SHAROF BOSHBEKOV (1951- YILDA TUG'ILGAN) 9-sinf Adabiyot fani darsligi asosida 24-mavzu Sharof Boshbekov adabiyotga XX asrning 70- yillarida kirib keldi. U badiiy adabiyotning eng murakkab turi bo'lgan dramaturgiyada ijod qiladi. Shu paytgacha adibning Taqdir eshigi, Tikansiz tipratikanlar, Eski shahar gavroshlari, Eshik qoqqan kim bo'ldi?, Temir xotin, Tushov uzgan tulporlar, Charog'bonlar, Tentak farishtalar kabi sahna asarlari chop etilgan. Yozuvchi o'z ssenariysi bo'yicha suratga olingan Masxaraboz filmiga rejissorlik qilgan. Shuningdek, adib Charxpalak teleseriali, Ma'rif va Sharif, Tilla bola, Yuzsiz, Doka ro'mol qurishi, O'yin singari filmlarga ssenariy yozgan. Dramaturgning Mehr va mauzer, So'qmoq, Falakning gardishi, Vafodor, Musofir bo'lmaguncha yanglig' kinoqissalari mashhur. Dramaturgning Tushov uzgan tulporlar asari Respublikalararo ko'rik-tanlov sovrindori bo'lgan Temir xotin komediyasi hozirgi kungacha tomoshabinlar olqishiga sazovor bo'lib kelmoqda. Sharof Boshbekov ssenariysi va rejissorligida qo'yilgan Charxpalak teleseriali teletomoshabinlar tomonidan qizg'in kutib olingan. O'ZIM HAQIMDA Bizning oilamizda hech kim san'at yoki adabiyot bilan shug'ullanmagan. Ota-onam oddiy xizmatchi bo'lishgan. Men o'qigan qishloq maktabida qiziq bir qoida bor edi: chet tili o'qituvchisi yo'q bo'lsa, o'rniga ashula darsi o'tilardi, fizika muallimi kelmay qolsa ham, ko'pincha shu tarzda o'qitilardi. Bilmadim, yo o'qituvchilar yetishmasmidi, yo ashula muallimimiz shunaqa zo'rmidi Endi eslasam, ashula darsini Yallama yorimdan boshqasini bilmaydigan bir amaki o'tar ekan. Xullas, o'n yil ashula aytdik. Endi bu ovoz bilan qayerga borish kerak? Artistlikka-da! Shunday qilib, Toshkent Teatr va rassomlik san'ati oliygohining talabasi bo'lib qoldim. San'at olamiga kirib kelishimning tag'in bir yashirin, o'zimdan boshqa hech kim bilmaydigan sababi bor. Doim ichimda gaplarim ko'p-u, lekin uni eshitadigan odamlarning kamligi meni qiynab kelardi. O'y-xayolimda faqat bir narsa charx urardi - qaysi kasbni tanlasam, meni ko'proq odam eshitadi? Televideniya va radio suxandonlariga havasim kelardi. Ularni million-million odam eshitadi. Men-chi? Uydagilar, to'rt-beshta jo'ralar-u, qo'ni-qo'shnilar. Menday odamga bu kamlik qiladi, albatta. Talabalik yillarimda suxandonlik qilmoqchi ham bo'ldim. Olishmadi. Radioga ovozim to'g'ri kelmadi. Oliygohni bitirib, Muqimiy nomidagi teatrda aktyor bo'lib ishlay boshladim. Avvaliga shuncha tomoshabin gaplarimni eshitayotganidan mast bo'lib yuraverdim. O'n yillar ishlaganimdan keyin birdaniga aqlim kirib qoldi. Bilsam, aktyorlar ham o'zining emas, birov yozib bergan gaplarni gapirarkan. Hafsalam pir bo'lib ketdi va o'zim ularga gap yoza boshladim. Bu hunar bilan shug'ullanadiganlarni dramaturg deyishar ekan. Dramaturg bo'lsa, dramaturg-da! Ana shu tariqa adabiyotning sirli va mashaqqatli olamiga kirib keldim. Oliygohga kelib, domlalarimiz men ism-sharifini ham bilmaydigan odamlarning nomlarini alohida bir hurmat bilan tilga olishayotganini sezib qoldim. Qarang, biz qishloqda ketmon ko'tarib yuravergan ekanmiz-u, bu yoqda Esxil, Seneka, Sofokl, Aristofan degan allomalar bor ekan. Zamondan orqada qolib ketibmiz deb, shularning asarlarini mutolaa qilishga tushdim. Qadimgi yunon ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.75 MB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:36
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.75 MB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:36 ]
Arxiv ichida: pptx