. Uning «Qorako'z majnun» (2002) hikoyalar to'plami bu haqdagi achchiq haqiqatni ro'y-rost ifodalaydi. Ilk kitob Said Ahmadning birinchi kitobi «Tortiq» nomli hikoyalar to'plami bo'lib, 1940-yilda nashr etilgan. ASARLARI Dramalari: Said Ahmad 70-80-yillarda o'z hikoyalari asosida «Kelinlar qo'zg'oloni», «Kuyov» nomli pyesalar yozadi. Hikoyalar to'plami: «yer yurak» (1942); «Farg'ona hikoyalari» (1948); «Muhabbat» (1949); «Cho'l oqshomlari» «Odam va bo'ron». Qissalari: «Qadrdon dalalar» (1949); «Hukm» (1958). Romanlari: 1964-1974-yillar oralig'ida Ufq trilogiyasini yozdi. 1988-yili adibning «Jimjitlik» romani nashrdan chiqadi. Istiqlol yillarida «Xandon pista» (1994); «Bir o'pichning bahosi» (1995) hajviy to'plamlari. «Yo'qotganlarim va topganlarim» (1998); «Qorako'z majnun» (2001); «Kiprikda qolgan tong» (2003) kitoblari; 3 jildli «Tanlangan asarlari» (200) chop etildi. ADIB HIKOYALARIDA: Oybekning psixologik tasvir mahorati, G'afur G'ulom yumori, Abdulla Qahhor bayonidagi ixchamlik mujassamdir. Kelinlar qo'zg'oloni kinofilmi haqida Suratga olinga vaqti: 1985-yilda O'zbekfilm kinostudiyasi tomonidan suratga olingan. Rejissor: Melis Abzalov. Bosh rol - qaynona rolida Tursunoy Jafarova. BILIB OLING! E'TIROF Said Ahmad O'zbekiston xalq yozuvchisi (1980). O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi (1968). Hamza nomidagi Davlat mukofoti sovrindori «Buyuk xizmatlari uchun» (1997). «Do'stlik» (1996) ordenlari bilan taqdirlangan. O'zbekiston Qahramoni (199). XOTIRA MANGU 2013-yil 10-iyun kuni Said Ahmad va taniqli shoira Saida Zunnunova xotirasiga Alisher ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 519.31 KB
Ko'rishlar soni 307 marta
Ko'chirishlar soni 97 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:35 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 519.31 KB
Ko'rishlar soni 307 marta
Ko'chirishlar soni 97 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga