Furqatning Sayding qo'yo ber, sayyod musaddasi 9-sinf 1. Shoirning vatanda va musofirlikda kechgan hayoti va ijodi hamda uning o'zbek mumtoz adabiyotida tutgan o'rni (takrorlash). «Sayding g'o'ya ber, sayyod» musaddasining tahlili. Asardagi obrazlarni taqqoslash va ularga tavsif berish. Xulosa. Uy vazifasi. Mazkur asarni o'rganishning dasturiy talqini: «Sayding qo'ya ber, sayyod» musaddasida tarixiy voqelikning badiiy ifodalanishi. Unda tutqunlik fojiasining aks etganligi, erk va erksizlikning uchrashishi, hurlikka tashnalik tuyg'usining ifodalanishi. Sayd, sayyod va lirik qahramon obrazlari talqini. Musaddasning badiiy xususiyatlari. Furqatning mahoratini ochishga qaratilgan. Butun dars shu talqin asosida tashkil qilingan. Darsning ta'limiy maqsadi: o'quvchilarga Furqat shaxsi, uning o'zbek adabiyoti xazinasiga qo'shgan hissasi haqida bilim berish, musaddas haqida nazariy ma'lumot berish, ularda badiiy tahlil malakasini shakllantirish; tarbiyaviy maqsadi: mumtoz she'r tahlili bilan o'quvchilar ma'naviyatidagi bo'shliqni to'ldirish, shakllanayotgan shaxsni o'zganing dardini his qilishga o'rgatish; rivojlafitiruvchi maqsadi: shoirning asarlari zamiriga yashiringan hayotiy haqiqatlari va «men»ini kashf etish, mazkur musaddas tahlili asosida o'quvchilarda badiiy so'zga muhabbat hissini tarbiyalash, shu yo'l bilan ularni ma'naviy kamolot sari yo'naltirish tarzida belgilangan. Darsda shoir portreti, Furqat sayohati aks ettirilgan xarita, Furqat ijodi yoritilgan ilmiy manbalardan jihoz sifatida foydalanilgan. Darsda badiiy tahlil, taqqoslash va suhbat usullarini qo'llangan. O'quvchilar dars rejasidan xabardor qilinadi. Bu, avvalo, ularning fikrini bir nuqtaga qaratishga, dars jarayonida bajarilayotgan ishlarga diqqat bilan qarashga o'rgatsa, qolaversa, o'quvchilarni ham qiladigan ishlarini shunday rejalashtirib olishga, ish jarayonida boshqa narsalarga chalg'ib ketmaslikka orgatadi. Barcha ko'rgazmalar darstaxtaga osib qo'yilgan holda dars boshlanadi. Darsni uy vazifasi sifatida berilgan topshiriq - «Surmadin ko'zlar qaro, qo'llar xinodin lolarang» g'azali yuzasidan darslikdagi beshinchi topshiriq yuzasidan bajargan ishlarini tekshirishdan boshlanadi. Ya'ni «Sayding qo'ya ber, sayyod»ni sinfda badiiy so'zga iqtidori bor bir o'quvchiga (unga avvaldan bu topshiriqni berib qo'yiladi) ifodali o'qitiladi. So'ngra o'quvchilarni asarda uchraydigan eskirgan so'zlarning mazmuni bilan tanishtiriladi (sayd - ov, sayyod - ovchi, dom - tuzoq, baliyat - balo, qayg'u, paymona - sabr-kosa, uzlat - yolg'izlik, fig'or - yarali). 0'qituvchi asar haqida umumiy ma'lumot berib, u mazmuni bilan Yorkentda yozilganligidan dalolat berishini, she'r olti bandli misralardan tashkil topgan bo'lib, oxirgi ikki misra hamma bandda takrorlanib kelayotganini ma'lum qiladi. Shunga ko'ra ham bu she'r tarti'band musaddas deb ataladi. Birinchi band yoddan o'qib beriladi: Sayding qo'ya ber, sayyod, sayyora ekan mandek, 0l, domini bo'ynidan, bechora ekan mandek, 0'z yorini topmasdan, ovora ekan mandek, Iqboli nigun baxti ham qora ekan mandek, Hijron o'qidin jismi ko'p yora ekan mandek, Kuygan jigari-bag'ri sadpora ekan mandek tinglovchilarga quyidagi savol-topshiriqlar bilan murojaat qilinadi: 1. Shoir bilan saydni taqqoslang. Misralar qatiga yashiringan shoir «meni»ni ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.99 KB
Ko'rishlar soni
151 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.99 KB
Ko'rishlar soni
151 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:36 ]
Arxiv ichida: doc