SERGEY Yesenin (1895 - 1925) TUG'MA ISTE'DOD 1895-yilning 3-oktabrida Rossiyaning qadim tarixga ega Ryazan guberniyasiga qarashli Konstantinovo qishlog'ida oddiy dehqon oilasida tug'ildi. Besh yoshligida o'qishni o'rgandi, to'qqiz yoshidan xalq qo'shiqlariga o'xshatib she'rlar bita boshladi. Ijod va o'zgarish Qishloq muallimlari tayyorlaydigan maktabni tugallab: 17 yoshida Moskvaga bordi. Savdogarning idorasida ishladi, bosmaxonada musahhihlik qildi, adabiy-musiqiy to'garakka qatnashdi, she'rlar yozishni davom ettirdi. 19 yoshidan she'rlari Moskva jurnallarida bosilib, mashhur bo'ldi. 20 ypshida Petrogradga kelib, yana bir mashhur rus shoiri Aleksandr Blok bilan tanishdi. Qaysar shoir 1916-yildan Armiya xizmatiga kirdi. Oq podshoh sharafiga she'r yozishdan bosh tortgani uchun intizomiy batalonga jo'na-tildi, keyin xizmatdan tamoman voz kechdi. Oq podsho - Nikolay II Ilk to'plam Ilk she'riy to'plami «Radunitsa» (1916). Unda qalb holatlarini noziq tuyg'ularda berishni, tabiat bilan bog'liq ruhiy kechinmalarni ifodalashning ustasi, qish-loq hayoti, xalq tili va qalbining bilimdoni ekanligini namoyish etgan. Sayohat, sayohat 1918-1921-yillarda Murmansk, Arxangelsk, Qrim, Kavkaz, Bessarabiya, shuningdek, Turkiston bo'ylab safar qildi. 1922-1923-yillari esa taniqli amerikalik raqqosa Aysedora Dunkan bilan Yevropaning Germaniya, Fransiya, Belgiya, Italiya mamlakatlarini aylandi, to'rt oy AQSH da yashadi. Aysedora Dunkan va Yesenin She'riy to'plami: «Moskva mayxonalari» (1924); «Sho'ro Rusi», «Zamin darg'asi» (1925) Dostonlari: «Qora odam» (1925) «Anna Snegina» (1925) Sergey Yesenin 1925-yil 28-dekabrda fojiali tarzda vafot etdi. Shoirning dafn qilish marosimi Nasrdagi yutuqlar «Jar» (1916) qissasi, «Bobil va Drujok» (1917) hikoyasi, «Temir Mirgorod» ocherkida Yeseninning nasriy imkoniyatlari namoyish bo'ldi. Ijodkor 1921-yilda Toshkent va Samarqand shaharlarida bo'lgan. Sharqqa hurmat! Shoir forsiy tildagi mumtoz she'riyat namunalari bilan yaqindan tanishganidan keyin Eronga borishga qattiq intiladi. Biroq o'sha paytdagi Rossiya va Eron munosabatlari rus shoirini u yoqqa yuborish maqsadga muvofiq emasligini taqozo etadi. Shunga qaramasdan, Sergey Yesenin qattiq turib Eronga borishni talab qilgani uchun uni Ozarbayjonning Bokuga yaqin qishloqlaridan biriga yuborishadi. Bir necha muddat bu yerda yashab, sharqona ruhni his etadi, Sharq odamlarining hayot tarzidan zavqlanadi va tez fursatda uning «Fors taronalari» she'rlar turkumi yoziladi. «Fors taronalari» she'rlar turkumi (1924-25) Hofiz, Sa'diy, Xayyom kabi Sharq ijodkorlariga cheksiz hurmat-ehtirom mahsuli sifatida dunyoga keldi. E'tirof «Tanlangan she'rlar», «Zamin darg'asi», «Lirika: she'rlar, dostonlar» she'riy to'plamlari E. Vohidov tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilingan (1965, 1970, 1981). Toshkentda shoirning uy-muzeyi ochilgan (1985). Rus shoirning o'zbek shogirdlari Sergey Yeseninning aksar she'rlarini Erkin Vohidov maromiga yetkazib tarjima qilgan. Bu she'riyatning o'zbek shoirlari ijodiga juda katta ta'siri bo'ldi. Erkin Vohidov, Tilak Jo'ra, Ma'ruf Jalil, Xurshid Davron va boshqalar ijodida buni yaqqol sezamiz. Xususan, O'zbekiston xalq shoiri marhum Muhammad Yusuf ijodini Sergey Yesenin asarlari ta'sirisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Ma'ruf Jalil Tilak ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
384 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:36
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
384 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:36 ]
Arxiv ichida: pptx