She'r vaznlari

She'r vaznlari

O'quvchilarga / Adabiyot
She'r vaznlari - rasmi

Material tavsifi

She'r vaznlari 7-sinf Adabiyot fani darsligi asosida 8-mavzu Shoirning fikri va ichki kechinmalari ifodasi bo'lib, ma'lum bir tartibga solingan ritmik nutq she'r deb ataladi. Ijodkorning qalbida ma'lum bir voqea-hodisaga nisbatan paydo bo'lgan munosabat ichki kechinma deyiladi va uning o'lchamli nutq holida bayon etilishi natijasida she'r paydo bo'ladi. Adabiyotshunoslik ilmida nutqning bu tarzda qolipga, o'lchamga solinishi vazn yoki she'riy tizim deb ataladi. She'r tizimlari mana shu qolipga solingan nutqqa nimaning asos sifatida olinayotganiga qarab bir-biridan farq qiladi. She'riyatimizda asosan uchta: barmoq, aruz va erkin vaznlar qo'llanib kelingan. O'zbek she'riyatida eng ko'p o'rin egallaydigan barmoq deb atalgan she'r tizimida misralardagi bo'g'inlar miqdori asosiy o'lchov hisoblanadi. Barmoq she'r tizimida misralarda bo'g'inlar soni bir xil miqdorda takrorlanadi va bir xil guruhlanadi, biroq bo'g'inlarning sifati, ya'ni ochiq-yopiqligi, uzun-qisqaligi muhim sanalmaydi. O'zbek she'riyatiga arab va fors she'riyatidan kirib kelgan aruz deb nomlangan tizimda esa misralardagi hijolarning qat'iy miqdori va guruhlanishidan tashqari sifati, ya'ni qisqa, cho'ziq va o'ta cho'ziqligi ham muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Hozirgi o'zbek she'riyatiga xos vaznlardan yana biri erkin she'r tizimi deb ataladi. Erkin vaznda bir o'lchamdan boshqasiga erkin o'tib ketilaveradi. Barmoq she'r tizimida ikki xil vazn bor: sodda vazn, qo'shma vazn. Agar she'rning boshidan oxirigacha misralardagi bo'g'inlar miqdori bir xil bo'lsa, sodda vazn deyiladi. Masalan: Qani, ayt, maqsading nimadir sening? - 11 bo'g'in Nega tilkalaysan bag'rimni, ohang? - 11 bo'g'in Nechun kerak bo'ldi senga ko'z yoshim, - 11 bo'g'in Nechun kerak, rubob, senga shuncha g'am? - 11 bo'g'in Misralardagi bo'g'inlar miqdori ikki xil ko'rinishda bo'lsa, qo'shma vazn deb ataladi. Qo'shma vaznda bo'g'inlar miqdori bir xil bo'lmagan misralarning muayyan tartibi she'r oxirigacha qat'iy saqlanadi. Misralari bilan boshlanuvchi she'rida barcha toq misralardagi bo'g'inlar miqdori bir xil va barcha juft misralardagi bo'g'inlar miqdori boshqacha xil ko'rinishga ega. Masalan, Mirtemirning Alisherga alla aytib uxlatgan - 11 bo'g'in Sen - ona. - 3 bo'g'in Og'ushida Bobur kamolga yetgan - 11 bo'g'in Sen - ona, - 3 bo'g'in Barmoq she'r tizimida misralardagi bo'g'inlarning muayyan guruhlarga bo'linishi turoq deb ataladi. Bo'g'inlarning qanday ko'rinishda turoqlarga bo'linishi esa she'rning o'ziga xos ohangini keltirib chiqaradi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.81 MB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:37 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.81 MB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga