8-sinf adabiyot darsligi asosida 24-mavzu: U o'zi ham o'lishi mumkinligini o'ylamasdi. U o'ldirishni hayvonlarni, parrandalarni, xullas, Olatog'da ov qilishga arzirli o'lja borki, u qo'liga miltiqni olishi bilan o'zi anglamagan holda, ulardan nimanidir otish - o'ldirishni o'ylardi. Ba'zan, masalan, kiyik oviga ketayotgan bo'lsa, yo'lida duch kelgan kaklik, chillarni ham ayamasdi. Zag'izg'on-u cho'pon aldag'ich qushi uchrasa ham tirik qo'ymasdi. Mabodo ovdan qo'li quruq qaytsa - bunday voqea juda kam bo'lardi - u bamisoli otasi o'lgandek aza tutar, qovog'i ochilmas, shunda xotini ham ko'ziga yomon ko'rinib, bechora biron-bir yetishmovchilikdan zorlansa, u: «Jonga tegding-ku sen ham! » deya miltiqni qo'lga olardi U odam otmagan, biroq undan ko'plar qo'rqishardi, uni yolg'iz uchratganda xushomad qilishar, gavjum joylarda unga yaltoqlanib ovi baror olib turganmi ekanini so'rashardi. Omon sovuqqonlik bilan qisqa javoblar berardi. Uning otasi Rahmon polvon qirq yoshida ham kurash-da yiqilmagan, keyin bir o'rta yashar o'rtacha polvon bir qoqmada yiqitib qo'yganida - dardi shunchalikki, omborga bo'yra to'shab, ustidan suv sepib, unga bag'rini berib yota-yota oldin yo'talni orttirib, keyin qon qusa-qusa o'lib ketgandi. U kishi Omonga o'n uch yasharligida, «indamas» miltiq - melkokolibr miltig'i olib bergan, Omon birotar ov miltig'ida emas, shunda qush otishni o'rgangan, shu tariqa o'tkir mergan bo'lib yetishgan edi: u bolalikdan yowoyi qush-u yowoyi hayvonlar otish va yeyish uchun yaratilgan deb o'ylar, har qanday ovchida ham ma'lum bir yoshda paydo bo'ladigan rahmdillik unda hamon uyg'onmas, chamasi, uning yuragi ham baquwat ko'kragidek qattiq ediki, buning sababini ehtimol uning otasiga xos jihatlardan izlash mumkin. U harbiydan qaytgan yili otasi qazo qilib, Omon uning ishini oldi: qishloqchaga tutash sakkiz gektar o'rikzor bo'lib, otasi Rahmon polvon unga qorovul, ayni chog'da unga bog'bon ham edi. Ikki yildan keyin onasi uni uylantirdi. Onani ham tuproqqa topshirgan yili o'g'il ko'rdi. O'g'li to'qqizga qadam bosganda Omon bir kuni ovdan quruq qaytdi: Zovboshida bir qobon, bir megajin va o'ntacha churpani kamarga qamab chiqishini kutib yotgan edi, tepada geologlarning verto-lyoti pay do bo'ldi-da, naq kamar ustiga pasayib shunday shovqin ko'tardi, shamoli joni qattiq archalarni ham tit-ratdiki, qamaldagi cho'chqalar sel bosganday vahimada chiqib, xuddi Omon pisib turgan archa tagiga o'zlarini urdi. Omon kalovlanib, archa orqasiga o'ta oldi, xolos. Cho'chqalar odamning beliga uradigan miyazorga oralab, ilonizi yo'l qoldirib ketipti. Omon birinchi marta o'zini o'q bo'shatishdan tiydi: bunday paytda o'q qobonga tegadimi, bolasiga tegadimi - bo'ldi, qobon burila solib, ovchiga hu-jum qiladi. Omonning ta'bi xira bo'lib, qishloqqa qaytgandi. Xotini sigir sog'dirmayotganidan koyinib edi, Omon o'zi xurmani olib, sigir tagida cho'nqaydi. Endi yelinni ushlaganini biladi, sigir bir qimtindi: oyog'i ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
6.44 MB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:36
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
6.44 MB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:36 ]
Arxiv ichida: ppt