Shukur Xolmirzayev hikoyalarida inson

Shukur Xolmirzayev hikoyalarida inson

O'quvchilarga / Adabiyot
Shukur Xolmirzayev hikoyalarida inson - rasmi

Material tavsifi

Shukur Xolmirzaev hikoyalarida inson ruhiyati tasviri MUNDARIJA KIRISh 3 I-bob. ShUKUR XOLMIRZAYeV HIKOYaLARIGA XOS BADIIYLIK VA PSIXOLOGIK ASOSLANGANLIK I.1. ADIB HIKOYaLARIDA YaNGI DAVR VA ADABIY QAHRAMON KONTsYePTSIYASI I. 2. YoZUVChI HIKOYaLARIDA MILLIY RUHIYaT MASALALARI II-bob. ShUKUR XOLMIRZAYeV HIKOYaLARIDA DAVR YaNGILANIShLARI HAMDA QAHRAMONLAR (INSON) RUHIYaTIDAGI ALOQADORLIK II.1. INSON RUHIYaTINING MAIShIY TURMUSh BILAN ALOQADORLIGI IFODASI II.2. IJTIMOIY HAYoTDAGI O'ZGARIShLARNI QAHRAMONLAR RUHIYaTIGA KO'ChIRIShNING BADIIY USULLARI UMUMIY XULOSALAR ADABIYoTLAR RO'YXATI KIRISh Mavzuning dolzarbligi. XX asr tarix mulkiga aylanib bo'ldi. Endi o'tmish o'z xulosalari bilan ertangi kunning qanday bo'lishiga xizmat qiladi. Adabiyotshunos, yozuvchi va shoir Ulug'bek Hamdam tabiri bilan aytganda, «Bugun va ertaning ildizlari hamisha aynan Kechaning bag'rida qoimdir». Ertangi kunning qandayligi kechaga bog'liq ekan, tabiiyki, o'tmishga xolis ko'z bilan boqish, uning qanday kechganini, xususan, adabiyotdagi ifodasini izchillik bilan o'rganish alohida ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda adabiyotimizda inson ruhiyatini tadqiq etish ham ustuvor masalalardan biridir. Prezidentimiz takidlaganlaridek Har bir ilmiy yangilik, yaratilgan kashfiyot bu yangicha fikrlash va dunyoqarashga turtki beradi, ma'naviyatning shakllanishiga o'ziga xos ta'sir ko'rsatadi «Respublikamizning mustaqillikni qo'lga kiritishi, ijtimoiy-siyosiy sohada bo'lganidek, ma'naviy-madaniy hayotimizda ham butunlay yangi sahifa ochdi. Biz o'z mulkimizga va o'z mehnatimiz natijasiga o'zimiz ega bo'ldik. Tariximizga tegishli fakt va hodisalarni, katta-kichik shaxsiyatlarni o'zgalarning ko'zi va aqli bilan baholash barham topa boshladi. Millat va Vatan manfaati hamma narsadan muqaddas tutildi. Shu asnoda «Turkiston (Qo'qon) muxtoriyati» nomi bilan tarixga kirgan, jadidlarimizning siyosiy mustaqillik uchun olib borgan kurashlarining ilk namunasi bo'lgan, lekin sho'rolar tomonidan xoinona qonga botirilgan hodisani, «Bosmachilik» nomi bilan badnom qilingan, aslida xalqimizning o'z erki, ma'naviyati yo'lidagi kurashi - milliy ozodlik harakatla qayta baholash boshlandi»1, - deb yozadi olim Begali Qosimov. Darhaqiqat, istiqlolga erishuvimiz bilan olamga munosabat ham o'zgardi. Yangicha nigoh ijodkorlarning faoliyatida ham aks eta boshladi. Yozuvchi Shukur Xolmirzaevning «elu vatanning mustaqilligu ozodlikka chiqishi ulug' bir shodiyonalikdir. Sen esa - Turonzamin nomli bir madaniy mamlakatning madaniy fuqarosi sanaysan o'zingni. Endi sen aytgin-chi, bir adib sifatida, avvalo, nimalar qilding, nimalarga erishding-etishding?» degan savolga javobida takidlaganidek, «Ana shundan keyin dunyoga ko'zim qayta ochilgandek - insoniyatni yangitdan ko'rayotgandek bo'ldim: insoniyat bu e'tiqodlarsiz yasholmas ekan, bu e'tiqodlar - uning tadrijiy takomilining ma'naviy hosilalari ekanki, bunga aqlim etguniga qadar shakkoklar safida ekanman. Bu - mening ilkinchi dunyoviy yutug'im-topildig'im bo'ldi va tabiiyki, tirikligim manosi bo'lmish - Adabiyotga - yozuvchilik kasb-korimga ana o'sha darajamdan qaraydigan bo'ldim»2. Tabiiyki, adib bu qarashlarini badiiy asarlarida aks ettirgan edi. Jumladan, uning istiqlol davrida yaratilgan hikoyalarida yangi qahramonlar paydo bo'ldi, shu bilan birga adib Insonni yangicha rakursda ko'rsatish natijasi o'laroq milliy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 279.13 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 279.13 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga