Sharq adabiyotida Iskandar timsoli mavzuidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI M U N D A R I J A: TADQIQOTNING UMUMIY TAVSIFI KIRISH 3 BOB. ISKANDAR HAQIDAGI ASARLAR VA SHOH OBRAZINING EVOLYUTSIYASI Iskandar timsoli yunon adabiyotida 8 Iskandar timsoli o'rta asr sharq olimlari nigohida 15 BOB. ISKANDAR TIMSOLI SHARQ ADABIYOTIDA Iskandar Firdavsiy va Nizomiy talqinida 25 Iskandar Jomiy va Navoiy talqinida 33 XULOSA 51 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 56 TADQIQOTNING UMUMIY TAVSIFI Mavzuning dolzarbligi. Ko'p asrlik tarixga ega madaniy va adabiy merosimizga munosabat istiqlol tufayli tubdan o'zgardi. Xalqimiz tarixi, dini va adabiyoti, ma'naviy qadriyatlariga e'tibor kuchayib, ularning mavqeini tiklash, xalqqa asl holida yetkazish imkoniyati paydo bo'ldi. Bu esa boshqa sohalar qatori adabiyotshunoslikda ham teran ilmiy izlanishlar olib borish, adabiy merosga yangicha yondashish zaruratini kun tartibiga qo'ydi. O'tmishda yashab ijod qilgan shoir va adiblar merosini xolisona o'rganish va munosib baholash har qachongidan ham dolzarb vazifaga aylandi. Prezidentimiz I.A. Karimov ta'kidlaganidek, Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko'p asrlar mobaynida yaratilib kelingan g'oyat ulkan, bebaho ma'naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo'lib qoldi. Shu nuqtai nazardan istiqlol tufayli saroy adabiyoti, shohlar faoliyati va obrazini o'rganish uchun imkoniyatlar paydo bo'ldi. Istiqlol asriy an'analarimiz, milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi. Ma'naviy-madaniy boyliklarimizni tiklash, badiiy merosimizni o'rganishga alohida e'tibor qaratildi. Yurtimizda ijod qilish uchun barcha sharoitlar yaratildi. Ma'lumki, adabiy jarayon hodisalarini o'rganish, o'zlashtirish, estetik baholash adabiyotshunoslik ilmining asosiy vaziflaridan biridir. Badiiy adabiyot har narsadan oldin inson qalbining eng nozik jihatlarini tadqiq etadi. Sir emaski, sho'roviy mafkura tazyiqi ostida adabiyotshunoslik bir necha yillar davomida o'zining asosiy vazifasi qolib, uning ijtimoiy-siyosiy maqsadlariga xizmat qildi. Bu jarayon istiqlolgacha davom etdi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlarning amaliy natijasi o'laroq, adabiyot va san'at, madaniyat, matbuot sohasi mafkuraviy tazyiqdan butunlay xalos bo'lganini qayd etish lozim, - deya ta'kidlaydi davlatimiz rahbari Islom Karimov Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch asarida. - Har qanday ijod namunasi, badiiy asar sinfiy bo'lishi va qandaydir g'oyaga, kommunistik mafkura manfaatlariga xizmat qilishi kerak, degan qarashlar bugun o'tmishga aylandi. Erkin ijod uchun, milliy qadriyatlarimiz va boy ma'naviyatimizni, xalqimiz tarixini, uning bugungi sermazmun hayotini to'laqonli va haqqoniy aks ettirish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Shu nuqtai nazardan adabiyotimizning shu paytga qadar yetarli o'rganilmagan tomonlariga aniqlik kiritish, tahlil qilish, uning adabiy jarayonlardagi o'rnini belgilash imkoniyati vujudga keldi. Shunday ekan, o'zbek mumtoz adabiyoti namunalarini sharq adabiyoti va jahon adabiyoti namunalari bilan qiyosiy jihatdan tahlil qilish, unga xolisona baho berish, shuningdek, tahlilda dunyo adabiyotshunosligi erishgan yutuqlari va tajribalaridan foydalanish ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
55.99 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
55.99 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:36 ]
Arxiv ichida: doc