MUBOLAG'A Mubolag'a arab tilida kattalashtirish, kuchaytirish manosini bildirib, adabiy asarda tasvirlanayotgan badiiy timsol holati yoki harakatini bo'rtirib, kuchaytirib ifodalash san'ati demakdir. Mubolag'a tablig' , ig'roq, g'uluvv deb atalgan uch turga bo'linadi. TABLIG' aqlan ishonish mumkin bo'lgan, hayotda xam yuz berishi mumkin bo'lgan mubolag'adir. Alisher Navoiy: Kecha kelgumdir debon ul sarvi gulro' kelmadi, Ko'zlarimga necha tong otquncha uyqu kelmadi. G'ULUV Aql ham bovar qilmaydigan, hayotda ham yuz berishi mumkin bo'lmaydigan tarzda tasvirlash san'ati. Alisher Navoiy: Xar qizil gulikim, yuzung shavqida olib isladim, Yetkach ohim shulasi oni sarig' gul ayladim. TAShBYeH Sharq adabiyotida keng tarqalgan san'atlardan biri bo'lib, o'xshatish manosini ifodalaydi. Ikki narsa yoki tushunchani ular o'rtasidagi haqiqiy (real) yoki majoziy munosabatlarga ko'ra o'xshatish san'atidir. Furqat: Labing g'uncha, yuzing ikki qizil gul, Qading sarvu, soching guyoki sunbul. TAMSIL Misol keltirish manosini bildirib, sher baytining birinchi misrasida ifodalangan fikrga dalil sifatida ikkinchi misrada hayotiy bir hodisani misol qilib keltirishga asoslangan san'atdir. Lutfiy: Ey ko'ngil, jonni xayoli olida qil peshkash, Har nima bo'lsa aziz, eltur kishi mehmon sori. IG'ROQ belgi yoki harakatni aqlan ishonish mumkin bo'lsa ham , hayotda yuz berishi mumkin bo'lmagan tarzda kuchaytirib tasvirlash demakdir. Farhod va Shirin dostonida Shirinning oti oyoqlari chirmashib yiqilay deganda, Farhod borib otni ko'tarib olishi voqeasi tasvirlanadi. Shoir yozishicha: Ko'tardi orqasiga bodponi, Nechukkim bodpo ul dilraboni. Chu ikki-uch yig'och gom urdi shaydo, Bo'lib olinda kasru havz paydo, HUSNI TA'LIL arabcha chiroyli dalillash manosini bildiradi. Adabiy asarlarda tasvirlanayotgan biror hodisaga shoirona biron sabab ko'rsatish san'ati. Qatra qonlarkim tomar ko'ksimga urg'on toshdin, Zahmdindir demakim, qon yig'lar ahvolimga tosh. TAJOHULI ORIF Bilib turib bilmaslikka olish manosini ifodalovchi ushbu sheriy san'at shoirning baytda aks ettirilayotgan biron obrazli iborani aniq aytmasdan, o'zini bilab bilmaslikka olgandek ko'rsatishini nazarda tutadi. Lutfiy: Malak yo hur, bilmom yo parisan? Bu raftor ila yo kabki dariysan? TAShXIS jonlantirish - hayvonlar, qushlar, jonsiz narsalarga inson xususiyatlarini ko'chirish san'atidir. Lutfiy: Kun pardag'a kirib yuzung oyi hayosidan Yig'lar o'ziyu, orag'a tortar sahobni. INTOQ So'zlatish, gapirtirish manosidagi intoq san'atida badiiy asarda hayvonlar yoki jonsiz narsalarni odamlarga o'xshatib so'zlatishni nazarda tutadi. Alisher Navoiyning «Lisonut tayr dostonida qushlar odamlar kabi so'zlatilgan. Masalan, tovus: Men qusxeman kasru gulshan ziynati, NAQSHu rangim ahli olam hayrati. TALMYeX nazar solmok - sher yoki nasrda mashhur tarixiy voqealar, afsonalar, adabiy asarlar yoki maqollarga ishora qilmoq san'atidir. Lutfiy: Husni naslidin senigdek oy paydo bo'lmadi, Mohi Kanoniy dag'i ham muncha zebo bulmadi LAFF VA NAShR Yig'ish va yoyish manosini ifodalovchi ushbu san'at sher baytida avval bir necha narsa yoki ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
195.69 KB
Ko'rishlar soni
180 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:37
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
195.69 KB
Ko'rishlar soni
180 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:37 ]
Arxiv ichida: ppt