Shavkat Rahmon she'riyatida lirik qahramon va kechinma talqini REJA: KIRISH I BOB. SHOIR SHE'RIYATI VA ADABIY TANQID II BOB. LIRIK QAHRAMON TALQINI II BOB. LIRIK KECHINMA TABIATI VA SHOIR MAHORATI XULOSA ADABIYOTLAR RO'YXATI KIRISH Mavzuning dolzarbligi. XX asr o'zbek she'riyatida badiiy so'zning turli tovlanishlari, lirik obraz ko'lamining kengligi, yuksak estetik idealga ega shoirlar poetik tafakkuri betakrorligini kuzatish mumkin. Zotan, she'riyatda shoirning so'zi muhim; so'z shoir qiyofasi va «men»ligi, so'z - shoir badiiy g'oyasini ifoda etadigan mo'jizaviy vosita. Ijod ahli o'z individual poetik olami, san'atkorona so'zi, original ifoda usullari bilan xalqining qalbidan o'rin oladi. Shoirning go'zal she'riy asarlari yuksak adabiy, ijtimoiy, ma'naviy muhitni yuzaga keltiradi. Prezidentimiz I.A.Karimov: «Ma'naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg'ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg'otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir», - deb e'tirof etganlaridek, ma'naviyatning muhim bir xususiyati odamning ichki dunyosi va irodasini baquvvat, iymon-e'tiqodini butun qilishda erkin namoyon bo'ladi. Xalqimizning asrlar sinovida toblanib borgan mustahkam irodasi qadimiy ma'naviyatimiz, milliy o'zligimizni saqlab qolishga asos bo'ldi. Ma'lumki, XX asr keskin burilishlarga boy. Shuningdek, adabiyot, xususan, she'riyat ham turli o'zgarish va yangilanishlarga uchradi. Adabiyot tarixi chinakam ijod ahlining betakror ijod namunalari bunyodga keltiradi. Original badiiy asarlar esa o'ziga xos poetik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Muayyan bir tarixiy davrga baho berishda eng faol adiblarning ijodiga, asarlarining barcha qirralariga e'tibor berish lozim bo'ladi. Bu holatning o'z sabablari bor. XX asrning 50-yillari o'rtasida shaxsga sig'inish qoralangach, barcha qardosh xalqlar adabiyotida bo'lganidek, o'zbek she'riyatida ham muayyan yangilanishlar davri boshlandi, ammo mafkuraviy tazyiq bosimi to'xtamadi. Bu davrda adabiyot ostonasiga qadam bosgan yangi avlod ijodida mavjud muhit ta'siri aniq seziladi. Ayni chog'da, ushbu davr avlodi o'zbek adabiyotiga yangi ko'rinishdagi she'riyat namunalarini ham tuhfa etishdi. Bu kabi yangiliklar ushbu avlod ijodi, ularning asarlariga xos xususiyatlarni ilmiy-nazariy jihatdan maxsus tadqiq qilishni talab etadi. Bunday ilmiy tadqiqot, bir tomondan, davr adabiyotining umumiy tarixiy manzarasini, ikkinchi tomondan, har bir ijodkorning o'ziga xosligini, adabiyot rivojiga qo'shgan hissasini aniqlashga yordam beradi. Shu jihatdan, o'zbek she'riyatining yorqin namayondalaridan biri, iste'dodli shoir Shavkat Rahmon she'riyatining o'ziga xosliklarini taglil qilish orqali, shoir she'riyatidagi lirik qahramon va kechinmalar ifodasini ko'rsatishdan iboratdir. Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Shavkat Rahmon she'riyati misolida zamonaviy o'zbek she'riyatida estetik ideal, lirik qahramon va kechinma tabiati, uning poetik tasviri kabi masalalarni o'rganish jarayonida, tanlangan mavzu asosida shoirning ijodiy evalyutsiyasi hamda o'ziga xos idividal jihatlarni ko'rsatishdan iborat. Tadqiqotning bosh maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni bajarishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz: Ijodkor shaxsi va davr ruhi ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
89.39 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
89.39 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:37 ]
Arxiv ichida: doc