Sehrli - fantastik va hayotiy ertaklarning g'oyaviy - badiiy talqinlari

Sehrli - fantastik va hayotiy ertaklarning g'oyaviy - badiiy talqinlari

O'quvchilarga / Adabiyot
Sehrli - fantastik va hayotiy ertaklarning g'oyaviy - badiiy talqinlari - rasmi

Material tavsifi

Sehrli-fantastik va hayotiy ertaklarning g'oyaviy - badiiy talqinlari REJA Kirish Sehrli-fantastik ertak haqida umumiy ma'lumot va ertak ustida ishlash metodikasi Hayotiy ertak ustida ishlashda asar qahramonlari harakterini o'rgatish usullari. Ertak ustida ishlashda ko'rgazmali qurollar va didaktik o'yinlarning ahamiyati. Xulosa. Наг bir avlod oldida insoniyat yaratgan jamiki boyliklarni, bilimlarni o'rganish, ozlashtirish va rivojlantirish vazifasi turadi. Hayot taraqqiyoti va jamiyat rivojini shusiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Bu vazifani amalga oshirishning birdan-bir уо'li ta'lim tizimini tinmay takomillashtirib borish orqali yosh avlodni ilm-fan asoslari bilan chuqur qurollantirishdir. Zero, ilm olish yo'lidagi izlanish insonning e'tiqodi va dunyoqarashi, manaviy-axloqiy kamolot sari etaklaydi. O'qish bolalarning nutq boyligini oshirish, adabiy-estetik tafakkurini kamol toptirish, mustaqil fikrlashga o'rgatishning muxim omilidir. Shuning uchun xam boshlang'ich ta'lim tizimida muhim o'quv predmeti ta'lim berish, kamol toptirish va tarbiyalash vositasi xisoblanadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari o'qish darslarida she'r, xikoya, masal, rivoyat, ulug' allomalarimiz xayoti va ijodi, maqollar, topishmoqlar, tez aytishlar, ertaklar bilan tanishib boradilar. Ertaklar xalq og'zaki ijodining qadimiy va keng tarqalgan janridan biridir. Qadimgi kishilarning tasavvurlari natijasida paydo bo'lgan afsonalarning zaminida dastlabki ertaklar paydo bo'lgan. Dastlabki ertaklarda mifologik obrazlar ko'p uchragan bo'lishlari kerak. Sehrli-fantastik ertaklar Sehrli-fantastik ertaklar ming yillar davomida insoniyatning turli yozuv kuchlariga qarshi olib borgan kurashlari davomidagi xulosalari, ulardan kelib chiqadigan ehtiyojlarning o'ziga xos yechishi sifatida maydonga kelgan. Inson doimo hayoliy orzu-istaklar bilan yashaydi. Bunday hayoli orzu-istaklarni ro'yobini she'rli-fantastik ertaklarda ko'rish mumkin. Bu ertaklarda uchadigan otlar, va gilamlar, so'ylaydigan jonzodlar, sehrgar kampirlar, uchadigan devlar, suv ostida, osmonda, yer ostda yashaydigan odamlar va boshqalar ishtirok etadilar. Ur to'qmoq, Zumrad va Qimmat, Yoriltosh kabi ertaklar shular jumlasidandir. Asrlar o'tishi bilan kishilar ongi o'qish, jamiyatdagi voqea xodisalar, odamlarning o'zaro muomala munosabatlari zaminida ertaklar tobora xayotga yaqinlashtirilgan. Keyinchalik aniq maqsad va yo'nalishlar zaminida ertaklar yaratilgan va ularni yaratishdan asosiy maqsad shunchaki qiziqarli voqealar bayoni emas, balki maslaxat va yo'nalishlar bera olish, ibrat va na'muna ko'rsatishga aylangan. Ertaklarning ko'pida real xayot tasviri fantastik elementlar bilan qo'shilib ketadi. Ertakning o'tkir maroqli syujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi: undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qaxramonlar, ertakning g'oyaviy yo'nalishi unda ezgu kuchning doimiy g'alaba qilishi bolalarni o'ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan xikoya qilish shakli, bir xil so'z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, oxangdorligi, tilning ta'sirchanligi, ifodali vositalarning jonliligi bolalar uchun g'oyatda qiziqarlidir. Ertakda qatnashuvchilarning raxmdil, saxiy, adolatli xamda ularning aksi bo'lgan yovuz, baxil, ochko'z kabi timsollarga bo'linishi o'quvchilarni axloqiy jixatdan tarbiyalashga o'z ta'sirini o'tkazadi. Ertak bolalarda personajlarning xatti-xarakatini muxokama qilib, baholash ko'nikmasini o'stiradi. Ertakda xalq o'z hayotini o'zi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 644.29 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:36 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 644.29 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga