Sharof Boshbekov dramalarida bolalik olami ifodasi

Sharof Boshbekov dramalarida bolalik olami ifodasi

O'quvchilarga / Adabiyot
Sharof Boshbekov dramalarida bolalik olami ifodasi - rasmi

Material tavsifi

Sharof Boshbekov dramalarida bolalik olami ifodasi Uning Taqdir eshigi, Eski shahar Gavroshlari, Temir xotin kabi asarlari teatrlar repertuarlaridan munosib o'rin egallagan. Inchunin, Temir xotin komediyasi sobiq ittifoq Respublikalarining barchasida sahnalashtirilgan. Samarqand viloyati Bulung'ur tumanidagi G'ubir qishlog'ida 1951-yil 4-yanvarda tug'ildi. 1974-yili San'at institutining musiqali aktyorlik bo'limini tugatdi. Toshkentdagi Muqimiy musiqali teatrida, Gulistondagi teatrda aktyor sifatida faoliyat ko'rsatdi. O'zbekiston Yozuvchilari uyushmasida (1983-1985) O'zbekiston Milliy teatrida (1986-1987) adabiy xodim bo'ldi. Shu tufayli ham «Temir xotin» asari 1989 yilda Maqsud Shayxzoda sovriniga loyiq topildi. 1990 yilda esa unga Hamza nomidagi Respublika davlat mukofoti berildi. Ayniqsa, uning «Temir xotin» p'esasi adibga katta shuhrat keltirdi. Unda fan-texnika rivoji davrida inson ongi, dunyoqarashi, psixologiyasida sodir bo'layotgan jiddiy o'zgarishlar hajviy yo'sinda umumlashtirib berilgan. Dastlab hikoya janrida o'z iste'dodini sinab ko'rdi. Binobarin, uning «G» varianti» hikoyasi (1981), «Jumboq» (1986) hajviyasi, «G'urur» (1982) kabi hajviy hikoyalari yuzaga keldi. Shundan so'ng uning ketma-ket rang-baraig mavzudagi sahna asarlari yaratildi. Jumladaan, u «Tushov uzgan tulporlar» (1983) hamda «Eshik qoqqan kim» (1987) kabi komediya, «Qasosli dunyo» qisqa metrajli film ssenariysini yozdi. Shuningdek, «Eski shahar gavroshlari» (1988) «Temir xotin» (1989) kabi jiddiy komediyalari yaratildi. So'nggi vaqtda unipg «Taqdir eshigi» dramasi yozildi. U kino sohasida ham ijod qildi. Uning ssenariylari asosida Yuzsiz, Tilla bola, Temir xotin, Ma'ruf va Sharif, Masxaraboz kabi filmlar suratga olingan. Ayniqsa, Charxpalak teleseriali mashhur bo'ldi. Sh.Boshbekov dramaturgiyasining kuchi (sehri) asar syujetida emas, g'aroyib xarakterlar va tilidadir. O'zbek kino san'ati rivojiga qo'shgan hissasi uchun O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi unvoniga loyiq ko'rildi (199-yil). 2001-yilda Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlandi. Boshbekov Sh. Eshik qoqqan kim bo'ldi?. asari 1989 yilda yaratilgan. Mavzuimga to'xtaladigan bo'lsam: Sharof Boshbekov dramalarida bolalik olami ifodasi. Bu mavzuni yoritish uchun uning quyidagi pyesalarini tanladim. 1. Eski shahar gavroshlari 2. Tikansiz tipratikanlar O'zbek bolalar adabiyotida bolalar obrazi mavjud bo'lgan asarlar turli xususiyatlarga ega. Bolalar nasrida bolalar obrazi mavjud o'nlab asarlar bor. Ular har xil bolalar. Tarixiy shaxslar bolaligi aks ettirilgan asarlar borki, ular tabiatiga ko'ra avtobiografik va biografik asarlarga bo'linadi. Bolalik, O'tmishdan ertaklar nomli avtobiografik asarlarda ijodkorlarning o'z bolaligi aks ettirilgan bo'lsa, Alisherning yoshligi, Uchqur poyezdlar kabi biografik asarlarda boshqa ijodkorlar bolaligi ifoda etilgan. O'zbek bolalar adabiyotida bolalar obrazi aksi Eski shahar gavroshlari Biz o'zbek dramaturgiyasida yaratilgan bolalar obrazini Sharof Boshbekovning Eski shahar gavroshlari dramasi asosida tadqiq qilmoqchimiz. Bu soha deyarli o'rganilmagani bois mavzuning dolzarbligi yanada oshadi. Eski shahar gavroshlari Eski shahar gavroshlari dramasi besh sahnali, ya'ni besh pardali asardir. Unda o'n uch yoshli to'rt bola taqdiri, ular orqali o'zbek bolalarining istiqloldan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.19 MB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:36 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.19 MB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga